Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Gidrogeoekologiya — yer osti suvlarining sifati, tozaligi masalalari
bilan, uni har xil kimyoviy, organik omillar ta’siri ostida o‘zgarishdan
muhofazalash yo‘l-yo‘riqlari bilan shug‘ullanadi, kerakli chora-tadbirlar
ishlab chiqadi.
Injenerlik geologiyasi
1
 fani. Bu fan yer qobig‘i qatlamlari — litosfera-
ning eng yuqorigi odamzod yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan qismini
qurilish nuqtayi nazaridan, ya’ni u yoki bu imorat va inshoot quriladigan
hududning injener-geologik sharoitni (geologik, yer usti sath tuzilishi,
mavjud  yer  osti  suvlari,  ularning  tarkibi,  xossa  va  xususiyatlari,  tog‘
jinslari tarkibi, xossa va xususiyatlari, geologik va texnogen jarayon va
hodisalarni
2
)  vujudga  kelish,  rivojlanish,  o‘zgarish  qonuniyatlarini
o‘rganadi, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqaradi.
Bu  fanning  asosiy  vazifasi  ana  shu  yer  qobig‘i  qatlamlarida  uzoq
geologik davrlar mobaynida yuz bergan va hozirgi vaqtda yuz berayot-
gan  tabiiy  geologik  va  tabiiy  bo‘lmagan  injener-geologik  (texnogen)
jarayon va hodisalarni o‘rganishdir. Bu jarayon va hodisalarni bundan
keyingi davrlarda, ya’ni shu hududda u yoki bu inshoot qurilib bitkazil-
gandan,  ishga  tushirilgandan  keyin  yuz  beradigan  hodisalarning  qay
darajada sodir bo‘lishini oldindan aytib berishdan, kerakli chora-tadbirlar
belgilashdan iborat.

«Injenerlik geologiyasi» so‘zi birinchi marotaba N. Ries va T. Watsenlar tomonidan
1915-yili ularni shu nomli asarida qo‘llanilganligi taxmin qilinadi (P. N. Panyukov, 1978).

Geologik jarayon va hodisalarga tektonik zilzila, nurash, surilish, cho‘kish, qulash,
g‘orlarning  paydo bo‘lishi,  sel  hodisalari hamda  shamol  va  dengiz to‘lqinlari  natijasida
vujudga  keladigan  jarayon  va  hodisalar  kiradi.  Bu  jarayon  va  hodisalardan  ko‘pchiligi
kishilarning  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ishtiroki  bilan,  ularning  xo‘jalik  va  injenerlik  faoliyatlar
bilan vujudga kelishi, o‘zgarishi ham mumkin. Bunday holatlarda ularni injener geologik
yoki  texnogen  jarayon  va  hodisalar  deb  yuritiladi.
2—M.Sh. Shermatov


1 8
Har qanday inshoot, ya’ni sanoat, kishilar yashaydigan binolardan
tortib temir yo‘l, avtomobil trassalari, gidrotexnik inshootlar — to‘g‘on-
lar, suv omborlari, ko‘priklar, aerodromlar qurilishi kerak bo‘lgan joy
oldindan o‘rganiladi. Geologik, geomorfologik tuzilishi, gidrogeologik,
tektonik  sharoiti  to‘g‘risida  mavjud  ma’lumotlar  to‘planadi  va  har
tomonlama tahlil qilinadi. Shundan keyingina u yoki bu maydonda u
yoki  bu  tipdagi  inshoot  qurish  mumkin,  degan  taxminiy  ko‘rsatma
beriladi. So‘ngra ana shu taxminga mo‘ljallangan joyda keng ko‘lamdagi
injener-geologik  tekshirish  ishlari  boshlab  yuboriladi.  Avvalgi  taxmin
qilingan xulosalar tekshiriladi va ana shu taxminiy xulosalar tekshirish
natijalari  bilan  tasdiqlangan  joyda  imorat  va  inshoot  qurish  mumkin
yoki  mumkin  emasligi  to‘g‘risida  yagona  haqiqiy  ko‘rsatma  beriladi.
Agar qurilish ishlari boshlab yuborilsa, ana shu hududda doimiy (statsio-
nar) kuzatish,  tekshirish ishlari  olib borilaveradi.  Chunki har  qanday
inshoot  qad  ko‘targan  joyning  avvalgi  tabiiy  holati  shu  inshoot  qad
ko‘tarishi  jarayonida  va  qurilib  bo‘lgandan  keyin  u  yoki  bu  darajada
o‘zgaradi.  Ko‘pincha  yer  osti  suvi  sathining  ko‘tarilishiga,  cho‘kish
hodisasining sodir bo‘lishiga va rivojlanishiga, tog‘ jins qatlamlarining
o‘pirilishiga,yorilishiga, surilishiga, qulashiga yoki suv omborlari qurila-
yotgan bo‘lsa, yer osti bo‘shliqlari, jins kovaklari bo‘ylab sizib singib
ketishi kabi  hodisalar yuz  berishi mumkin.  Tarixda bunday  hodisalar
bo‘lganligi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Masalan, Amerika-
dagi Xele-Bar, Ispaniyadagi Mariya-Kristana, Monte-Xake kabi yirik
to‘g‘onlar ishdan chiqqan yoki butunlay vayron bo‘lib ketgan.
Shunday qilib, injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti niho-
yatda keng. Tekshirish ishlarini olib borishda geologiya, tektonika, gidro-
geologiya,  geofizika,  geomorfologiya,  kimyo,  fizika  va  matematika
fanlarining usul va uslublaridan keng foydalanadi.
Injenerlik  geologiyasi  fani  o‘zining  yechadigan  masalalariga  va
vazifalariga qarab quyidagi yo‘nalishdagi tarmoqlarga bo‘linadi (2.2-
rasm): regional injenerlik geologiyasi, injenerlik geodinamikasi, grunt-
shunoslik, shaharlar injenerlik geologiyasi, qazilma konlar injenerlik
geologiyasi,  lyossshunoslik,  injenerlik  seysmogeologiyasi,  injenerlik
geoekologiyasi va b.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish