Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Cho‘kish  hodisasiga  ta’rif  bering.
2. Cho‘kish hodisasi vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi geologik va texnogen
omillarning  bir-birlaridan  farqi  nimada?
3. Cho‘kish  hodisasining  oqibatlari  to‘g‘risida  gapirib  bering.
4. Cho‘kish  hodisasidan  qutulish  chora  va  tadbirlari  nimalardan  iborat?
7.5. KARST HODISASI
7.5.1.  KARST  HODISASI  TO‘G‘RISIDA  UMUMIY  MA’LUMOT
Karst  hodisasi  yer  usti  va  yer  osti  suvlarining  suvda  eruvchi  tog‘
jinslari  (ohaktoshlar,  dolomitlar,  gips,  angidrid  va  b.)  qatlamlari
yoriqlaridan  sizib,  oqib  o‘tishi  jarayonida  tog‘  jinslarining  erishi,
yuvilishi, yemirilishi va hosil bo‘lgan moddalarni olib chiqib ketilishi
natijasida vujudga keladi. Bu jarayon oqibatida hosil bo‘lgan turli shakl
va  kenglikdagi  bo‘shliqlarni  fanda  karst  bo‘shliqlari  yoki 
karst  deb
yuritiladi.  Karst  so‘zi  Karintiya  provinsiyasi  (Avstriyaning  janubida
Adriatika  dengizi  yaqinida)dagi  Karst  yassi  tog‘i  nomidan  olingan.
Mamlakatimizda bu nom bilan g‘orlar paydo va g‘orlarni bo‘lish jarayoni
tushuniladi. Karstlarning paydo bo‘lishi uzoq geologik davrlar mahsuli
bo‘lib, bu hodisaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, birinchidan, u yoki


1 2 5
bu rayonda tarqalgan suvda yaxshi eriydigan karbonat cho‘kindi tog‘
jinslarining ko‘p-ozligiga, qatlamning qalinligiga va dengiz sathiga nis-
batan yotish  holatiga (balandligiga); ikkinchidan,  yer osti va  yer usti
suvlarining  harakatiga,  miqdoriga,  kimyoviy  tarkibiga;  uchinchidan,
hozirgi zamon ko‘tarilish harakatlarining tezligiga bog‘liqdir. Suvda eriy-
digan tog‘ jinslari qancha ko‘p tarqalgan va ko‘p bo‘lsa, ularda vujudga
kelgan yoki keladigan g‘orlar, karst bo‘shliqlarning kattaligi — hajmi
shuncha  katta  bo‘lishi  mumkin.  Karst  bo‘shliqlari  planetamizning,
jumladan  respublikamizning  suvda  eruvchan  tog‘  jinslari  tarqalgan
hamma hududlarida mavjud. Karst bo‘shliqlari tabiatda ma’lum keng-
likdagi, uzunlikdagi, balandlikdagi zallardan tashkil topgan bo‘lishi, hatto
o‘ziga xos iqlimga, hayvonot dunyosiga ega bo‘lishi mumkin. Rossiya
geografiya  jamiyatning  haqiqiy  a’zosi  V. Rasekning  yozishicha  Turk-
manistonning Kopetdog‘ tog‘lari yon bag‘rida Bahoriddin nomi bilan
ataladigan g‘or bo‘lib, unda chuqurligi 22 metr, 37° issiqlikdagi oltin-
gugurt suvli katta ko‘l qaynab yotadi. G‘orning yer osti zallarida ming-
lab ko‘rshapalaklar, har xil qurt-qumursqalar va kemiruvchi hayvonlar
yashaydi.
Eng katta  va chuqur g‘or bo‘shliqlari  ohaktoshlarga, dolomitlarga
xos bo‘lib, gips, osh tuzi qatlamlarida kichik, qisqa, uncha mustahkam
bo‘lmagan karst bo‘shliqlari uchraydi.
M. Mamatqulov keltirgan ma’lumotiga ko‘ra Shimoliy Amerikadagi
Mamont g‘orining 77 ta zallari, 225 ta yo‘laklari bo‘lib, uning uzunligi
hammalari bilan qo‘shib hisoblaganda 280 kilometrdan oshadi. Bu gigant
yer osti dunyosida 3 ta ko‘l, 3 daryo va 8 ta shalola bo‘lib, o‘ziga xos
manzara kashf etgan.
Eng katta hisoblangan zallarning biri Amerika Qo‘shma Shtatlari-
dagi  Karlobad  g‘origa  oid  bo‘lib,  g‘ordagi  bir  zalning  uzunligi  1220
metr, eng keng joyi 190 metr, balandligi 91 metrga yetadi.
Karst bo‘shliqlari O‘zbekistonda ham keng tarqalgandir. O‘zbekis-
ton hududining juda kattagina qismi (10 mln ga dan ko‘prog‘i) tog‘lar-
dan  iborat  bo‘lganligi,  ko‘tarilish  harakatlarining  ancha tez  borayot-
ganligi, suvda  eruvchi tog‘  jinslari qatlamlarining  deyarli katta  (2000
metr chamasi) bo‘lishi bu hodisalarning keng tarqalishini taqozo qiladi.
Bu  g‘orlar  ichida  O‘zbekiston  bilan  Turkmaniston  chegarasidagi
Korluk g‘ori (Hisor tizmasining Ko‘hitong tog‘ tarmog‘ida) o‘ziga xos
manzaraga ega — G. I. Ishuninning ma’lumotiga ko‘ra g‘orning kira-
verishidagi og‘zining balandligi 1 metr, kengligi 4 metr bo‘lib, ichka-
riga kirilagan sari balandligi 10—12 metrga teng, eni 50 metrga oshadi
va yana birdan torayib ketadi. Bunday toraygan joylardan odam zo‘rg‘a
o‘tishi mumkin. G‘orning kengaygan joylarining uzunligi 100 metr, hatto
bundan ham oshiq bo‘lib, bunday joylarda yer osti daryolari, buloqlar,
stalaktit,  stalagmitlar,  ularning  bir-birlari  bilan  qo‘shilishidan  hosil


1 2 6
7.4-rasm.  Sog‘  tuproqlarda  (lyoss  jinslarida)  vujudga  keladigan  bo‘shliqlarning  —
suffozion  voronkalarning  yer  ustidan  ko‘rinishi.
bo‘lgan ustunlar uchraydi. G‘orda hamisha shamol esib turadi. Hayvonot
dunyosidan jayralar, qo‘ng‘izlar, har xil chivinlar, kapalaklar yashaydi.
Tektonik ko‘tarilish harakatlarining tezlik bilan davom etishi asosan
ko‘p holatlarda tik, pastga suv oqimiga qarab yo‘nalgan bo‘shliqlarni
vujudga keltirsa, ko‘tarilish harakatlari susaygan vaqtda g‘orlarni, bo‘sh-
liqlarni yon tomonga (diametri) bo‘ylab kengayish holati yuz beradi.
Shuning uchun tektonik harakatlarning ba’zan kuchayishi, ba’zan
pasayishi g‘orlarni, yer osti bo‘shliqlarini qavatlardan tashkil topishiga
olib keladi. Yer ostidagi bo‘shliqlarning bunday qonuniy tarqalishi shu
rayondagi tektonik harakatlarning o‘tmishini va hozirini o‘rganishda,
ya’ni qaysi davrda qanday tezlikda sodir bo‘lganligini va qancha davom
etilganligini bilishda juda katta ahamiyatga ega.
Suvda eruvchan tog‘ jinslarining yer betiga chiqib qolishi, ba’zan ana
shu jinslarning ustki qismidan pastga qarab yo‘nalgan har xil kattalikdagi
voronkasimon bo‘shliqlarni, uzunligi bir necha metr keladigan ariqchalar
(jo‘yaklar)ning vujudga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Bo‘shliqlar ustidan
qaralganda huddi g‘alvirni eslatib, ko‘p hollarda bir-birlari bilan tabiiy
devorlar yordamida ajralib turadi. Bunday quduq kabi pastga yo‘nalgan
voronkasimon bo‘shliqlar ponorlar deyiladi. Ponorlar vaqt o‘tishi bilan
kengayib, chuqurlashib diametri 1 metrdan, chuqurligi 10 metrdan oshsa
va devorlari tekis silindr shaklini olsa, karst quduqlari deb ataladi.
Karst quduqlari ba’zan shunchalik uzun bo‘ladiki, ular shaxtalarni
eslatadi. A. A. Kruberning ma’lumotga qaraganda Qrimdagi Monastir


1 2 7
Chakrok tabiiy shaxtasining chuqurligi 118 metrga, yerning ustki qismi-
dagi diametri 100 metrga yetadi.
A. A. Mamatqulovning yozishicha Trestdagi Linder karst shaxtasi-
ning uzunligi 323 metrdir. Shuningdek, turli shakldagi bo‘shliqlar lyoss
tog‘ jinslari  qatlamlarida ham  uchraydi. Lyoss  jinslarida uchraydigan
bo‘shliqlar  ohaktoshlarda,  dolomit,  gipslardagi  bo‘shliqlardan  o‘z
hajmining kichikligi, yer yuzasiga yaqinligi, o‘z ustiga qo‘yilgan og‘irlikka
bardosh bera olmay tezda cho‘kib ketishi bilan farq qiladi.
Lyoss jinslarida hosil bo‘ladigan bo‘shliqlar ko‘pincha o‘simlik hamda
hayvonlarning (kemiruvchilar) yashashi jarayonida paydo bo‘lgan, yer
ustidan pastga qarab yo‘nalgan, naysimon, ba’zan aylanma holatdagi
turli kattalikdagi bo‘shliqlarga yomg‘ir, yer usti suvlarining oqib kirishi
va  birorta  pastlik-qulay  joydan  avvaliga  sizib  chiqishi,  keyinchalik
mayda-mayda tuproq mineral zarralarini uzoq vaqtlar davomida oqizib
ketib turishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday bo‘shliqlar O‘zbekistonning
Toshkent oldi rayonlarida, Parkent vodiysida, Shimoliy Farg‘onaning
Kosonsoy, Namangansoy vodiylarida va boshqa joylarda ko‘p tarqalgan
(7.4-rasm).

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish