Geosiyosat asoslari


O’rta asr mutafaakilari qarashlarida tabiat - jamiyat masalalari



Download 1,96 Mb.
bet28/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

4. O’rta asr mutafaakilari qarashlarida tabiat - jamiyat masalalari. Arab xalifaligida VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning qator shaharlarida ilm - fan, madaniyat kuchayib bordi, madaniy aloqalar avj oldi. Qadimgi Yunonistonning mashhur olimlari Aristotel, Aflotun, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabilarning merosi keng o’rganildi. Xalifalikning turli o’lkalaridan taniqli olimlar Bog’dodga keldilar, bu yerda IX asr boshida «Dor ul xikma» - Donolik uyi - ilm markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar - falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, geografiya, kimyo, falsafa kabi fanlar bo’yicha tadqiqotlar keng yo’lga qo’yildi.
Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo’lgan ko’pgina xalq va qabilalar birlashgan edi. Unga Suriya, Misr, Xuroson, Movarounnahr kabi ming yillik madaniy merosga ega bo’lgan xalqlar ham kirgandi.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga ehtiyoj tug’dirdi va shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg’or kishilari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot fanlarini chuqur o’rgandilar. Bu davrning o’z mazmuni, salmog’i, ahamiyati jixatidan Markaziy Osiyo Uygonish davri ham deyiladi. Uyg’onish davri madaniyatining o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat edi.
l. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo’lda o’tmish va qo’shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy - falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonishdan, asosiy e’tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
3. Insonni ulug’lash, uning aqliy, tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori ahloqiy marosimlar va qoidalarni takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo’yish.
4. Universallik - qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatining muxim tomonlaridan biri edi.
Shu davrda ilg’or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar-Roziy, Al Kindi, Muhammad Muso al - Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al - Xorazmiy Mafotix, Qoshg’ariy, Yusuf xos Xojib, Mirzo Ulug’bek, Navoiy kabi mashhur mutafakkirlarning roli kattadir.
Uyg’onish davri falsafasi tabiiy - ilmiy fanlar rivoji bilan uzviy bog’lanib ketgan. Chunki tabiatdagi xodisalar, inson organizmining xolatidagi o’zgarishlar sabablarini o’rganish jarayonida ijtimoiy fikrda o’rnashib qolgan olamga aqidaviy - diniy qarashlarga putur yetib, olamning ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlar ijtimoiy ongda muqim o’rin egallay boshladi.
Bu davrdagi jahonga mashhur olimlardan biri Muhammad ibn Muso al - Xorazmiy bo’lib, uning matematika, astronomiya, jo’g’rofiya, tabobat, tarixshunoslik sohasidagi nodir asarlari falsafiy fikrlar rivojiga ham katta hissa bo’lib qo’shildi. Olimning eng mashhur asarlari: «Al - jabr val muqobala», «Kitob surat al arz», «Yer surati», «Astronomik jadvallar», «Quyosh soati to’g’risida risola», «Hind hisobi haqida risola», «Usturlab qurish haqida kitob», «Zij», «Astronomik jadval», «Musiqa bo’yicha risola», «Tarix bo’yicha risola» kabi asarlari uning ilmiy tafakkuri benixoya kengligi, qomusiy alloma ekanligi, nafaqat o’z davrining, balki hamma zamonlarning eng buyuk qomusiy olimi ekanligidan dalolat berib turibdi.
Sharqda va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli xissa qo’shgan buyuk allomalardan yana biri Ahmad al - Farg’oniydir. Farg’oniyning asosan oltita kitobi butun dunyoga ma’lum va mashxur: «Kitob fi usul ilm an - nujum», ya’ni «Astronomiya ilmining usullari haqidagi kitob»; «Al - Farg’oniy jadvallari»; «Oy Yerning ustida va ostida bo’lganida vaqtni aniqlash risolasi»; «Usturlab bilan amal qilish haqidagi kitob»; «Yetti iqlim xisobi»; «Usturlab yasash haqidagi kitob».
Uning ushbu asarlarida koinot xaritasi tuzilgan, Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo’g’rofiy kengliklar to’g’risida kuzatuvlar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm - fanning yangi yo’nalishlariga asos solingan. Qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda xissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo’lib keldi.
Abu Nasr Muhammad Forobiy Sirdaryo bo’yidagi Forob qishlogida tug’ilib, o’z Vatanida va so’ngra Bog’dod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo xalqlari va butun sharqning mashhur faylasufi va olimlaridan biri edi. Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astronom, ximik, medik, psixolog, musiqa san’atining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati, fani va falsafasini egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelshunos, uning falsafasi, tabiiy - ilmiy nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni hayotligidayoq «Al muallim as-soniy» (2-ustoz), ya’ni 2-Aristotel deb faxriy nom bilan atagan edilar. Forobiy Aristotel asarlarini arab tiliga tarjima qilib, unga sharxlar yozadi, shu bilan birga l60 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy «Falsafani o’rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «She’r san’ati», «Shoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida», «Ilmlarning kelib chiqishi to’grisida», «Musiqa haqida so’z», «Ohanglar tasnifi haqida kitob», «Masalalar bulog’i», «Aql to’g’risida», «Inson a’zolari haqida risola», «Fozil shahar aholisining qarashlari», «Davlat haqida risola» kabi qimmatli asarlarini bizga meros qilib qoldirdi. Inson aqli tafakkur yordamida tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy xodisa va jarayonlar moxiyatini, ma’nosini biladi. Forobiy o’zining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va jamiyatning o’zaro munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi masalalarni nazariy jihatdan asoslashga harakat qiladi.
O’rta asr buyuk olimlaridan biri, ensiklopedist olim, geograf, geolog, astronom, matematik, filosof, tilshunos, etnograf, tabib Muhammad Ibn Ahmad Abu Rayxon Beruniy 973-yil 4-oktabrda qadimgi Xorazmning markaziy shahri Qiyotda tug’ildi. Beruniy o’z umri davomida l50 dan ortiq asar yaratdi. Shulardan eng mashhurlari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Ma’sud qonuni», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy o’z davrida tajribaviy bilimlarni puxta egallagan olimlardan bo’lib, bu uning tabiiy - ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi.
Umuman, Beruniyning tabiiy - ilmiy merosi, aniq fanlar bo’yicha ko’targan muammolari o’z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya’ni falsafiy dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Beruniy o’z astronomik jadvalida olamning markazi Yer emas, balki quyoshdir, hamma planetalar, shu jumladan Yer ham quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik gipotezani olg’a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug astronom Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan Yer ham o’zaro tortishish kuchiga ega, degan xulosaga keladi. Uning bu ilmiy taxmini XVIII asr boshida ingliz olimi Nyuton kashf etgan butun dunyo tortilish qonuni bilan ilmiy jixatdan asoslandi.
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani va Uyg’onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e’zozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari ilm-fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot, tasavvufga, 43 tasi tabobat, l9 tasi mantiq, 26 tasi esa ruxshunoslikka bag’ishlangan. Ibn Sino o’z asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatlarining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham «Shayxurrais» - «Olimlar boshlig’i» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobul insof», «Kitob al qonun fittib» kitoblaridan iborat. Ibn Sino «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5 xil ilmni-mantiq, tibbiyot, astronomiya, musiqa, iloxiyotni o’z ichiga oladi. Ibn Sino o’z zamondoshlari singari Allohni olamni yaratgan birinchi sabab hisoblaydi.
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir, u shaklini o’zgartirishi, bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tishi mumkin, lekin uning o’zi - materiya yo’qolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam to’grisida falsafiy fikrlarga ega bo’ladi. Ibn Sinoning fikricha, olamda zaruriy vujud va imkoniy vujud bor bo’lib, ularning birinchisi hech narsaga bog’liq bo’lmagan bir butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va hamma narsani biluvchi Tangridir. Ikkinchisi imkoniy vujud bo’lib, u tangridan kelib chiqadi va uni namoyon etadi. Bu kelib chiqish emanatsiya tarzida, ya’ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida mavjud bo’lgan aql, jon va jism, ular bilan bog’liq holda osmon jismlari kelib chiqadi. Bu javhar (substansiya) bo’lib, undan tashqari borliqda araz (aksidensiya), ya’ni narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xidi va boshqa xislatlari mavjud. Jism shakl va materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun bo’lgan tabiat o’z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy xodisalar sababli boglanishga ega bo’lib, ularni o’rganish mumkin.
O’rta asrlarda yashab ijod qilgan yana bir olim Abu Abdulloh al - Xorazmiy edi. Uning bizgacha yetib kelgan «Mafotix al-ulum» («Ilmlar kalitlari») asari bo’lib, unda o’rta asrlardagi fanlarning rivojlanishi va holatini ancha mukammal aks ettirgan. Muallif asarda o’z davridagi har bir fanning mazmunini, uning atamalarini sharhlash yo’li bilan tushuntirib beradi. Ushbu asarda falsafa, mantiq, tib, ilmu - nujum, musiqa va boshqa fanlarning asoslari berilgan, al - Xorazmiy o’sha davrda yuqori darajada rivojlangan fanlarni ma’lum tartibga tushirish va tasnif qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Abu Abdulloh al - Xorazmiy falsafaning nazariy qismiga tabiatshunoslik fanlarini, amaliy qismiga etika, siyosatshunoslik va boshqaruvni qo’yadi. Zaruriy borliqni xudo va uning qudrati (birinchi sabab) bilan izohlasa, imkoniyat darajasidagi borliqni moddiy olam va undagi sababli bog’lanishlar bilan izohlaydi. Materiya uning nazarida 4 unsurdan tashkil topadi va ular fazo va vaqtda mavjud bo’ladi. Harakat materiyaning atributi ekanini tan oladi. Ammo u aql, ruh, jon kabi nomoddiylik bor, deb hisoblaydi. Aqlni «faol aql», «moddiy aql» va «o’zlashtirilgan aql»ga bo’ladi.
Geografik determinizmdan bahs etib, ushbu mulohazalarni o’rtaga tashlashimizdan maqsad quyidagi fikrlarni aytishdir. Agar bugun geosiyosat yoki siyosiy geografiyadan so’z ketsa, ko’pchilik mutaxassislarimiz birdaniga g’arbdagi qaysidir davlatda qachondir yashagan olimning bu boradagi sistematik fikrlarini keltirishadi. Aytmoqchimizki, zamonaviy geosiyosat yoki siyosiy geografiya asosida turuvchi geografik determinizm borasida o’zimizda ham yetarli manbalar mavjud. Ularni G’arb dunyosi bizdan ko’ra oldinroq o’rganib bo’lishgan. Bugun esa ular yangicha ko’rinishlarda yana bizga qaytib kelmoqda.
Umuman olganda uyg’onish davri haqida gap ketganida quyidagi geografik omillarni hisobga olish zarur. Avvalambor Halifalik yagona hudud sifatida birlashtirildi; Atlantika sohilidan (Piriney yarim oroli) Qashqargacha bo’lgan hududda yagona fuqarolik o’rnatildi; yagona boj - soliq tizimi joriy etilishi turli xalqlarning erkin - emin harakatlanishini, tajriba almashishini ta’minladi; ilmiy markazlar tashkil etilib turli xalqlarning ulamolari bu markazlarga taklif etildi; yagona tilning joriy etilishi ular o’rtasida ilmiy aloqalarning yanada kuchayishini ta’minladi.

Mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar:



  1. O’zbekiston hududida tashkil topgan ilk davlatlar?

  2. Ilk shaharlarning vujudga kelishining geogroafik omillari?

  3. Buyuk ipak yili va uning ahamiyati?

  4. Markaziy Osiyo va xalqaro munosabatlar tizimi

  5. O’rta asrlar Sharqiy arab - musulmon falsafasi deyilganda qanday falsafiy qarashlar tizimi tushuniladi?

  6. O’rta asr Sharq arab - musulmon falsafasiga qanday hususiyatlar xos?

  7. Ilk uyg’onish davri va uning tabiiy - ilmiy asoslari?


Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish