Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Elektr  usuli.  Elektr  usulining  eng  asosiy  alomatlari  bo‘lib,  yer
qatlamlarida va havoda elektr tokining hosil bo‘lishi, tog‘ jinslarining
elektr qarshiligi va elektr o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi hisoblanadi.
Bu alomatlar maxsus asboblar orqali seziladi va yozib olinadi. Bunday
o‘zgarishlarni 1924-yili Qurshab zilzilasi jarayonida Jaloloboddan 120 km
masofada  turib  o‘zbekistonlik  olimlar  V. N. Mixalkov  va  E. A. Cher-
nyavskiylar tomonidan kuzatilgan. 1960-yili moskvalik olim G. A. Sobo-
lev  Kamchatka  yarim  orolida  bir  nechta  yer  qimirlashlarni  oldindan
aytishga erishgan. Gretsiya olimlari P. Varosas, K. Aleksopolos, K. No-
mikos bu usul yordamida 70% aniqlikda zilzilalarni oldindan aytib be-
rishga muvaffaq bo‘lishgan (Abdullabekov, 1992).
1972—1973-yillarda  o‘zbek  olimlari  Q. N. Abdullabekov  va  bosh-
qalar  tomonidan  Toshkent  poligonida  olib  borilgan  tadqiqot  ishlari
natijasida zilzilalar sodir bo‘lishidan bir necha kun oldin, zilzila o‘cho-
g‘idan  impuls  elektromagnit  to‘lqinlari  ajralib  chiqishi  qonuniyatini
amaliyotda  aniqladilar.  Impulslar  oldin  yerda  hosil  bo‘lishi,  keyin
bamisoli radioto‘lqinlar singari havoda tarqalishini, impulslarni radio-
to‘lqinlar qabul qilingandek yozib olinishi mumkinligi ko‘rsatildi. Bu
bilan ular Moskva va Tomsk olimlari (A. A. Vorobev va b.) tomonidan
laboratoriya sharoitidagi eksperimentlar asosida ishlab chiqqan nazari-
yasini amaliyotda to‘g‘riligini isbotlashdi.
Agar akademik K. N. Abdullabekov ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak,
«... tog‘ jinslarining elektr qarshiligi nihoyatda katta, elektr o‘tkazuv-
chanligi juda kichik bo‘lsa, to‘planayotgan elektr maydoni borgan sari
kuchaya borib, tog‘ jinslarining elektr sig‘imi bardosh berguncha yig‘iladi,
so‘ngra jinslarning elektr sig‘imi  bardosh berolmagach, ularda kichik
portlashlar yuz beradi va natijada impuls elektromagnit signallari hosil
bo‘ladi». Bu signallar bo‘lajak yer qimirlash hodisasini oldindan aytish
imkoniyatini beradi.


1 0 5
Magnit  usuli.  Ma’lumki,  odamlar  yer  qimirlashlar  bilan  magnit
maydonining  o‘zgarishi  o‘rtasida  bog‘liqlik  borligini  ancha  avvalroq,
bundan  yuz  yillar  burun  bilishgan.  Ana  shu  davrlar  mobaynida  ular
qator nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar o‘tkazishdi.
Hatto, tajribalar natijasida tog‘ jinslarining magnitlik xossasi har 100
km qo‘shimcha bosimga taxminan 1% o‘zgarishi aniqlandi. (Abdulla-
bekov,  1992).  Shuning  uchun  ham  1967-yildan  boshlab  O‘zRFA
seysmologiya  institutida  shu  usul  asosida  qator  dala  va  laboratoriya
eksperiment ishlari olib boriladi. Natijada ayrim hududlar uchun magnit
maydonining yer qimirlashdan oldin bo‘lgan o‘zgarishlarning vaqt va
maydondagi qonunlari topildi. Bunday o‘zgarishlar Tovoqsoy (1977),
Nazarbek (1980), Pop (1984), Gazli (1976,1984) yer qimirlashlaridan
oldin,  hamda  Chorvoq  suv  omborini  suv  bilan  to‘latilishi  jarayonida
suv ombori zamin-poydevoriga tushadigan bosim o‘zgarishi bilan magnit
maydoni  ham o‘zgarishi  orasidagi bog‘liqliklar  topildi,  bir  necha  yer
qimirlashlarni sodir bo‘lish vaqtlari oldindan aytib berildi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish