Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  SHAMOL  HARAKATI  NATIJASIDA  SODIR  BO‘LADIGAN



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.8.3.  SHAMOL  HARAKATI  NATIJASIDA  SODIR  BO‘LADIGAN
HODISALARNI  BARTARAF  QILISH  CHORALARI
Dyunlar, barxanlar harakati, yer usti  unumdor  qatlamlarini  sha-
mol  tirnab,  sidirib,  yer  usti  qismida  yig‘ilgan  ma’lum  qilinlikdagi
tuzlarni,  sho‘rlanmagan  yerlarga  yotqizishi,  temir  yo‘llar,  kanallar,
paxta dalalarining qumlar bilan qoplanib qolishi, birinchidan, shu rayon
iqlimining quruqligiga, ya’ni yog‘adigan yog‘in miqdoridan bug‘lanish-
ning ustunligiga, ikkinchidan, o‘simliklar dunyosining kambag‘alligiga
bog‘liq.  Shuning  uchun,  eng  avvalo,  shu  rayonlarda  o‘simliklar
dunyosini  ko‘paytirish,  yoqqan  yog‘inni  iloji  boricha  yerning  ustki
qatlamlarida ushlab qolish, uning yo‘lini to‘sish, darkor. Bu shamolning
yer  ustki  qatlamlarini  ko‘chirib  ketish  kuchi  tezligini  kamaytirishga
olib keladi.
Hozirgi vaqtda shamol keltiradigan oqibatlarni bartaraf etishga katta
e’tibor berilmoqda, maxsus ilmiy-tekshirish stansiyalari, institutlar aynan
shu  masala  ustida  ish  olib  borib,  qurg‘oqchilikka  bardosh  beradigan
o‘simlik turlarini yetishtirmoqdalarki, bu o‘simliklar o‘tmishda qurg‘oq-
chilik bo‘lib kelgan, shamol eroziyasi hukmron bo‘lgan hududlarning
o‘zgarishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada nemis olimlari (Frank Xyuler) bilan O‘zbekiston olimla-
ri (O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tekshirish instituti, Z. B. Novis-
kiy)  hamkorligida  Orol  dengizining  suvdan  qurigan  maydonlarini
ko‘kalamzorga  aylantirish,  ihota  daraxtlarini  (qora  saksovul  va  b.)
o‘stirish,  umuman,  Orol oldini  ekologik  sog‘lomlashtirish  maqsadida
«GTZ  loyihasi»  bo‘yicha  olib  borayotgan  ishlari  yaxshi  natijalar
bermoqda. Hozir ana shu loyiha asosida 100 ga maydonda ko‘kalamzor-
lashtirish-daraxtzorlashtirish ishlari bajarilgan. Ihota daraxtlari kutilgan-
dek o‘smoqda.
Hozirgi vaqtda shamol eroziyasini bartaraf qilishda temir yo‘llarni,
paxta  dalalarini,  kanallarni  shamollardan  muhofaza  qilishda  injener-
geolog,  gidrotexnik,  botanik,  o‘rmonshunoslarga  kimyogarlar  katta
yordam bermoqda. Bu maqsadda olimlar tomonidan qumlar harakatini
to‘xtatib qolish xususiyatiga ega bo‘lgan modda — poliakrilamid ixtiro
qilingan bo‘lib, bu moddaning suvdagi eritmasi harakat qiluvchi qumlar
ustiga  sepilganda  ma’lum  qalinlikdagi  yupqa  qobiq  hosil  bo‘ladi.  Bu
qobiq  ostiga  ekilgan  o‘simlik  urug‘lari bemalol  o‘sib  chiqadi.  Bu  esa


1 4 1
o‘z navbatida ilgarigi ko‘chib yuruvchi qumlar o‘rnida ko‘p yillik o‘sim-
liklarning o‘sib rivojlanishiga, shamol kuchining qirqilishiga sababchi
bo‘ladi. Shuningdek bu maqsadlar uchun bitum emulsiyasi, nerozin va
boshqa qator kimyoviy moddalar ham ishlatiladi. So‘zsiz, bu hodisani
o‘rganish, uning  oqibatlarini bartaraf  qilish maqsadida bundan keyin
ham u yoki bu rayonning o‘ziga xos tabiiy sharoitini, iqtisodini hisobga
olgan holda ayrim-ayrim, mukammal o‘rganilib, tegishli tadbirlar ishlab
chiqiladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish