Geosiyosat asoslari


l839 yilgi Buyuk Britaniya – Afg’oniston urushi



Download 1,96 Mb.
bet36/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

4. l839 yilgi Buyuk Britaniya – Afg’oniston urushi. Inglizlar Hindistonda XVII asr boshlarida paydo bo’lishgan edi. Buyuk Britaniyaning “Ost - Indiya” kampaniyasi Hindiston bilan olib boriladigan savdo munosabatlarini o’z qo’liga olgan edi. Bu savdo tashkiloti vaqt o’tishi bilan faqatgina savdo tashkiloti bo’lib qolmasdan, balki Buyuk Britaniyaning markaziy va janubiy osiyodagi olib boradigan siyosiy - diplomatik va harbiy harakatlarida muhim, hal qiluvchi instrument vazifasini ham o’tab boshladi. XVIII asr oxiriga kelib Hindistonni egallash deyarlik yakunlandi. Bu paytda ruslarning Kavkazda va O’rta Osiyodagi harakatlari kuchayib bordi. l7l7-yilda Bekovich - Cherkasskiy boshchiligidagi rus ekaspeditsiyasi taqdiri fojeali tugagan bo’lsada, rus elchilarining kirib kelishlariga chek qo’ymadi. l722-l723 yillarda rus qo’shinining Eron qilgan harbiy yurishlarini ba’zi tadqiqotchilar “Katta o’yin” siyosatining boshlanishi deb ta’riflashadi. Negaki bu jangda fors qo’shinlariga ingliz harbiy maslahatchilari yaqindan yordam berishadi. l796 yilda rus imperatori Yekaterina II (l762-l796) vafot etadi. Taxtga o’g’li Pavel I (l796-l80l) o’tiradi. U onasining olib olib borgan ichki va tashqi siyosatini yoqtirmas edi. Shuningdek saroydan Yekaterina davrida yig’ilgan aslzodalarni haydab boshladi. Rossiya tashqi siyosatida keskin burilish boshlab sharqqa yurish boshladi. Fransuz imperatori Napoleon Bonapart bilan kelishib hindga birgalikda rus - fransuz qo’shinlarini yuborishga qaror qiladi. O’z navbatida hindga katta qo’shin jo’natiladi. Faqatgina Pavel o’ldirilishi natijasida bu reja amalga oshmay qoldi.
l8l2-l8l3 yillardagi rus - eron urushlarida ham fors qo’shinlariga ingliz instruktorlari katta yordam berishgan. Bu urush Guliston va Turkmanchoy bitimlarining imzolanishi bilan yakuniga yetdi.

SAVE ME FWIM MV FRIENDS


“Meni do’stlarimdan xalos eting”. “Katta o’yin” davri karikaturasi. Afg’on amiri Sher Ali Rossiya (ayiq) va Buyuk Britaniya (sher) o’rtasida.
l837-yilda Afg’onistonga rus elchisi poruchik Vitkevich keladi. U afg’on amiri Do’st Muhammad qabulida bo’ladi. O’zaro muzokarolar natijasida Rossiya manfaatlariga xizmat qiladigan shartnoma imzolashga erishadi. Lekin Buyuk Britaniyaning talabi bilan Rossiya Vitkevichni Afg’onistondan chaqirib olishga majbur bo’ladi. O’rtada imzolangan shartnoma o’z kuchini yo’qotadi. Vitkevichdan bir yil oldin maxsus missiya bilan Afg’onistonga ingliz elchisi agent Byorns kelgan edi. Inglizlar l838-yilda faol jangovar harbiy harakatlarni boshlab yuborishdi. Afg’onlarning uyushmaganligi, armiyaning harbiy - texnik qoloqligi inglizlarga qo’l keldi. Ingliz qo’shini tezda mamlakat ichkarisiga chuqur kirib bordi. Mamlakat poytaxti bosib olindi. Rossiyaparast amir Do’st Muhammad taxtdan ag’darib tashlandi. Afg’on taxtiga inglizlar o’z “odami” qo’yishdi. Ingliz okkupatsiyasi uch yil davom etdi. Lekin l84l-yilda mamlakatda yana taxt to’ntarish amalga oshirildi. Inglizlar mamlakatdan haydab chiqarildi. Agent Byorns o’ldirildi. Bir yil o’tgach Buxoroda amir Nasrullo tomonidan ingliz agenti Konolli o’ldirildi. Bu ingliz elchiligining yakunidan darak berardi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish