Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

izolyatsiya
 boʻlib, qattiq dielektriklar: 
qog’oz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.. 
Kuchlanishni  rostlash  uchun  moʻljallangan  qayta  ulagich  qurilmalar  va 
transformatorning aktiv qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning 
asosiy  qismlari  -  devorlar,  tagi  va  qopqoqdir.  Bak  qopqog’idan  kirish  simlarini, 
chiqarish  trubasini,  kengaytirgichni  mahkamlovchi  elementlarni,  termometrlar  va 
boshqa  detallarni  oʻrnatish  uchun  foydalaniladi.  Bakning  devorlariga  sovitgich 
qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi. 
Kichik  quvvatli  transformatorlarda  bakning  tepa  qismi  ajraladigan  qilib 
tayyorlanadi: chunki tuzatish ishlarida transformatorning qopqog’ini olish, soʻngra 
aktiv qismini bakdan koʻtarish zarur boʻladi. 
Transformator  aktiv  qismining  massasi  25  t  dan  ortiq  boʻlsa,  bu  holda  uni 


 
40 
bakning  tubiga  oʻrnatiladi,  soʻngra  bakning  qoʻng’iroq  shaklli  yuqori  qismi  bilan 
yopiladi  va  moy  quyiladi.  Pastki  qismi  ajraladigan  bunday  transformatorlarning 
aktiv  qismini  chiqarish  uchun  og’ir  yuk  koʻtaruvchi  qurilmalarga  hojat  yoʻq, 
chunki remont paytlarida moy tushirilib, bakning yuqori qismi koʻtarilsa, chulg’am 
va magnit oʻtkazgichlarga bemalol qoʻl yetadi. 
Oqim sochilishidan hosil boʻladigan isrofni kamaytirish uchun poʻlat baklar 
ichki  tomonidan  elektrotexnik  poʻlat  paketi  yoki  magnitsiz  materiallardan 
tayyorlangan plastinkalar (mis, alyuminiy) bilan ekranlashtiriladi. 
Transformatorning  kengaytirgichi
  bak  bilan  quvur  orqali  tutashtirilgan 
silindrik  idishdan  iborat  boʻlib,  moyning  havo  bilan  tegib  turadigan  sirtini 
kamaytirish  uchun  xizmat  qiladi.  Transformatorning  baki  moy  bilan  toʻlatilgan 
boʻlib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining oʻzgarishi kengaytirgichdagi moy 
sathining  oʻzgarishiga  olib  keladi;  bunda  havo  kengaytirgichdan  yo  siqib 
chiqariladi  yoki  kamayadi.  Moy  namni  yaxshi  shimadi  va  agarda,  kengaytirgich 
atmosfera  bilan  toʻg’ridan-toʻg’ri  tutashgan  boʻlsa,  unda  havoning  nami  moyga 
oʻtib,  uning  izolyatsion  xossalarini  keskin  pasaytiradi.  Buning  oldini  olish  uchun 
kengaytirgich  atmosfera  bilan  selikagelli  havo  quritgich  orqali  bog’langan. 
Selikagel  soʻrilayotgan  havodagi  namni  shimadi.  Yuklama  keskin  oʻzgarsa, 
selikagelli  filtr  havoni  toʻliq  quritmaydi,  shuning  uchun  kengaytirgichda  havo 
namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moy namlanishini oldini olish 
uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qoʻllaniladi yoki kengaytirgichdagi 
erkin boʻshliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan toʻldiriladi. 
Moy-havo  chegarasida  maxsus  parda 
-  membrana  qoʻllash  mumkin. 
Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin. 
Transformatorning  ishini  nazorat  qilib  turish  uchun  nazorat-oʻlchash  va 
himoya  qurilmalari  koʻzda  tutiladi.  Nazorat  qurilmalariga  moy  koʻrsatkich  va 
termometr  kiradi.  Moy  koʻrsatkich  kengaytirgichga,  termometr  bakning 
qopqog’iga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz 
relesi kiradi. 
330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qoʻshimcha ravishda kirish joylari 


 
41 
izolyatsiyasini  nazorat  qiluvchi  qurilma  (
INQ
)  va  yuqori  kuchlanishli  germetik 
kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish