Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

4.2.
 
Havoli uzgichlar. Elektromagnit va vakuumli uzgichlar. Elegazli va 
sinxron uzgichlar 
 
Havoli  uzgichlarda  yoy  siqilgan  havo  bilan  soʻndiriladi,  tok  oʻtkazuvchi 
qismlar  bilan  yoy  soʻndiruvchi  qurilma  esa,  chinni  yoki  boshqa  qattiq 
izolyatsiyalovchi materiallar bilan izolyatsiyalanadi.  


 
79 
 
4.4-rasm  Havoli uzgichlarining konstruktiv sxemalari: a, b – katta nominal tokka muljallangan 
uzgich; v – 35 kVli ochiq qurilmalardagi uzgich; g – 110 kVli ochiq qurilmalardagi uzgich; 1 – 
siqilgan havoli rezervuar; 2 – yoy sundiruvchi kamera; 3 – shuntlovchi rezistor;  
4 – bosh kontaktlar; 5 – ajratkich; 6 – sig’imli kuchlanish boʻlgich 
 
Havoli uzgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha boʻlib, ularning nominal 
kuchlanishi,  uzilgan  holatdagi  kontaktlar  orasida  izolyatsion  oraliq  hosil  qilish 
usuli  yoy  soʻndiruvchi  qurilmaga  siqilgan  havoni  yuborish  usuliga  bog’liq.  Katta 
nominal  toklarga  moʻljallangan  uzgichlarda(4.4-rasm,  a,  b)  kam  moyli  МГ  va 
МГГ  lariga  oʻxshash  bosh  va  yoy  soʻndiruvchi  kontur  mavjud.  Uzgich  ulangan 
holatda  tokning  asosiy  qismi  ochiq  joylashgan  bosh  kontaktlar  4  boʻyicha  uzadi. 
Uzgichlar  uzilganda  bosh  kontaktlar  birinchi  boʻlib  uziladi,  bundan  soʻng  tok 
kamera  2  ga  joylashgan  yoy  soʻndiruvchi  kontaktlardan  oʻtadi.  Bu  kontaktlarning 
uzilish  vaqtida  kameraga  idish  (rezervuar)  1  dan  siqilgan  havo  beriladi,  yoyni 
soʻndiruvchi kuchli puflash hosil boʻladi. 
Puflash  boʻylama  (4.4-rasm,  a)  yoki  koʻndalang  (4.4-rasm,  b)  boʻlishi  mumkin. 
Uzilgan  holatda  kontaktlar  orasida  kerakli  izolyatsion  oraliq  yoy  soʻndiruvchi 
kamerada  kontaktlarni  kerakli  oraliqqacha  ajratish  yoʻli  bilan  (4.4-rasm,  b)  yoki 


 
80 
ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (4.4-rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 
uzilgandan  soʻng  kameraga  siqilgan  havo  haydash  toʻxtatilib,  yoy  soʻndiruvchi 
kontaktlar  tutashadi.  Bu  konstruktiv  sxema  asosida  tayyorlan-gan  uzgichlar  ichki 
qurilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha boʻlgan toklar (ВВГ 
seriyasi) ga moʻljallab ishlab chiqariladi. 
Ochiq  qurilmadagi  uzgichlarda  yoy  soʻndiruvchi  kamera  chinni  izolyator 
ichiga  joylashib,  35  kV  li  kuchlanishga  har  bir  faza  uchun  bitta  uzilish  boʻlishi 
yetarli  hisoblanadi  (4.4-rasm,  v),  110  kV  ga  esa  har  fazaga  ikkita  uzilish  lozim 
boʻladi  (4.4-rasm,  g).  Bu  konstruksiyalar  orasidagi  farq  shundaki,  35  kV  li 
uzgichda izolyatsion oraliq yoy soʻndiruvchi kamera 2 da hosil qilinadi, 110 kV li 
va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarda esa yoy soʻndirilgandan keyin ajratgich 5 
kontaktlari  uziladi  va  ajratgich  kamerasi  uzilgan  holatdagi  butun  vaqt  ichida 
siqilgan havo bilan toʻla boʻladi. Bunda siqilgan havo  yoy soʻndiruvchi kameraga 
berilmaydi  va  undagi  kontaktlar  tutashadi.  Yuqorida  koʻrib  chiqilgan  havo 
uzgichlar  kontaktlarning  pastiga  oʻrnatilgan  alohida  siqilgan  havo  bakiga  ega. 
Agarda  kontakt  tizimini  yerdan  izolyatsiya  qilingan  siqilgan  havo  kamerasiga 
oʻrnatilsa,  yoyning  soʻnishi  ancha  tez  boʻladi  (4.4-rasm,  d).  Bu  yerda  uzgich 
oʻchganda siqilgan havoning bakini bajaruvchi yoy soʻndiruvchi kamera 2, puflash 
kanallar orqali tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun puflash hosil boʻladi 
va yoy soʻnadi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish