Gidromeliorativ



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Asosiy jarayonlarga 
konstruksiyalar, binolar, 
inshootlarni bevosita qurish yoki ayrim turdagi ishlarni bajarish, 
masalan, to‘g‘on zaminini betonlashtirish, to‘g‘on tanasiga tog‘ 


6
massasini  to‘kish  va  boshqa  shunga  o‘xshash  ishlarni  amalga 
oshirish kiradi. 
Yordamchi jarayonlarga 
havozalar va taxta so‘rilar 
qurish, xandaqlarning devorlarini mustahkamlash, g‘ovakli to‘siq 
qurish uchun mo‘ljallangan qoliplarni o‘rnatish va boshqa shunga 
o‘xshash jarayonlar kiradi. Ular asosiy jarayonlarni bajarish uchun 
zarur. 
Transport jarayonlari 
qurila yotgan obyektga yoki ish joyiga 
materiallar, konstruksiyalar va detallarni eltish bilan bog‘liq. Trans 
port jarayonlari ayrim hollarda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
qazish ishlarini ekskavator bilan amalga oshirishda tup roqni tashish 
ishlarining qiymati qariyb 75 %ni tashkil etadi, betonlash ishlarida 
transport qiymati 50 %ga yetadi.
Qurilish va montaj jarayonlari ish usullari, ish operatsiyalari, 
oddiy va kompleks jarayonlardan tashkil topadi. Ishchining muayyan 
maqsad bilan bog‘langan bir necha harakatlari majmuyi 
ish usuli 
deb 
ataladi. Masalan, ekskavatorni boshqarish richaglarini qo‘l bilan ishga 
tushirish. Muayyan boshlang‘ich mahsulotni olishni ta’minlovchi 
bir necha ish usullari majmuyi 
ish operatsiyasi 
deb ataladi. Ish 
operatsiyasi qurilish jarayonining tashkiliy jihat dan bo‘linmas va 
texnologik jihatdan bir xil qismini tashkil etadi. Masalan, ekskavator 
cho‘michiga tuproq olish. Tayyor mahsulot olishni ta’minlovchi bir 
necha ish operatsiyalarining texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan 
majmuyi 
oddiy jarayon 
deb  ataladi.  Masalan,  ekskavator  bilan 
tuproqni qazish va uni ag‘darma mashinaga yuklash, kran yordamida 
beton qorishmani blokka yotqizish. Tashkiliy jihatdan bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan va pirovard mahsulot birligi bilan o‘zaro bog‘langan 
bir nechta oddiy jarayonlar majmuyi 
kompleks jarayon 
deb ataladi. 
Masalan,  temir-beton  konstruksiyalarni  montaj  qilib,  choklarni 
yaxlitlash va h.k.
Har  bir  oddiy  jarayonni  ixtisoslashgan  brigada  yoki  zveno, 
chunonchi:  asosni  tayyorlash  brigadasi,  duradgorlar  brigadasi, 
armaturachilar brigadasi, betonchilar brigadasi bajaradi. Brigadalar 
yoki zvenolar izchillik bilan, uzluksiz bir uchastkadan boshqa uchast- 
kaga o‘tib boradilar, bunda har bir uchastkada faqat mazkur brigada 


7
yoki zvenoning ixtisosligiga mos keluvchi bitta oddiy jarayonni 
amalga  oshiradilar.  Uchastkalar  hajmini  aniqlashda  muayyan 
uchastkadagi ayrim jarayonlarning davomiyligi oqim maromini 
belgilovchi qabul qilingan vaqt birligi (soat, smena, sutka)ni tashkil 
etishiga erishishga harakat qilinadi. Uzluksiz ish usullaridan sanoat 
qurilishida va noharbiy quri lishda foydalanish ayrim hollarda qurilish 
muddatlarini 30–40 % qisqartirish, mehnat xarajatlarini kamaytirish 
va qurilish tannarxini pasaytirish imkonini bergan.
Texnika taraqqiyotining rivojlanishiga qarab, qurilish ishlari 
tobora zavodda ishlab chiqarilgan yig‘ma elementlar, detallar va 
konstruksiyalar qo‘llanilishining ko‘payganligi bilan tavsiflanuvchi 
qurilish-montaj  xususiyatini  kasb  etib  borayotir.  Binolar  va 
inshootlarni butun yil davomida bir maromda uzluksiz mexanizat-
 
siyalashtirilgan usulda qurishda zavodda ommaviy ishlab chiqarilgan, 
bir xillashtirilgan yig‘ma elementlar, detallar va konstruksiyalardan 
keng foydalanishga o‘tish 
qurilishni sanoatlashtirish
deb ataladi.
Fan-texnika  taraqqiyoti  –  bu  mehnat  qurollari  (mashinalar, 
asbob-uskunalar)  va  predmetlari  (materiallar,  konstruksiyalar)
ni takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni hamda qurilish ishlab 
chiqarishi va mehnatini tashkil etishning samarali shakllarini amalga 
joriy etish uzluksiz jarayonidir.
Qurilishda fan-texnika taraqqiyotining mehnat unumdorligini 
oshirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashni ta’minlovchi asosiy 
yo‘nalishlar quyidagilardir:
1) yanada mahsuldor mashinalar va mexanizmlardan foydalanish, 
qurilish ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish darajasini oshirish;
2) yangi, progressiv materiallar va yengillashtirilgan konst-
ruksiyalarni yaratish va ulardan ommaviy tarzda foydalanish;
3) binolar va inshootlarning miqdoriy-rejalashtirish va konstruk- 
tiv yechimlarini takomillashtirish;
4) qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va uni tashkil etishni 
takomillashtirish, mehnatni ilmiy tashkil etish, avtomatlashtirilgan 
boshqaruv tizimlarini amalga joriy etish;


8
5)  qurilish  ishlab  chiqarishini  rejalashtirish  va  iqtisodiy 
rag‘batlantirish usullarini yaxshilash.
Qurilish ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning uch 
bosqichi  farqlanadi:  qisman  mexanizatsiyalashtirish,  kompleks  
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish. 

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish