84
yuklash; aralashtirish; tayyor mahsulotni transport vositasiga
ag‘darish.
Yuqorida qayd qilingan jarayonlar orasida yetakchisi – bu qorish
mani aralashtirish bo‘lib, uni turli xil tipdagi va konstruksiyadagi
betonqorgichlarda amalga oshiriladi.
Qo‘llaniladigan uskunalarga bog‘liq ravishda qorishmani
tayyorlash jarayoni davriy (davriy harakatlanuvchi beton-
qorgichlardan foydalanilganda) yoki uzluksiz (uzluksiz ishlaydigan
beton qorgichlar bilan) bo‘lishi mumkin. Har ikkala holatda
ham materiallar betonqorgichlarni oddiy aylantirish bilan yoki
betonqor gichlarda o‘rnatiladigan harakatlanuvchi parraklar bilan
qo‘zg‘atib aralashtirilishi mumkin. Ikkinchi usul, asosan, quyuq-
qattiq beton qorishmalarini tayyorlashda qo‘llanilib, bunda yirik
to‘ldiruvchilarning o‘lchamlari qat’iy chegaralangan bo‘ladi, ya’ni
shag‘al yoki chaqiq toshlarning yirikligi 70 mm dan oshmasligi shart.
Xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi qurilishlarida gravitatsion
barabanli, davriy harakatlanuvchi betonqorgichlar keng tarqalgan
bo‘lib, ular uchun yirik to‘ldiruvchilar o‘lchamlari 70...150 mm
gacha bo‘lishi mumkin. Agar juda qattiq bo‘lgan beton qorishmalari
tayyorlashga to‘g‘ri kelsa, maxsus titratma qorgichlar qo‘llanilishi
tavsiya qilinadi.
Davriy harakatlanuvchan betonqorgichlarning asosiy ishchi
parametri, ular barabanlarining sig‘imi hisoblanadi. Barabanlarning
quyidagi sig‘imlari belgilanadi: geometrik V
g
, yuklanish bo‘yicha V
yuk
va
beton qorishmasi chiqishi V
chiq
bo‘yicha.
Barabanning yuklanish bo‘yicha sig‘imi bir marta tayyor-
lanadigan qorishma uchun yuklanadigan materiallar hajmlari
yig‘indisi bilan xarakterlanadi va u geometrik sig‘imning atigi 25...40
%ni tashkil qiladi. Barabanga yuklangan materiallarni aralashtirish
jarayonida yirik to‘ldiruvchilar donalari orasidagi bo‘shliqni mayda
to‘ldiruvchilar, sement zarrachalarini egallashi natijasida zichla-
shish yuzaga keladi va tayyor qorishmaning hajmi V
chiq
V
yuk
ga
nisbatan kichik bo‘ladi. Amaliyotda V
chiq
ning V
yuk
ga nisbatini beton
85
qorishmasining chiqish koeffitsiyenti K
chiq
bilan belgilanadi. Nazariy
jihatdan
olganda K
chiq
quyidagicha aniqlash mumkin:
(2.24)
Bu yerda:
Sh, K, S –
1 m
3
beton tarkibiga belgilangan me’yor
bo‘yicha qo‘shiladigan shag‘al (chaqiq tosh), qum va sement miqdori,
kg yoki t; γ
sh
, γ
k
, γ
ts
– shag‘al (chaqiq tosh), qum va sementning
o‘rtacha
zichligi, kg/m
3
yoki t /m
3
.
Amaliyotda ko‘pchilik hollarda gidromeliorativ og‘ir betonlar
uchun chiqish koeffi tsiyenti
K
chiq
=0,65...0,75 atrofida bo‘lishi
mumkin. Tayyorlanadigan beton qorishmalari belgilangan ±1 sm
aniqlikdagi qovushqoqlikka, ±3 % aniqlikdagi zichlikka ega bo‘lishi
va shu bilan birga, uni tashkil qiluvchilar bir maromda aralashgan
bo‘lishi kerak.
Asosiy texnologik jarayonlardan biri - bu qorishmani aralash
tirish davomiyligi bo‘lib, u betonqorgich barabani sig‘im o‘lchamiga
va belgilangan betonqorishmasi quyuqligiga bog‘liqdir.
Qorishmani aralashtirish davomiyligi me’yoridan kamaytirilsa,
betonning yakuniy mustahkamligi keskin kamayadi.
Quyuqlik darajasi yuqori bo‘lgan beton qorishmalarini ara-
lashtirish davomiyligi nazariy me’yorlarga nisbatan amalda kamida
30 %dan oshirilishi lozim. Shuningdek, o‘z navbatida, aralashtirish
davomiyligi haddan tashqari cho‘zilib ketsa ham, to‘ldiruvchilar
zarrachalari, o‘zaro ishqalanish natijasida, silliqlanish mumkin.
Bunday holat ham beton sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Beton qorishmasini tayyorlashda, materiallarni qadoqlash jarayoni
og‘irlik, hajmiy yoki kombinatsiyalashgan usullarda amalga oshiriladi.
Og‘irlik usuliga nisbatan ko‘p qo‘llanilib, unda aniqlik darajasi ±1...2
% ni tashkil qiladi. Hajmiy usul (aniqligi ±3...5 %), ishlab chiqarish
quvvati kichiq bo‘lgan va maxsus qadoqlash uskunalariga ega
bo‘lmagan betonqorgich qurulmalarida qo‘llaniladi. Ammo, bunday
sharoitlarda ham sement og‘irligi bo‘yicha qadoqlanishi tavsiya
86
qilinadi. Yirik va mayda to‘ldiruvchilarni qadoqlash jarayonida,
ularning namlik darajasiga ham alohida e’tibor qaratilishi va shunga
bog‘liq ravishda aralashma tarkibiga qo‘shiladigan suv miqdorini
belgilash kerak.
Bir martada tayyorlanadigan beton qorishmasi uchun (miqdori,
asosan, betonqorgichlar parametrlariga bog‘liq) materiallarning
kerakli miqdori quyidagi nisbatlar orqali aniqlanishi mumkin:
- og‘irlik usulida qadoqlashda:
(2.25)
- hajmiy usulda qadoqlashda:
Do'stlaringiz bilan baham: