Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


burmalangan poleozoy  davri tog‘ jinslarini yuvilishi jarayoniga uchrashi- dan avvalgi holati; b —



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 burmalangan poleozoy  davri
tog‘ jinslarini yuvilishi jarayoniga uchrashi-
dan avvalgi holati; 
 poleozoy davri jins-
lari sathining yuvilish jarayoniga uchragan-
dan keyingi holati; d — yuvilgan poleozoy
davri jinslari ustiga cho‘kindi jinslarni (
shag‘al toshlar, qumlar; 
 gil jinslari; 
sog‘  tuproqlar)  yotqizilish  holati.


6 2
4.3.2.  LYOSS  VA  LYOSSIMON  JINSLAR
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo‘lish sharoitiga, yotqizish agent-
larining (doimiy va vaqtincha  oquvchi suvlarning,  shamolning, muz-
larning, erigan muz va qor suvlarining va h.k.) ko‘rsatgan ta’siri ahami-
yatiga qarab, asosan eol va proluvial lyosslarga hamda eluvial, deluvial,
proluvial, deluvial-alluvial, proviluvial-alluvial, flyuvioglyasial genetik
tipdagi lyossimon jinslarga bo‘linadi.
Lyoss jinslari lyossimon jinslardan akademik G‘. O. Mavlonov (1958,
1976) bo‘yicha quyidagi eng asosiy 7 ta belgisi bilan ajraladi:
1. Rangi sarg‘ish-kulrang;
2. Serg‘ovak (46—59%);
3.  Kalsiy  va  magniy  karbonat  tuzlari  uning  og‘iriligining  5 % dan
ko‘prog‘ini tashkil qiladi;
4. Aniq tabaqalanmagan, qavat orasida qum, qumtosh, shag‘al qat-
lamlari bo‘lmaydi;
5. 0,05 mm dan 0,005 mm gacha bo‘lgan zarralar 50% gacha, 0,005
mm dan kichik bo‘lgan zarralar 10% atrofida bo‘ladi, 0,05—2 mm dan
katta zarralar bo‘lmaydi;
6. Tabiiy quruq holatda lyoss jins qatlami o‘zini vertikal (tik) ushlab
turish qobiliyatiga ega;
7. Uzoq vaqt suv ta’sir etsa, o‘z og‘irligi ostida cho‘kadi.
Agar yuqoridagi xususiyatlardan bittasi bo‘lmasa, lyoss jinsi lyossi-
mon jins deb ataladi.
Lyoss va lyossimon jinslarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida 20 dan ortiq
gipotezalar mavjud. Ana shu gipotezalarga asosan lyoss va lyossimon
jinslar eol, proluvial, alluvial, deluvial-proluvial, eluvial, mikrobiologik,
fluvioglyasial va boshqa yo‘llar bilan hosil bo‘ladi (Shermatov, 1971).
Eol lyoss jinslari nurash jarayoni natijasida yemirilgan tog‘ jinslari-
ning mayda zarralarini shamol harakati jarayonida uchirib, Yer sathining
ma’lum qulay joylariga olib kelinib, yotqizilish yo‘l bilan paydo bo‘ladi.
Proluvial lyoss jinslari ham nurash jarayonida hosil bo‘lgan material-
larning vaqtincha oqar suvlar (ko‘pincha sel suvlari) ta’sirida yuvilishi
va oqizilib, tog‘ etaklarining pastki tekislik qismlariga olib borib yotqizi-
lishi natijasida hosil bo‘ladi.
Eluvial lyossimon jinslar asos (granit, granodiorit, ohaktosh, slanes
va h.k.) tog‘ jinslarining nurashi va nurash materiallarining o‘z joyida
qolib, qayta-qayta nurash jarayoniga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi.
Proluvial lyossimon jinslar prolyuvial lyoss jinslari kabi hosil bo‘lib,
prolyuvial lyosslardan o‘z qatlamlari orasida ma’lum qalinlikdagi, lekin
silliqlanmagan  qirrali  shag‘al  tosh  qatlamlarining  uchrashi  bilan  farq
qiladi.  Shu  bilan  birga,  proluvial  lyosslar  lyosslarga  xos  7  ta  asosiy
xususiyatidan birontasining o‘zgarishi (degratsiyalanishi) bilan proluvial
lyossimon  jinslarga  o‘tib  qoladi  (Mavlonov,  1958;  Islomov,  1961;
Shermatov, 1971).


6 3
Deluvial lyossimon jinslar eluvial jinslar va nurash materiallarining
yomg‘ir,  qor  suvlari  yordamida  tog‘  yon  bag‘irlariga  olib  tushib
yotqizilish yo‘li bilan hosil bo‘ladi.
Alluvial lyossimon jinslar doimiy oqar suvlar olib kelgan mayda tog‘
jinsi parchalarini daryo vodiysi bo‘ylab yotqizilishi natijasida hosil bo‘lib,
tarkibida  shu jins  yotqizilgan  joydan  yuqorida tarqalgan  hamma  tog‘
jinslarining mineral  zarrachalari qatnashadi. Alluvial  tog‘ jinslarining
qalinligi, ular bo‘lgan maydonning kengligi, shu rayondagi ko‘tarilish
harakatlarining xarakteriga, daryo suvining oqim tezligiga hamda oqizib
kelingan materialning miqdoriga bog‘liqdir.
Fluvioglyasial lyossimon jinslari havo haroratining oshishi bilan muz
qatlamlarining  erishi va  harakatga kelishi  jarayonida tog‘  jinslarining
tirnalishi, ezilishi, maydalanishi natijasida paydo bo‘lgan mayda zarra-
chalarni muz suvlari yordamida oqizib borib, qulay joylarga yotqizilishi
natijasida vujudga keladi.
Lyoss  va  lyossimon  jinslar  asosan  o‘zlarining  tarkibida  chang
zarralarining  (0,05—0,005  mm)  50 % dan  ortiqligi,  gil  zarralarining
(<0,005 mm)  16—18%,  qum  zarralari  (2—0,05  mm)  3—5%  atrofida
bo‘lishi bilan xarakterlidir. Mutaxassislarning hisoblashicha, yer yuzasi-
ning  3  mln  km
3
  dan  ko‘proq  maydoni  lyoss  jinslari  bilan  qoplangan
bo‘lib, agar bu jinslarni butun Yer sharining quruqlik qismiga yoyilsa,
1 m qalinlikdagi qatlam bilan qoplar ekan. Yer shari bo‘yicha lyoss va
lyossimon jinslar eng ko‘p tarqalgan hudud Xitoy va bizning mamlakati-
miz hisoblanadi. Bu jinslar respublikamiz maydonining 65—70% qismini
egallab  yotadi.  Shaharlar  va  hamma  imorat  inshootlarining  85—90%
shu jinslar ustida joylashgan.
Lyoss  va  lyossimon  jinslarning  qalinligi  Xitoyda  400—500 m
(F. Rixtgofen, V. D. Obruchev), O‘zbekistonda 100—150 metrga, Uk-
rainada 50 metrga (V. G. Bondarchuk), Zakavkazyeda 40—50 m ga (L. I.
Lomze) etadi.
Lyoss jinslari dengiz yuzasiga nisbatan turlicha balandliklarda tarqal-
gan bo‘lib, I. L. Sokolovskiy Karpat tog‘larida 4000—5000 m balandlikda,
G‘. O. Mavlonov Pomirda 3200 metr balandlikda, A. K. Larionov Shi-
moliy Kavkazda 1300—1500 metr, I. I. Trofimov g‘arbiy Pomirda 4500
metr balandlikda lyoss jinslari mavjudligini yozadilar.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish