(«Daimler-
Benz», «Wolkswagen», «Siemens», «Hoechst», «Bayer»).
Germaniya energetikasi o'z ehtiyojlarining yarmidan ko'pini import hisobiga
qondiradi. Neft va gaz asosiy ahamiyatga ega. Ko'mirning hissasi 30% ga yaqin.
Neft
tankerlarda va neft quvurlari orqali Shlmoliy dengiz, Rossiya, Afrika davlatlari
(Nigeriya, Liviya), Fors ko'rfazi davlatlaridan keltiriladi. Neftni qayta ishlash
zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan. Eng yirik markazlar —
Gamburg,
Kyoln, Karlsrue, Sbvedt
va boshqalar.
GFR da elektr energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab
chiqariladi. IES lar Rur va Saar havzalarida, port shaharlarida— ko'mirda, neftni
qayta ishlash markazlarida — mazutda ishlaydi, boshqa IES lar esa aralash
yoqflg'ida ishlaydi. Keyingi vaqtda mahalliy ko'mirga nisbatan Avstraliyadan arzon
bahoda olib kelinayotgan ko'mirning ahamiyati oshib bormoqda.
AES larda elektr quvvatining 30%i ishlab chiqariladi (ular ko'mir havzalarining
chegarasidan tashqarida qurilgan). GES lar, asosan mamlakatning janubida (tog'
daryolarida) joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |