Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish.
Bunday transformatorlar
«quruq»
nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha
43
belgilanadi: ochiq tayyorlanganida C, himoyali tayyorlanganida C3; germetik
tayyorlanganida CГ.
«Quruq» transformator chulg’ami haroratining sovituvchi muhit haroratidan
yoʻl qoʻyiladigan oshish chegarasi izolyatsiyaning qizishga chidamliligi sinfiga
bog’liq va standartlarga muvofiq A sinfi uchun 60
o
C; E sinfi uchun 75
o
C; V sinfi
uchun 80
o
C; C sinfi uchun 100
o
C; N sinfi uchun 125
o
C dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Sovitishning bu tizimi kam samarali boʻlganligi sababli kuchlanishi 15 kV
gacha, quvvati 1600 kVA gacha boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi.
Moy bilan tabiiy sovitish
(M) 16000 kVA va undan kam quvvatli
transformatorlar uchun qoʻllaniladi. Bunday transformatorlarda chulg’am va
magnit oʻtkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak
va radiator quvurlarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator
yuklamasi nominal boʻlganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida
±95
o
S dan oshmasligi kerak.
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga
qarab, qovurg’alar, sovitish quvurlari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyatsiyash yoʻli bilan sovitish
(Д) quvvati katta
transformatorlarda qoʻllaniladi. Bu holda radiator quvurlaridan tashkil topgan
osma sovitgichlarga ventilyator oʻrnatiladi. Ventilyator pastdan havoni soʻradi va
trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. Ventilyatorlarni ishga tushishi va
toʻxtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab,
avtomatik
amalga
oshirilishi
mumkin.
Moyni puflash va moyni
havo
sovitgichlar
orqali
majburiy sirkulyatsiyalash yoʻli
bilan sovitish
(ДЦ) quvvati
63000 kVA va undan katta
boʻlgan transformatorlar uchun
qoʻllaniladi.
2.4-rasm. ДЦ tizimi sovitgichning prnsipial sxemasi: 1–
transformator baki; 2-elektr nasosi; 3- adsorb filtr; 4-sovitkich; 5-
puflash ventilyatori.
44
Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar
tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari
moyning sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyatsiyasini hosil qiladi (2.4-
rasm).
Moy katta tezlikda sirkulyatsiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va
jadal puflash hisobiga sovitgichlar issiqlikni koʻp uzatadi va ixchamdir.
Sovitishning bunday tizimiga oʻtish transformatorlarning oʻlchamlarini ancha
kamaytirish imkoniyatini beradi.
Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning
baki yonidagi alohida poydevorga oʻrnatilishi mumkin.
Moy majburan sirkulyatsiyalanadigan moy-suvli sovitish
(Ц) prinsipial
jihatdan ДЦ tizimiga oʻxshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar
trubalardan iborat boʻlib ular ichida suv aylanadi, trubalar orasida esa moy yuradi.
Transformatorging moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy
sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2
N/sm
2
) ga ortiq boʻlishi kerak. Sovitishniig bu tizimi samarali, biroq konstruksiyasi
jihatidan ancha murakkab boʻlib, gidrostansiya va yopiq xonalarga oʻrnatiladigan
(100 MVA va undan yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi.
ДЦ va Ц sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan
sirkulyatsiyalash qurilmasi transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik
ulanishi va transformatorning yuklanishidan qat’i nazar uzluksiz ishlashi kerak.
Shu bilan birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar soni transformatorning
yuklanishisiga qarab aniqlanadi. Bunday transformatorlar moyning va sovituvchi
suvning sirkulyatsiyalanishini toʻxtatish, ventilyatorni toʻxtatish kerakligi haqidagi
signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak.
Shuni ham aytib oʻtish kerakki, hozir chulg’amlari juda ham past
haroratgacha sovitiladigan transformatorlarning yangi konstruksiyalari ishlab
chiqilmoqda. Metall past haroratda oʻta oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlib,
chulg’am kesimini keskin kamaytirish imkonini beradi. Oʻta oʻtkazuvchanlik
prinsipidagi transformatorlar kriogenli transformatorlar quvvati 1000 MVA va
45
undan yuqori boʻlishiga qaramay kichik og’irlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |