Surunkali gastrit - keksalarda ko’p uchraydigan kasallik bo’lib, me'da shilliq pardasi zararlanib, sekretor va motor funksiyalari izdan chiqadi. Ovqatlanish tartibining buzilishi, ko’p ovqatlanish, spirtli ichimliklarni ko’p iste'mol qilish, chekish va neyrogumoral regulyasiyaning izdan chiqishi surunkali gastrit kasalligini keltirib chiqaradi.
Keksalarda ko’proq (40-60%) axlorgidriya va axiliya bilan kechadigan trofik gastrit uchraydi. Bemorlarni ko’ngil aynish, qayt qilish, havo bilan kekirish, epigastral sohaning og’ir bo’lib turishi va og’riqlar bezovta qiladi.
Geriatrik bemorlarda surunkali gastritni miokard infarktining gastralgik shaklidan farqlab olish kerak. Albatta EKG o’tkazish shart. Diagnostika uchun me'da shirasi olinib, laboratoriyada tekshiriladi, undan tashqari rentgenologik, sitologik tekshiruv o’tkazish kerak. Surunkali gastritni davolashda ovqatlanish tartibiga rioya qilish, chekish, alkogol ichishga barham berish kerak.
Me'da kasalliklarini davolashda me'da shirasi, asidin - pepsin - giposekresiyada, serukal gipersekresiyada, ovqat yaxshi hazm bo’lishi uchun pankreatin, festal, panzinorm, me'da sohasida og’irlik va og’riq sezilganda noshpa tayinlanadi.
Surunkali gastrit bilan og’rigan bemorlar uchastka hamshirasi va vrachi kuzatuvi ostida davolanishi va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirib borishi kerak. Axillik gastritning me'da rakiga o’tib ketishi ehtimoli bo’lgani uchun bemor komplekt tekshiruvdan o’tib turishi lozim.
Me'da raki. Bu kasallik 50-70 yoshli bemorlarda ko’p uchrab, 70 yoshdan keyin kamaya boradi. Me'da raki erkaklarda ayollarga nisbatan 2-3 barobar ko’p uchraydi. Kasallarda me'da raki sekin-asta rivojlanib, metastaz holati kechroq kuzatiladi, bemor ishtahaning pasayagani va yo’qligi, epigastral sohada og’irlik va noqulaylik paydo bo’lganligi, ozib ketganliqdan shikoyat qiladi. Bemorning ozib ketishi, qonida gipoxrom anemiya mavjudligi, rentgenelogik va sitologik tekshiruvlar natijasida me'da raki aniqlanadi.
Keksalarda yurak va qon aylanishi doirasi kasalliklari ko’p uchragani sababli operativ yo’l bilan davolashga sharoit bo’lavermaydi. Konservativ davoda og’riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, qon yoki eritrositar massa quyish buyuriladi. Ovqat oson singadigan, oqsil, yog’lar va vitaminlarga boy bo’lishi kerak. Me'da rakining oldini olish uchun rakdan oldin bo’ladigan kasalliklar, xronik gastritlar, me'da polipozini davolash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |