Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  YER  OSTI  KARST  BO‘SHLIQLARI  KELTIRADIGAN



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.5.2.  YER  OSTI  KARST  BO‘SHLIQLARI  KELTIRADIGAN
OQIBAT  VA  ULARNI  O‘RGANISH
Yer ostida paydo bo‘lgan turli shakldagi va kattalikdagi bo‘shliqlar-
ni,  g‘orlarni,  bu  bo‘shliqlar  tarqalgan  tog‘  jinslarini  va  ana  shu  tog‘
jinslari tarqalgan hududning tabiiy sharoitini, iqlimini geologik, geo-
morfologik tuzilishini, geologik tarixini o‘rganishning xalq xo‘jaligi uchun
ahamiyati juda ham katta.
Bunday  bo‘shliqlarning  gidrotexnik  va  boshqa  inshootlar  ostidan
chiqib qolishi, ularning mustahkamligiga katta putur yetkazadi. Ba’zan
butunlay vayron bo‘lishiga olib keladi. Masalan, Amerikadagi Xele-Bar,
Ispaniyadagi Mariya-Kristana, Fransiyadagi Sen-Gilmele-Dezer kabi
yirik to‘g‘onlar ana shunday jinslar ustiga qurilgan bo‘lib, keyinchalik
zaminidan suvning sizib ketishi natijasida ishdan chiqqan. Ispaniyada
balandligi 72 metr keladigan Monte Xaks to‘g‘oni qurilib, suv ombori
tashkil qilinib, unga suv quyilganda u sira ham to‘lmagan. Tekshirishlar
ko‘rsatganki, suv omborining tagida yura davrida (taxminan 135—160
million yillar avval) paydo bo‘lgan bo‘r yotqiziqlari bo‘lib, suv ana shu
yotqiziqlarga shimilib turgan.
Ayniqsa karst bo‘shliqlari bo‘lgan tog‘ jinslarining ikkinchi bir boshqa
jinsning qalin qatlamlari ostida bekinib yotishi o‘tmishda ishni ancha
og‘irlashtirib,  ba’zan  quruvchilarning  aldanishiga  sababchi  bo‘lgan.
Amerikadagi  to‘g‘on  qurilishida  xuddi  shunday  voqea  yuz  bergan.
Quruvchilar to‘g‘on qurilayotgan rayonning yer usti tuzilishiga qarab


1 2 8
hukm  chiqarganlar,  yerning  pastki  qatlamlariga  e’tibor  bermaganlar.
To‘g‘on  qurib  bitkazilgach,  karst  bo‘shlig‘ining  o‘pirilishi  natijasida
vayron bo‘lgan.
Tabiatda bunday hodisalar juda ham ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun
hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizda, birorta rayonda inshootning u
yoki bu turini qurish kerak bo‘lsa o‘tmishning saboqlariga e’tibor berilgan
holda, avval kompleks injener-geologik tekshirish ishlari o‘tkazmasdan,
kerakli materiallar to‘plamasdan, ilmiy praktik xulosalar chiqarmasdan
turib, qurilish ishlarini boshlash qat’iyan man qilingan.
Ohaktoshlar, dolomit, angidrid, tuz, lyoss va boshqa suvda yaxshi
eriydigan, yuvilib, uvalanib ketadigan jinslar tarqalgan hududlarda olib
boriladigan injener-geologik qidiruv ishlari o‘tkazish vaqtida asosiy vazifa
qilib quyidagilar qo‘yiladi:
1.  Avvalo  suvda  eruvchan,  yuviluvchan,  uvalanuvchan  jinslar  tar-
qalgan maydonni aniqlash, ularni qaysi jins ustida yoki ostida yotishini
geologik, geofizik usullar yordamida belgilash.
2. Karst bo‘shliqlarini sinchiklab o‘rganish, ularning paydo bo‘lish
sabablarini aniqlash va bu hodisalarning rivojlanishida o‘tmishdagi va
hozirgi zamon tektonik harakatlarining tezligini baholash.
3. Tekshirilgan maydon inshootning u yoki bu turini qurishga yaroqli
yoki yaroqsiz ekanligi to‘g‘risida ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish.
4. Qurilish ishlari boshlab yuborilishi mumkin deb topilgandan so‘ng
ko‘riladigan choralarni belgilash.
Bu yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun avvalo shu rayon
bo‘yicha ilgari o‘tkazilgan geologik, geotektonik, injener-geologik, geo-
fizik, geomorfologik, gidrogeologik ishlar bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar
to‘planib,  tahlil  qilinadi va  o‘tkaziladigan  injener-geologik  tekshirish
ishlarining hajmi, turi, xarakteri o‘tkazilish usullari belgilanadi.
O‘tkaziladigan injener-geologik ishlarning turiga topografik, aerofoto-
grafik, gidrogeologik, geofizik, geomorfologik, geotektonik, seysmologik
ishlar kiradi.
Yuqoridagi ishlar o‘z navbatida parma quduqlari qazish yordamida,
karst bo‘shliqlari tarqalgan yoki paydo bo‘lishi ehtimoli bor joylardan
namunalar olinib laboratoriyalarda minerologik, kimyoviy tarkibini, fizik
mexanik xossalarini o‘rganish, kotlovanlar qazib ular yordamida jinslar-
ning suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentlarini aniqlash ishlari bilan birga
olib  boriladi.  Bundan  tashqari  karst  bo‘shliqlari  tarqalgan  rayonda
statsionar  kuzatish  ishlari  tashkil  qilinadi.  Statsionar  kuzatish  ishlari
tashkil qilinganda asosiy e’tibor yer osti va yer usti suvlarining rejimi-
ga, ya’ni ularning miqdorining, kimyoviy va boshqa xossalarning fasl-
lar bo‘ylab o‘zgarib turishiga, har bir  kv km maydonda  1-yilda sodir
bo‘ladigan o‘pirishlar soniga, shakllariga, jins qatlamlarining erish, yuvi-
lish, yemirilish tezligiga, mavjud imorat va inshootlarning mustahkam-
ligining o‘zgarganlik darajalariga e’tibor beriladi.


1 2 9
Dala, laboratoriya tekshirish ishlari tugagandan keyin hamma olingan
va  yig‘ilgan  ma’lumotlar  sinchiklab  o‘rganiladi.  Xaritalar,  kesmalar,
litogrammalar,  sxemalar chizilb  butun  o‘tkazilgan tekshirish  ishlarini
o‘z ichiga olgan hisobot tuziladi va kerakli tashkilotlarga qo‘llanish uchun
topshiriladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish