5.Germaniya davlatining o’ziga xos boshqaruv tizimi va uning yutuqlari
GFR - parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko'ra, 16 yerdan tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn, pul birligi yevro.
RBBOM ishchi guruhining Germaniya davlatiga amalga oshirgan tashrif natijalari: birgalikdagi kurslar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish
YeMTMga Germaniyaning 25 yetakchi kompaniyalari tomonidan 2002 yilda asos solingan.Financial Timesga muvofiq, 2018 yil natijalariga ko`ra YeMTM Germaniyaning eng zo`r biznes-maktablar reytingining 2-o`rnida, Yevropada 24-o`rinda, uning EMBA va MBA dasturlari esa, tegishli ravishda, jahon reytingining 39- va 88-o`rinlarida turadi. 2015 yildan buyon amalga oshirilayotgan hamkorlik doirasida 671 kishi qatnashgan 7 sikl birgalikdagi kurslar tashkil etildi, qatnashganlardan 318 kishi Germaniya davlatida tahsil oldilar. RBBOM va Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi (YeMTM, Berlin) o`rtasidagi hamkorlik doirasida joriy yilning 13 dekabridan 20 dekabrigacha Germaniyada korporativ boshqaruv bo`yicha birgalikdagi o`quv kurslarining ikkinchi bosqichi tashkil qilindi. Joriy yilning 23 oktyabridan 2 noyabrigacha bo’lgan davrda RBBOMda tashkil qilingan kursda birinchi bosqich natijalari bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi eng yuqori bo’lgan 48 tinglovchi ishtirok etdi.Tashkil etilgan kurslar YeMTMda nazariy-amaliy mashg`ulotlardan iborat bo`ldi,jumladan, turli biznes jarayonlarni simulyatsiya qilish bo`yicha zamonaviy dasturlardan foydalanildi, shuningdek, bevosita joylarda korporativ, loyiha boshqaruvi va innovatsiyalarni boshqarishning zamonaviy uslublari va vositalarini muvaffaqiyatli ravishda qo’llab kelayotgan Germaniyaning Iqtisodiyot va energetika federal vazirligi va SAP, Detecon, Siemens gaz turbinalari,HDI ва Volkswagen kabi qator kompaniyalari faoliyati bilan tanishtirildi.YeMTM rahbariyati va vakillari bilan o`tkazilgan uchrashuvda “qo`shaloq diplom” modeli bo`yicha o`zaro magistrlik dasturlarini, jumladan, masofali texnologiyalarni tatbiq etish orqali ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish imkoniyatlari o`rganib chiqildi. Berlin texnologiya universiteti qoshidagi Aeronavtika va astronavtika instituti ECM Space Technologies kompaniyasining ta’lim bo’limi bo`lgan ECM Akademiyasi rahbariyati bilan o`tkazilgan muzokaralarda birgalikdagi, jumladan, axborot texnologiyalarini boshqarish sohasidagi kurslarni tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, IPMA etika komissiya raisi Roberto Mori (2009-2014yy. – IPMA vitse-prezidenti, prezidenti va raisi) bilan uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi menejerlarini tayyorlash va ularning professional darajalarini oshirish jarayoniga IPMAning tajribasini qo`llash imkoniyatlari hamda mazkur asotsiatsiyaga qo`shilish masalasi muhokama etildi.
Manba:http://ec.europa.eu/eurostat/web/government-finance-statistics/ excessive-deficit-procedure/edp-notification-tables
Do'stlaringiz bilan baham: |