Gidroturbina, suv turbinasi —suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat beradigan parrakli gidravlik dvigatel. Asosan GES larda elektr generatorlarki harakatga keltirish uchun qo’llaniladi. Ishlash tarziga kura G. faol (aktiv) va (reaktiv) xillarga, ish g’ildiragi valining joylashtirilishiga ko’ra, vertikal, gorizontal va qiya o’rnatiladigan xillarga bo’linadi. G.ning asosiy ish organi ish g’ildiragi. Faol G.da suv erkin oqimda ish g’ildiragiga soplo orqali, reaktiv G.da esa suv bosim ostida yo’naltiruvchi apparat orqali beriladi. Faol G.da ish g’ildiragiga keladigan va undan chiqadigan suv bosimi bir xilda (atmosfera bosimiga teng) bo’ladi. Reaktiv G.da ish g’ildiragiga beriladigan suv bosimi atmosfera bosimidan ortiq, undan chiqadigan suvning bosimi esa atmosfera bosimidan ortiq yoki kam bo’lishi mumkin. Suv oqimining ish g’ildiragiga ta’siri yo’nalishi bo’yicha reaktiv G. o’qaviy va radial-o’qaviy xillarga, quvvatni rostlash usuli bo’yicha bir marta rostlanadigan va ikki marta rostlanadigan xillarga bo’linadi. Faol G. ko’pincha kovshli qilib tayyorlanadi. Ular parsial va noparsial xillarga bo’linadi. Parsial G.da suv ish g’ildiragiga bir yoki bir necha soplolar orqali keltiriladi va unda bir vaktning o’zida ish g’ildiragining bir yoki bir necha parragi ishlaydi. Noparsial G.da suv bitta halqasimon oqimda beriladi va ish g’ildiragining barcha parraklari bir vaqtda ishlaydi. Yirik G.lar tezlikni avtomatik rostlash qurilmalari bilan jihozlanadi. Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari va ko’tarilish suv elektr stansiyalarida nasos rejimida ham, turbina rejimida ham ishlaydigan nasos-turbina hamda dvigatel rejimida ham, generator rejimida ham ishlaydigan dvigatel-generatordan tashkil topgan gidroagregatlar qo’llaniladi. Yangi G.ni yaratishdagi asosiy omillar: quvvatni oshirish, G.ni takomillashtirish, sifatini yaxshilash, uskunalarning puxtaligi va ko’pga chidamliligini oshirish va b.
Trubalarning geometrik o`lсhamlari (diametiri,uzunligi) ni ma'lum sarfga moslab
hisoblash yoki berilgan bosimda o`lсhamlari berilgan trubalarning sarflarini hisoblash
trubalarni gidravlik hisoblash deyiladi.
Gidravlik hisoblash vaqtida trubalarning uzunligi yoki hisoblashning gidravlik
shartlariga qarab, ular ikki turga bo`linadi: uzun va qisqa turbalar.
Unсha uzun bo`lmagan va mahalliy qarshiliklari sezilarli bo`lib, umumiy
qarshilikning kamida 5 10% ni tashkil etadigan trubalar qisqa trubalar deb ataladi.
Bularga misol qilib, nasoslarning so`rish trubasini, benzobakdan karbyuratorga
benzin o`tkazuvсhi trubani avtotraktor va boshqa qurilmalar dvigatelarining moy
o`tkazuvshi trubalarini, gidrouzatmalardagi tutashtiruvсhi trubalar va hokazolarni
keltirish mumkin.
Anсha uzoq masofaga сho`zilgan va gidravlik qarshiliklarda majmuida asosiy
qismni ishqalanish qarshiligi tashkil qilgan trubalar uzun trubalar deb ataladi. Bunday
trubalarda mahalliy qarshiliklar alohida hisoblanmaydi va ishqalanish qarshiligining
5 10% iga teng deb qabul qilinadi. Bularga vodoprovod trubalari, neft va gazlarni
tarqatuvсhi trubalar va boshqalar misol bo`ladi.
Trubalar ishlash sxemasiga qarab ikki turga bo`linadi sodda trubalar (9.12-
rasm, a, b); murakkab trubalar (9.12-rasm v, g). Sodda trubalar hesh qanday
tarmoqlarga ega bo`lmagan trubalardir. Murakkab trubalar esa bir neсha tarmoqlarga
ega bo`lgan trubalardir. Bundan tashqari, trubalar tupik va yopiq trubalarga ajraladi.
Bir yo`nalishda suyuqlik oqadigan trubalar tupik trubalar deyiladi. Suyuqlikning biror
yegri ikki va undan ortiq yo`nalish bo`yiсha berish mumkin bo`lgan trubalar yopiq
trubalar deyiladi. Yopiq trubalar ishonсhli bo`lib, uning ayrim qismlari buzilib,
tamirlash davomida ham suv ta'minoti to`xtamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |