Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

Yordamchi  kontaktlar
  (blok-kontaktlar)  bosh  kontaktlar  bilan  mexanik 


 
69 
bog’langan  boʻlib,  boshqarish,  signalizatsiya  va  blokirovkalash  zanjirlarida 
qoʻllaniladi. 
Elektr stansiya, podstansiya, sanoat qurilmalari va turmushda turli konstruk-
siyadagi avtomatlar ishlatiladi. 
Elektr  zanjirda  qisqa  tutashuv  yoki  oʻtayuklanish  boʻlsa,  uni  avtomatik 
ravishda  bir  marta  uzish  uchun  xizmat  qiladigan  apparat  saqlagich  deb  ataladi. 
Zanjirni  saqlagich  vositasida  uzish  eruvchan  quymaning  erishi  orqali  amalga 
oshadi,  bu  eruvchan  quyma  oʻzidan  muhofazalanmagan  zanjirning  toki  oʻtganda 
qizib eriydi. Zanjir uzilgandan soʻng eruvchan quyma qoʻlda almashtirilishi lozim. 
Konstruksiyasining  soddaligi  va  arzonligi  sababli  eruvchan  saqlagichlar 
sanoat  elektroqurilmalarida,  elektrostansiyalar  va  podstansiyalarda,  turmushda 
keng  qoʻllaniladi.  Saqlagichlar  turli  konstruksiyalarga  ega  boʻlishi  mumkin  va 
milliamperdan 
minglab 
amperlargacha 
toklarga 
moʻljallanadi. 
Hamma 
saqlagichlarda  asosiy  elementlar  boʻlib:  korpus,  eruvchan  quyma,  kontakt  qism, 
yoy soʻndiruvchi qurilma yoki yoy soʻndiruvchi muhit hisoblanadi. 
Saqlagichlar 
eruvchan quymaning nominal toki bilan
, ya’ni eruvchan quyma 
uzoq  ishlashi  uchun  hisoblangan  tok  bilan  harakterlanadi.  Saqlagichning  birgina 
korpusiga  turli  nominal  toklarga  moʻljallangan  eruvchan  quymalar  oʻrnatilishi 
mumkin,  shuning  uchun  ayni  saqlagich  saqlagichning  nominal  toki  bilan 
harakterlanib,  u  mana  shu  konstruksiyadagi  saqlagich  uchun  moʻljallangan 
eruvchan quymalarning nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda 
yuklama  toki  ta’sirida  eruvchan  quymadan  ajrayotgan  issiqlik  atrof-muhitga 
tarqaladi  va  saqlagichning  hamma  qismlarining  tempera-turasi  ruxsat  etilgandan 
oshmaydi.  Oʻtayuklanish  va  qisqa  tutashuvlarda  quyma  harorati  ortib,  uning 
erishiga  olib  keladi.  Demak,  tok  qancha  katta  boʻlsa,  quymaning  erish  vaqti 
shuncha  kichik  boʻladi.  Erish  (ishlay  boshlash)  vaqtining  tokka  bog’liqligi 
saqlagichning vaqt-tok harakteristikasi
 deb yuritiladi (3.7-rasm). 
Saqlagich  ishlay  boshlashidagi  minimal  tok—
chegara  tok

I
cheg
  deb 
yuritiladi. Tekshirishlarda saqlagich quymasining erish vaqti 1 soatdan oshgandagi 
tok—chegara  tok  deb  qabul  qilinadi.  Eruvchan  quymaning  nominal  toki  shunday 


 
70 
tanlanadiki,  bunda  normal  rejimda  va  qisqa  ruxsat  etiladigan  oʻtayuklanishlarda 
uzish 
sodir 
boʻlmay, 
balki 
uzoq 
oʻtayuklanishlarda  va  q.t.  da  zanjir  mumkin 
qadar  tez  uzilishi  lozim.  Bu  masala  «Elektr 
tarmoqlar» kursida batafsil koʻriladi. 
Saqlagichlar  ishining  selektivligini 
ta’minlash 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Dvigatelda  shikastlanish  boʻlganda  q.t.  toki 
uchta saqlagich orqali ketma-ket oʻtadi, lekin 
hammadan  oldin  shikastlangan  joyga  yaqin 
boʻlgan  saqlagich  quymasi  erib  ketishi  kerak.  Uzish  vaqti 
t
1
,  t
2
,  t
3
  avtomatning 
muhofaza  harakteristikasiga  oʻxshash,  saqlagich  harakteristikasi  boʻyicha 
aniqlanadi.  Harakteristika  eruvchan  quymaning  materiali,  uning  kesimi,  sovish 
sharoitlari va boshqa faktorlarga bog’liq. 
Eruvchan quyma-
saqlagichning asosiy elementi boʻlib, mis, rux, qoʻrg’oshin 
va kumushdan tayyorlanishi mumkin. Rux va qoʻrg’oshinning erish harorati kichik 
(tegishlicha  419  va  327°C).  Rux  korroziyaga  chidamli,  shuning  uchun  eruvchan 
quymaning  kesimi  ishlatish  vaqtida  oʻzgarmaydi,  harakteristikasi  doimiy  qoladi. 
Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli quyma eriganda buzilmaydi, suyuq metall 
plyonka  ichida  saqlanadi.  Bu  esa 
I
cheg
  ning  keng  chegaralarda  oʻzgarishiga  olib 
keladi. Rux va qoʻrg’oshinning solishtirma qarshiligi katta, shuning uchun ulardan 
tayyorlangan  eruvchan  quymalar  katta  kesimga  ega.  Bunday  quymalarni 
saqlagichlarda toʻldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux  va qoʻrg’oshindan qilingan 
quymali saqlagichlar oʻta yuklanishda katta tutib turish vaqtiga ega. 
Mis va kumush kichik solishtirma qarshilikka ega boʻlib, quymaning kesimi 
katta  emas,  bu  ularning  tez  ishlab  ketishini  ta’minlaydi.  Bunday  quymalar 
eriydigan 
metallning 
hajmini 
kamaytirish 
muhim 
boʻlgan 
toʻldirgichli 
saqlagichlarda  qoʻllaniladi.  Ishlatish  jarayonida  oksidlanishni  kamaytirish  uchun, 
odatda,  ustiga  qalay  suvi  yuritilgan  mis  quymalar  qoʻllaniladi.  Kumush  quymalar 
oksidlanmaydi  va  ularning  harakteristikalari  turg’un,  lekin  qimmat  boʻlganligi 
3.7-rasm.  Saqlagichning 
vaqt-tokli 
xarakteristikasi 
 


 
71 
uchun,  bunday  quymalar  faqat  ayrim  muhim  hollardagina  qoʻllaniladi.  Misning 
erish  harorati  1080°C  boʻlgani  uchun  chegara  toklarida  saqlagichning  hamma 
elementlarining harorati ancha katta boʻladi. Yuqori haroratlar hosil boʻlishiga yoʻl 
quymasdan  saqlagichning  tez  ishlab  ketishini  ta’minlash  uchun  metallurgiya 
effekti  deb  ataladigan  usuldan  foydalaniladi.  Bu  oson  eriydigan  suyuq  metallda 
qiyin  eriydigan  metallni  eritish  hodisasidir.  Agar,  masalan,  diametri  0,25  mm  li 
mis  simga  erish  harorati  182°C  boʻlgan  qalay-qoʻrg’oshin  qotishmadan 
tayyorlangan sharchalar kavsharlansa, bu holda sim harorati 650°C ga yetganda u 4 
minut  ichida  eriydi,  350°C  da  esa  40  minut  ichida  eriydi.  Xuddi  shu  sim 
erituvchisiz 1000°C dan past boʻlmagan haroratda eriydi. Odatda, mis va kumush 
quymalarida metallurgiya effektni hosil qilish uchun ancha turg’un xossalarga ega 
boʻlgan  toza  qalay  qoʻllaniladi.  Normal  ish  rejimida  qalayli  sharcha  saqlagich 
ishiga ta’sir etmaydi. 
Quyma  erigandan  soʻng  elektr  yoy  hosil  boʻlib,  uni  mumkin  qadar  tez 
oʻchirish  lozim.  Saqlagichlarda  yoyni  soʻndirish  uchun  tor  tirqish,  gazlarning 
yuqori  bosimi,  puflash  effektidan  foydalaniladi.  Hech  qanday  shikastlanish  yoki 
deformatsiya  sodir  boʻlmasdan  saqlagich  uzishi  mumkin  boʻlgan  eng  katta  tok 
uzishning chegara toki deb yuritiladi. 
Elektr  qurilmalarda  eng  keng  tarqalgan  saqlagichlarning  konstruksiyalarini 
koʻrib chiqamiz. 
 
 


 
72 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish