74
uzgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil boʻlgan yoylar
moy 2 ni parchalab, uni bug’lantiradi, 70% gacha vodorodi boʻlgan gaz-bug’li
pufak hosil boʻladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 MPa ga yetadi, bu gazlarning
ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08-0,1 s vaqt oʻtgach soʻnadi. Bakning
devorlarida muhofazalovchi izolyatsion qoplamlar 9 bor.
4.1-rasmda koʻrsatilganidek, uzgichning bakiga moy toʻla quyilmay, balki
qopqoq tagida havo yostig’i qoldiriladi. Bu yoyni soʻndirish jarayonida hosil
boʻladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan uzgich qopqog’iga beriladigan
kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak.
a)
b)
4.2- rasm. Zamonaviy moyli bakli uzgichlarning tashqi kurinishi: a)- uchala faza bitta
bakda joylashgan; b)- fazalar
alohida baklarda joylashgan
Agar moy sathi keragidan ancha past boʻlsa, u holda gazlar qopqoq tagiga
kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga
olib keladi.
Koʻrib chiqilgan uzgichda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilma
boʻlmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi
uzgichlar 6-10 kV li (BМБ-10, ВМЕ-6, ВМЕ-10, ВС-10) qurilmalarda
qoʻllaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli uzgichlar tomonidan siqib
76
4.3-rasm. Kam moyli uzgichlarning konstruktiv sxemalari:a) – ВМГ-10
tipdagi kam
moyli uzgichning konstruktiv sxemasi; b) – BMП tipdagi kam moyli osma uzgichninng konst-
ruktiv sxemasi; v) – metal bak ichida yoy sundiruvchi kontaktlarning joylashishi; g) – ikkita yoy
sundiruvchi kamerali; d) – korpusi chini konstruksiyali; 1 – qoʻzg’aluvchan kontak; 2 – yoy
sundiruvchi kamera; 3 – qoʻzg’almas kontakt; 4 – ishchi kontaktlar
Yoy soʻndiruvchi qurilmalarda izolyatsiyalovchi plastinkalar va chiqish
teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar
harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar koʻndalang,
boʻylama va qarama-qarshi koʻndalang puflovchi kameralarga boʻlinadi.
Bakli uzgichlarda qizdiruvchi qurilma ham koʻzda tutilgan boʻlib, u havo
haroratlari past boʻlganda (-15°C va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi
ortganda uzgichning qoʻzg’aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik
maqsadida shunday qilinadi.
Bakli uzgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta boʻlishidir.
Bakli
uzgichlarning
ulash
vaqtini
kamaytirish
uchun
pnevmatik
va
pnevmogidravlik yuritmalar qoʻllaniladi.