Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Zovur (kanava) yoki ariqsimon



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Zovur (kanava) yoki ariqsimon  (transheya ko‘rinishidagi)  qazilma
bo‘lib, kengligi 0,5—0,6 m, chuqurligi 3—6 m gacha borishi mumkin.
Bo‘shoq tog‘ jinslarini ona (tub) tog‘ jinslariga nisbatan yotish holati-
ni, qalinligini, yonbag‘ir jarayonlarini vujudga kelishi yo‘nalishini hamda
qazilma  boyliklari  tarqalishi  qonuniyatlarini  aniqlishda  qo‘llaniladi.
Bo‘shoq tog‘ jinslari bilan uni ostida yotgan ona tog‘ jinslarining tarkibiy
bog‘liqlik darajasini aniqlash maqsadida namunalar olinadi.
Shtolnyalar gorizontal yo‘nalishdagi yer osti tog‘ qazilmasi. Suv om-
borlari va boshqa xalq xo‘jaligi inshootlari quriladigan maydonlarda qiziladi.
Balandligi 1,5—2,0 metrgacha, eni 2—2,5 metr atrofida, uzunligi bir necha
o‘n,  hatto 100  metrdan oshiq bo‘lishi  mumkin.  Shtolnyalardan olingan
namuna va monolitlar laboratoriya sharoitida tog‘ jinslarining siqilishga,
sinishga bo‘lgan qarshiligini aniqlashda ishlatiladi. Shuningdek, shtolnyalar
qurilish  maydonidagi  tog‘  jinslarini  seysmik  va  boshqa  xususiyatlarini
o‘rganish uchun statsionar o‘lchov asboblarini o‘rnatish, yer osti suvlarining
harakat yo‘nalishini tartibga solish maqsadlarida ishlatiladi.
Shaxtalar yer sathiga nisbatan vertikal yoki ma’lum qiyalikdagi tog‘
qazilmasi. Geologik va injener-geologik qidiruv ishlari olib borilayotgan
maydonlarda qaziladi. Kesimi 2½3,3½4 m,  chuqurligi 120—150 m ga
borishi  mumkin.  Ular  tog‘  jins  qatlamlarining  qalinligini,  tektonik,
nurash yoriqlari bilan kesilganlik darajalarini, yer osti suvlari chuqurligini
va harakat yo‘nalishini aniqlashda, mavjud tog‘ jinslari fizik mexanik
xususiyatlarini laboratoriyada o‘rganish uchun namuna va monolitlar
olish maqsadlarida ishlatiladi. Shaxtalarni qazish jarayonida tog‘ jins-
larining o‘zidan suvni o‘tkazish, suvga to‘yinishi, ma’lum bosim va vaqt
mobaynidagi  deformatsiyalanishi  kabi  xususiyatlari  ham  o‘rganilishi
mumkin. Shaxtalardan ikkinchi boshqa tog‘ qazilmalari (shtolnya, shtrek
va b.) qazishda ham foydalanish mumkin.


1 4 4
Tog‘ qazilmalarining (shurf, shaxta, shtolnya va b.) yon, ustki to-
monlarining tabiiy holatini saqlash, odamlarga yetishi mumkin bo‘lgan
talafotlarni bartaraf qilish, oldini olish maqsadida ma’lum qalinlikdagi
yog‘och (taxta, gorbil) qurilmalari bilan mustahkamlanib boriladi. Qazi-
ladigan tog‘ qazilmalarining turi, miqdori, chuqurligi, qo‘yilgan masalani
dolzarbligiga, imorat va inshootlar qurilishi kerak bo‘lgan maydonning
injener-geologik sharoitini murakkablik darajasiga qarab turlicha bo‘li-
shi mumkin. Qurilish maydoni qancha murakkab bo‘lsa, qazilmalarni
soni, ulardan olinadigan namuna va monolitlar, ularning miqdori ham
shuncha ko‘p bo‘ladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish