Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

Qisqa tutashuv  turlari 
 
Energetika  tizimidagi  koʻpgina  shikastlanishlar  fazalarning  oʻzaro  va  yer 
bilan  qisqa  tutashishlariga  olib  keladi.  Shikastlanishlarning  asosiy  sabablariga 
izolyatsiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat 
koʻrsatuvchi shaxslarning notoʻg’ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida 
uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi. 
Barcha  shikastlanishlar  qurilmalarning  kamchiligi  va  mukammal  emasligi, 
notoʻg’ri  oʻrnatilganligi,  notoʻg’ri  loyihalanganligi,  qurilmaga  qoniqarsiz  va 
notoʻg’ri  xizmat  koʻrsatilganligi,  qurilmaning  notoʻg’ri  holatda  ishlaganligi 
natijasida yuzaga keladi va roʻy beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish 
mumkin, lekin shkastlanish holatining muqarrarligini unutmaslik kerak.  
Qisqa  tutashuv  shikastlanishga  olib  keladigan  eng  xavfli  va  og’ir  holatdir. 
Qisqa tutashuv paytida manbaning E.Yu.K. transformator yoki liniyalarning kichik 


 
112 
a) 
b) 
c) 
d) 
e) 
qarshiligi orqali tutashib qoladi. (5.1,a-e rasm). 
E.Yu.K.i  qisqa  tutashgan  yopiq  elektr  konturlarida  qisqa  tutashuv  toki  deb 
nomlangan I
q.t. 
katta tok oqadi. 5.1 rasmda qisqa tutashuvning turlari keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
5.1-rasm. Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari: 
a, b, c – uch fazali, yer bilan ikki fazali va bir fazali qisqa tutashuv
d va e - bir fazali va ikki fazaning yer bilan neytrali yerga ulangan liniyalarda ulanishi. 
 
Qisqa  tutashuv  paytida  tokning  ortishi  natijasida  elektr  tizimning 
elementlaridagi  kuchlanishning  miqdori  kamayadi.  Bu  oʻz  navbatida  elektr 
liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, ya’ni 
 
. .
m
q t
m
U
E
I
Z
 

,  
 
 
 
 
(5.1) 
bu yerda E - manbaning E.Yu.K. si, 
m
Z
  –  manbadan  qisqa  tutashuv  nuqtasigacha  boʻlgan  uchastkaning 
qarshiligi. 
Qisqa  tutashuv  paytida  kuchlanishning  kamayishi  va  tokning  ortishi 
quyidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi: 
 a) Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutashuv toki (
. .
q t
I
) R-qarshilikda va t – 
vaqt mobaynida
2
Q
k I
R t
   
 issiqlik ajralishiga olib keladi. 
Shikastlangan  joylarda  bu  issiqlik  va  elektr  yoyi  katta  miqdorda 
buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarniig natijalari qisqa tutashuv tokiga 
. .
q t
I
 va t 
vaqtga  bog’liq.  Qisqa  tutashuv  tokining 
. .
q t
I
  miqdori  nominal  tokdan 
nom
I
  shu 


 
113 
qadar  katta  boʻlishi  mumkinki,  izolyatsiyalar  va  tok  oʻtkazgich  qismlarini  qattiq 
shikastlantiradi. 
b) qisqa tutashuv paytida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarinnng 
ishlashiga xavfli tasir qiladi. 
Elektr  energiyasining  asosiy  iste’molchisi  asinxron  motorlardir.  Asinxron 
motorlarning  aylantirish  momentlari  kuchlanishga  proporsional 
2
M
k U
 

Shuning uchun asinxroi motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida motorlarning 
aylantirish  momenti  mexanizmlarning  qarshilik  momentlaridan  kichik  boʻlib 
qolishi mumkin. Bu ularni toʻxtashiga olib keladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5.2-rasm. Qisqa tutashuvning kuchlanish tushuviga ta’siri; a) iste’molchilarga, b) energetika 
tizimiga, s) toʻg’ri, teskari va nol ketma-ketlik diagrammasi 
 
Kuchlanishning  tushuvi  EHM  (boshqaruvchi  va  hisoblovchi)  larga  katta  ta’sir 
qiladi: 
v)  Kuchlanish  tushuvining  eng  xavfli  va 
og’ir  oqibatlaridan  biri  bu  generatorlar  va  elektr 
tizimlarining  turg’un  parallel  ishlashlariga  zarar 
etishdir.  Bu  barcha  iste’molchilarni  energiyasiz 
qolishga  olib  keladi.  Buni  5.2-b  rasmda  izohlash 
mumkin. 
Normal 
holatda 
turbinaning 
mexanik 
E
K
Istemolchi
M
A
B
K
E
K
U
1
U
2
U
0
I
b)
a)
k
c)
I
í
I, À
5.3-rasm.  Uzoq  vaqt  ruxsat  etilgan 
yuklanish  vaqtini  tokning  kattaligiga 
bog’liqligi 
t=f(I)
 


 
114 
aylanish  momenti  generatorning  elektr  yuki  tomonidan  hosil  qilinadigan  teskari 
ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi 
oʻzgarmas va sinxrondir. 
K  nuqtada  qisqa  tutashish  sodir  boʻlganda  A  elektr  stansiyasining 
shinasidagi kuchlanish nolga yaqin boʻladi. Bu holda elektr yuk va bu bilan bog’liq 
generatorlarning  teskari  ta’sir  qiluvchi  momenti  nolga  teng  boʻladi.  Bu  vaqtda 
turbinaga  oldingi  miqdordagi  bug’  (yoki  suv)  ta’sir  etaveradi  va  uning  momenti 
oʻzgarmaydi.  Buning  natijasida  generatorning  aylanish  tezligi  tez  ortadi,  chunki 
turbinaning  aylanishini  boshqaruvchi  qurilma  sekin  ta’sir  qiladi  va  A  stansiya 
generatorlarining aylanish tezligini birdan kamaytira olmaydi. 
B  stansiya  generatorlari  boshqa  sharoitda  boʻladilar,  ular  K  nuqtadan 
uzoqdalar,  shuning  uchun  ularning  shinalaridagi  kuchlanish  normaga  yaqin.  A 
stansiya  generatorlarining  yuklari  yengillashgani  sababli  barcha  yuk  B  stansiya 
generatorlariga  tushadi.  Buning  natijasida  ular  koʻproq  yuklanadilar  va  aylanish 
tezliklarini kamaytiradilar 
Shunday qilib qisqa tutashuv natijasida A va B stansiyalari generatorlarining 
aylanish tezliklari har xil boʻladi va bu ularning sinxron ishlashlarining buzilishiga 
olib keladi.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish