Gidromeliorativ


Buldozerlar yordamida yer ishlarini bajarish



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Buldozerlar yordamida yer ishlarini bajarish. 
Buldozer-
lar  tuzilishining  oddiyligi,  ishlash  jarayoni  ishonchliligi, 
ishlatish xarajatlari arzonligi, har xil turdagi gruntlarga qo‘llash 


31
mumkinligi, chaqqon harakat qilishi, o‘rmalovchi yurish qismiga 
ega bo‘lganligi sababli qiyin to‘siqlardan ham o‘ta olishi, yuqori 
ish unumdorligiga egaligi sababli qishloq va suv xo‘jaligi ishlarini 
bajarishda keng qo‘llanilmoqda. Buldozerning asosiy ishchi organi 
ag‘dargichidir. Buldozer ag‘dargichi qo‘zgalmas yoki buriladigan 
bo‘ladi. Buldozerning asosiy ishchi parametrlari va ish unumdorligi 
tashigichning quvvatiga bog‘liqdir.
Grunt qirqish ishlarini tekis yoki qirqish yo‘nalishi bo‘yicha 
nishab  bo‘lgan  joylarda  amalga  oshirgan  ma’quldir,  chunki 
balandlikka qarab grunt qirqadigan bo‘lsak, tashigich quvvatining 
ko‘pgina qismi o‘zining harakati uchun sarflanadi. Qulay shart-
sharoitlar mavjud bo‘lganda, buldozer ag‘dargichining to‘lishi uchun 
6–10 metr masofa yetarlidir. Agarda qirqishning o‘rtacha qalinligi 
ma’lum bo‘lsa, buldozerning qirqish maso-fasini quyidagi ifoda 
yordamida hisoblash mumkin: 
L
k
 = q K′
yu
 K
tuk
 / K
h
 h v
o
 sinβ, m.
Bu yerda: Lk – ag‘dargichning to‘lish masofasi, m;
q – ag

dargich yordamida suriladigan grunt hajmi, m
3
;
K′
yu
 – gruntning boshlang‘ich zichligini hisobga oluvchi koeffi-
tsiyent;
K
tuk
 – qirqish davrida ag
‘darma
 yonidan gruntning to‘kilishini 
hisobga oluvchi koeffitsiyent (K
tuk
 = 1,2);
K
h
 – qirqish qalinligi notekisligini hisobga oluvchi koeffitsiyent 
(K
h
 = 0,70);
v
o
 – buldozer ag‘dargichining kengligi, m;
h – ag‘dargichning qirqish chuqurligi, m.
Buldozerlar o‘zlari qirqqan gruntlarni ma’lum masofaga su-rib 
borib, sifatli ko‘tarma qilib joylashtirishi yoki tuproq tepa qilib 
uyushi mumkin. Gruntga ishlov berishda buldozerlar, harakat 
yo‘nalishi bo‘yicha, bo‘ylama yoki ko‘ndalang chizma bo‘yicha 
ishlaydi.  Buldozerning  ishlash  chizmasini  tanlashda  foydasiz 
yurishga  sarf  bo‘ladigan  vaqt  miqdori  kam  bo‘lishiga,  tezlik 
o‘zgartirgichni almashtirib turish miqdori va burilishlar soni kam 
bo‘lishiga e’tibor qilish kerak. Quyidagi chizmada qo‘zgalmas 


32
ag‘dargichli buldozerning ko‘ndalang chizmada gruntga ishlov 
berish holatlari keltirilgan.
2.5-rasm. Buldozerning umumiy ko‘rinishi.
Agarda grunt 50 metrgacha surib boriladigan bo‘lsa, buldozer 
gruntni surib borgach, orqaga yurish bilan qirqish to‘xtagan joyga 
qaytib keladi. Gruntni surish masofasi 50 metrdan ortiq bo‘lsa, u 
holda buldozer 180° burilib, oldi tomoniga harakatlanib, qazish 
to‘xtagan joyga qaytib keladi va yana 180° ga burilib qazishni davom 
ettiradi. Agarda qazilmaning har ikki tomoniga ham gruntni uyush 
imkoni bo‘lsa, u holda buldozer yordamida gruntni ikkala tomonga 
ham surgan ma’quldir. Yuzasi keng, chuqurligi esa 1,5-2,0 metrgacha 
bo‘lgan kanallarni ko‘ndalang chizma bo‘yicha qazish mumkin. 
Buldozer yordamida kanal qazilganda, egri chiziqli yuza hosil bo‘ladi, 
uni loyihaviy belgilarga keltirish uchun kanalga qo‘shimcha ishlov 
berishga to‘g‘ri keladi.
Agarda  quriladigan  kanal  o‘lchamlari  bo‘yicha  ko‘ndalang 
sxemani  qo‘llash  imkoni  bolmasa,  u  holda  buldozer  bo‘ylama 
ko‘ndalang sxema bo‘yicha ishlatiladi. Bu usulda ikkita buldozer 
ishlatiladi. Birinchi buldozer bo‘ylama harakatlanib, kanal o‘zanidagi 


33
gruntni qirqib olib, oldi tomoniga surib chiqaradi. Surib chiqarilgan 
grunt  buldozerning  keyingi  ishlashiga  xalaqit  qilmasligi  uchun 
ikkinchi buldozer kanalga nisbatan ko‘ndalang ishlab, to‘plangan 
grunt uyumini birinchi buldozer ishlashiga xalaqit qilmaydigan 
masofaga  surib  qo‘yadi.  Shuningdek,  buldozerlar  ekskavator 
tomonidan qazib chiqarilgan gruntlarni surishda yoki tuproqtepaga 
uyushga ham ishlatiladi. Odatda, ko‘tarmada kanallarni qurishda, 
oldindan sifatli ko‘tarmalar tayyorlanadi, so‘ngra esa loyihaviy 
kanal  sifatli  ko‘tarmada  qaziladi.  Sifatli  ko‘tarmani  tayyorlash 
uchun olib kelingan gruntlarni tekislashda, asosan, buldozerlardan 
foydalangan ma’qul. Shuningdek, yerlarni tozalashda, tekislashda, 
kanal (kotlovan) tagi va qirg‘oqlarini tekislashda ham buldozerlardan 
foydalanish lozim. Chunki buldozer yordamida bajarilgan bu ishlar 
boshqa mexanizmlarda bajarilganiga nisbatan sifatli va tekis bo‘ladi. 
Tik qirg‘oqlarni tekislashda buldozer ag‘darilib ketishi mumkin. Bu 
hollarda buldozer ag‘dargichiga almashinuvchan qirg‘oq chiqargich 
ulab ishlatiladi. Buldozerlar daryo o‘zanini to‘sish maqsadida suvga 
gruntni surishda, yuvilib ketgan dambalarni tiklashda ham ishlatiladi. 
Buldozer ag‘dargichining qamrov burchagi 90° bo‘lganda, gruntni 
oldi  tomoniga  qarab  suradi,  90°  dan  kichik  bo‘lganda  esa  ham 
oldinga, ham burilish burchagi bo‘yicha yon tomonga qarab suradi. 
Bajaradigan ishning turiga qarab buldozerning ish unumdorligi hajm 
birligida yoki yuza birligida o‘lchanadi. Buldozer ish unumdorligiga, 
asosan, quyidagi faktorlar ta’sir qiladi:
– gruntning fizik xususiyatlari;
– surish masofasi;
– joyning nishabligi;
– ag‘dargich shakli va uning geometrik o‘lchamlari. Buldozer 
gruntga ishlov berishda va surishda davriy mashinalar kabi ishlaydi. 
Shuning  uchun  ham  uning  ish  unumdorligini  quyidagi  ifoda 
yordamida aniqlash mumkin:
P
b
 = q nK
tuk
 K
i
 K′
yu
 K
v
, m
3
/soat. 
Bu yerda: K
i
 – yer nishabligini hisobga oluvchi koeffitsiyent.


34
Buldozerning bir soatda bajaradigan sikllar soni quyidagicha 
aniqlanadi:
n = 3600 / t
ts
, dona. 
Bu yerda: t
ts
 – bir sikl ish bajarish uchun sarflanadigan vaqt, uning 
miqdori quyidagicha aniqlanadi:
t
ts
 = t
k
 + t
s
 + t
o.k
 + 2 t
b
 + m t
u
 + t
o
.
Bu yerda: t
ts
 – gruntni qirqish uchun ketadigan vaqt, soniya;
t
s
 – gruntni surishga ketgan vaqt, soniya;
t
o.k
 – orqaga qaytish uchun ketgan vaqt, soniya;
t
b
 – 180° ga bir marotaba burilish uchun ketadigan vaqt (10–20), 
soniya;
t
o
 – ag‘dargichni ishchi holatga keltirish (1-2), soniya;
t
u
 – bir marta tezlikni o‘zgartirish uchun ketadigan vaqt, 5 soniya;
m – bir sikl davomida traktor tezligini o‘zgartirishlar soni.
Surish masofasiga qarab to‘kilishini hisobga oluvchi koeffi 
-tsiyent quyidagicha hisoblanadi:
K
tuk
 = 1–K
l
 – L
s
.
Bu yerda: K
l
 – tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan koeffitsiyent 
(0,008-0,04), bu yerdagi katta qiymat sochiluvchan gruntlarga, kichik 
qiymat esa soz tuproqlarga taalluqli.
L
s
 – surish masofasi.
Surish masofasi ortishi bilan sikl davri o‘zgaradi, grunt to‘-
kilishini  hisobga  oluvchi  koeffitsiyent  miqdori  kamayadi.  Shu 
sababli surish masofasi 20–30 metrdan ortiq bo‘lganda, buldozerdan 
foydalanish ma’qul emas. Buldozerning ish unumdorligini bilgan 
holda yer ishlarini bajarish uchun kerak bo‘ladigan buldozerlar soni 
quyidagicha hisoblanadi:
N
b
 = V / (n m P
cm
 T
yer
 
ish
), dona.
Bu yerda: V – bajariladigan yer ishlari hajmi, m
3
;
n = (1–2) smenalar soni;
m – bir oydagi ish kunlari soni, kun;
P
sm
 – buldozerning smenalik ish unumdorligi, m
3
 / smena;
T
yer ish
 – yer ishini bajarish uchun belgilangan vaqt, oy.


35

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish