Bir cho‘michli ekskavatorlarning ish unumdorligi
Bir cho‘michli ekskavatorlar nazariy, texnik, ishlab chiqarish
va me’yoriy ish unumdorliklar; bilan baholanadi. Ekskavatorning
bir soat davomidagi to‘xtovsiz bajargan ish hajmi, uning nazariy
unumdorligi deyiladi. Nazariy ish unumdorlik miqdori quyidagi ifoda
yordamida hisoblanadi:
P
en
= 60·q·n; m
3
/soat.
Bu yerda: q - cho‘michning geometrik sig‘imi, m
3
;
n - birlik vaqtdagi sikllar soni, daqiqa.
Ekskavatorning aniq shart-sharoitda bajargan ishi uning texnik
unumdorligi deyiladi. Bir cho‘michli ekskavatorning texnik ish
unumdorligi quyidagicha hisoblanadi:
P
e.tex
= 60·q·n·K
t
· K′
yu
, kub m/soat.
Bu yerda: K
t
- cho‘michning to‘lishini hisobga oluvchi koef-
fi tsiyenti; K′
yu
- gruntning boshlang‘ich zichligini hisobga oluv-
chi koeffitsiyent. Uning son miqdori quyidagi ifoda yordamida
hisoblanadi:
K′
yu
= 1/ K
yu
.
Bu yerda: K
yu
- gruntning yumshalish koeffi tsiyenti.
Ekskavatorlarning texnik unumdorligini aniqlovchi ifodaga
kiruvchi K
t
, K′
yu
va n kabi parametrlarning son qiymati cho‘mich
hajmiga, grunt xususiyatiga, qazilma shakli va o‘lchamiga, mashina
haydovchisi tajribasiga qarab o‘zgaradi. Ekskavatorning texnik
ish unumdorligiga qarab transport vositasi soni va turi tanlanadi.
Ekskavatorlarning ishlash jarayonida yuz beradigan bekor turishlarni
hisobga olib, aniqlangan o‘rtacha unumdorlik, ekskavatorning ishlab
chiqarish unumdorligi deyiladi. Uning son miqdori quyidagicha
hisoblanadi:
P
e.i.ch
= P
t
· K
v
= 60·q·n · K
t
· K′
yu
· Kv, kub m / soat.
Bu yerda: K
v
- mashina vaqtdan foydalanish koeffitsiyenti.
Me’yoriy ish unumdorligi deb, birlik vaqt ichida ekskavator
tomonidan bajariladigan ish hajmiga aytiladi. Me’yoriy unumdorlik
27
ishlab chiqarish unumdorligiga mos keladi. Amaldagi ekskavator ish
unumdorligi, ishni tashkil qilishni mukammallashtirish va texnikaning
bo‘sh turishini kamaytirish hisobiga, me’yori unumdorlikdan
katta, texnik ish unumdorlikka yaqin bo‘lishi mumkin. Ekskavator
cho‘michining to‘lish koeffitsiyenti son qiymati ishlov berilayotgan
grunt turiga, uning namligiga, qazilma chuqurligiga, cho‘mich
sig‘imiga, ishchi asbob-uskuna turiga va mashina haydovchisi
malakasiga bog‘liq. Malakasi yuqori bo‘lgan mexanizator tomonidan
yengil gruntga ishlov berilganda K
t
= 0,95-1,20 ga teng bo‘ladi.
Qurilish sharoitida bir cho‘michli ekskavatorlarni bir soatlik ish
vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti 0,92-0,96; smenalik ish vaqtidan
foydalanish koeffitsiyenti esa 0,75-0,85 ga; gruntni tashish vositasiga
ortgan taqdirda esa K
v
= 0,65-0,75 ga teng bo‘ladi. Bir cho‘michli
ekskavatorlarni bir daqiqada bajaradigan davralar soni ekska-
vatorning konstruktiv xususiyatiga, grunt sharoitiga, qazilma shakli
va o‘lchamlariga bog‘liq holda quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
n = 60 / t
ts
, dona.
Bu yerda: t
ts
– bir davraning davomiyligi, soniya.
Ekskavator bir davrasining davomiyligi quyidagicha aniqlanadi:
t
ts
= t
k
+ t
b
+ t
t
+ t′
b
, soniya.
Bu yerda: t
k
– cho‘michni to‘ldirish uchun ketadigan vaqt, soniya;
t
b
– to‘kish uchun burilishga ketadigan vaqt, soniya;
t
t
– to‘kish uchun ketadigan vaqt, soniya;
t
′
b
– qazish uchun qayta burilishga ketadigan vaqt, soniya.
Ekskavatorning ishlab chiqarish unumdorligini, bajarilish kerak
bo‘lgan ish hajmi va bajarilish vaqtini bilgan holda qurilishga kerak
bo‘ladigan ekskavatorlar soni quyidagicha aniqlanadi:
N
e
=
V
/
P
e
·
T
· 8,2 n, dona.
Bu yerda:
T
– belgilangan ishni bajarish uchun ajratilgan vaqt,
kun;
n – ishni bajarishdagi smenalar soni, (1–2-smena).
28
Do'stlaringiz bilan baham: |