Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Metamorfik  jinslar  deb  qanday  jinslarga  aytiladi?
2. Kataklastik,  termal,  dinamotermal  metamorfizm  jarayonlari  to‘g‘risida
gapirib  bering.
3. Metamorfik  tog‘  jinslariga  misollar  kelitiring.  Ular  bir-birlaridan  qaysi
xususityalari  bilan  farq  qiladi?
5-BOB
GEOXRONOLOGIYA. GEOXRONOLOGIK SHKALA
5.1. GEOXRONOLOGIYA VA GEOXRONOLOGIK SHKALA
BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOT
Olam-Koinot bag‘ridagi hamma jismlar, ularning olam qonuniyat-
lari  zaminida  birlashtirib  turuvchi  son-sanoqsiz  galaktika,  yulduz
sistemalari o‘zlarining paydo bo‘lish, rivojlanish vaqtiga, yoshiga ega.
Bizning Yerimiz ham mana 4,5—5,5 milliard yillar oldin paydo bo‘lgan
bo‘lsa,  uning  ustki  qobig‘ini  tashkil  qilib  yotgan  jins  qatlamlari  ham
o‘zining paydo bo‘lish davriga, yoshiga ega.
V. I. Lebedinskiy ta’biri bilan aytganda, Yer shari tabiat tomonidan
yozib qoldirilgan qalin Tosh kitobdir. Uni o‘rganar ekanmiz, u ayrim
tomlardan  (eralardan),  boblardan  (davrlardan),  qismlardan  (epoxa,
bo‘limlardan), paragraflardan (asrlar, yaruslardan) tuzilganligini ko‘ra-
miz. Ana shu tom, qism, paragraflarning mazmuni tahlil etilsa, har bir
tom, bob, qism, paragraf yozilishiga ketgan vaqt, undan shu kungacha
o‘tgan davrlar va ana shu davrlarda yuz bergan sharoitlarni bilib olamiz.
Bu esa Yer geologik tarixiy taraqqiyotining u yoki bu davrida yuz bergan
tektonik  harakat  jarayonlari,  planetamiz  iqlim  sharoitining  o‘zgarish
qonuniyatlari, nabobot va hayvonot dunyosining almashinish sabablari,
quruqlik va dunyo okeani orasidagi tinimsiz kurash jarayonlari, Yerning
ichki va tashqi qismida doimiy ravishda yuz beradigan dinamik kuch-
larning xarakterlari bilan chambarchas bog‘liq.
XIX asrga kelib geologlar dunyoning hamma materiklarida tarqal-
gan  tog‘  jinslari  qavatlari orasida  toshga  aylangan  organik  hayotning
vakillari to‘g‘risida boy ma’lumotga ega bo‘ldi. Ana shu ma’lumotlar-
ning har tomonlama tahlil qilinishi Yer tarixiy taraqqiyotining dastlabki
davrlaridan  boshlab,  hozirgacha  bo‘lgan  vaqt  oraliqlarini  ma’lum
eralarga,  davrlarga,  epoxalarga,  asrlarga  ajratishga  muvofiq  bo‘lindi.
Eralar grekcha so‘zlar bilan belgilangan bo‘lib, birinchisi: arxey — eng
avvalgi, ikkinchisi: proterozoy — dastlabki hayot, uchinchisi: paleozoy 
qadimiy hayot, to‘rtinchisi: mezozoy — hayotning o‘rta taraqqiyot davri,
beshinchisi: kaynozoy — yangi hayot ma’nolarini anglatadi.


7 4
Shuningdek, olimlar Yer tarixiy taraqqiy davrini ikki katta bosqichga:
kriptozoy (sirli hayot) va fanerozoy (aniq hayot) bosqichlariga bo‘ladilar.
Kriptozoy  bosqichiga Yer  tarixining poleozoy  erasidan oldingi  eralar
yoki kembriygacha bo‘lgan eralar, fanerozoyga kembriydan keyingi eralar
(ordovik, silur, devon va b.) kiritilgan. Bu demak, organik hayot asosan
kembriydan boshlab paydo bo‘laboshlagan bo‘lib, keyingi eralarda o‘z
taraqqiyotini topgan demakdir.
Yuqoridagi holatlarni umumlashtirib shuni aytish kerakki, Yer tarixiy
taraqqiyot  davomida,  uning  ichki  va  tashqi  qismlarida  yuz  bergan
voqealarni va yer qobig‘i jinslarini hosil bo‘lish vaqtini pastdan yuqoriga
qarab,  ketma-ket  yotqizilish  qonuniyatlarini  o‘rganish  asosida  ularni
ma’lum davrlarga bo‘lib ko‘rsatish fanda geoxronologiya deb yuritiladi.
Umumiy stratigrafik shkala birliklariga (eonotema
1
, guruh, sistema,
bo‘lim,  yarus,  zona)  ekivalent  bo‘lgan  geoxronologiya  bo‘limlarning
(eon
2
,  era,  davr  (period),  zamon  (epoxa),  asr,  faza)  iyerarxiya  (quyi
bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysunishi) sis-
temasi geoxronologiya shkala ma’nosini anglatadi (Abidov, Ergashev,
Qodirov, 2000).
Bu yerda guruh (gruppa) — butun bir geologik era davomida paydo
bo‘lgan tog‘ jinslarini, sistema — geologik davr mobaynida paydo bo‘lgan
tog‘  jinslarini,  bo‘lim  —  geologik  epoxa  (zamon)  davomida  paydo
bo‘lgan tog‘ jinslarini, yarus — geologik asrlar davomida vujudga kelgan
tog‘ jinslarini o‘z ichiga oladi.
5.1-jadvalda geoxronologiya shkalasi keltirib, unda geologik eralar-
ning  nomlari,  davrlar  va  organik  hayotning  rivojlanish  evolutsiyasi
ko‘rsatilgan.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish