Geosiyosat asoslari


Mavzuni tustahkamlash yuzasidan savollar



Download 1,96 Mb.
bet25/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Mavzuni tustahkamlash yuzasidan savollar:

  1. Ikkinchi jahon urushi Yevropa davlatlari mavqeiga ta’siri qanday bo’ldi?

  2. Nega Yevropani birlashtirish g’oyasi ob’yektiv zaruriyatga aylandi?

  3. Sh. de Gol va Gollizm haqida nima bilasiz?

  4. Atlantizm. Rimland va Xartlend nazariyasidan regional geosiyosatga o’tishda

  5. Lakostom ta’limoti qanday rol o’ynadi?

  6. Atlantizm va mondializm g’oyalarining mohiyati nimada?

  7. Mondializm nima?



6-Mavzu: Turkiston hududida vujudga kelgan dastlabki geosiyosiy bilimlar va harakatlar
Reja:

  1. O’zbekiston hududidagi qadimiy davlatlar.

  2. Buyuk Ipak yo’li va Sharq va G’arb o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojidagi ahamiyati.

  3. Xorazm, Qang’ davlatlari. Dovon - Xitoy munosabatlari.

  4. O’rta asr mutafakkirlari qarashlarida tabiat - jamiyat masalalari.

Tayanch tushunchalar: Xorazm, Baqtriya, Buyuk ipak yo’li, Dovon, Ellinlashtirish, Uyg’onish davri, universallik - qomusiylik, birinchi sabab, materiya va shakl birligi, tabiiy - ilmiy, ahloqiy - falsafiy, ma’naviyat, ma’rifat, Turon
l. O’zbekiston hududidagi qadimiy davlatlar. Geosiyosat, geosiyosiy xarakterdagi hatti - harakatlar jamiyatda birdaniga paydo bo’lgan emas. Albatta, tarixiy jihatdan uning ham o’z genezisi bor. Tadrijiy asosda ko’radigan bo’lsak, geosiyosatning fan sifatidagi evolyusiyasi quyidagi ko’rinishga ega: geografiya - siyosat-siyosiy geografiya-geosiyosat. Chunki yuqorida aytganimizdek, geosiyosat tushunchasining yuzaga kelishi jamiyat hayotidagi geografik omillarni o’rganish bilan bog’liq. Albatta, bunday yondashuvda jamiyatdagi narsa va hodisalar ayri - ayri holatda aks etmagan. Balki ularga deterministik kayfiyatdan kelib chiqib munosabat bildirilgan. Geografik determinizm-geografik asosda jamiyatdagi barcha voqea va hodisalarning o’zaro aloqadorligini, ularning sababiy bog’lanishi haqidagi ta’limot.
Geografiya, siyosiy geografiya va geosiyosat fan sifatida har birining o’ziga xos ob’yekti va predmeti bo’lsada ular o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud. Ana shu bog’liqlik ularning jamiyatni, unda kechayotgan jarayonlarni determinizm orqali idrok etishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, siyosiy geografiya uchun geografiya (geografik omillar) qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, geosiyosat uchun ham siyosiy geografiya shunday ahamiyatga molik. Negaki har bir davlatning geografiyasini chuqur bilish, uning tashqi siyosatini tushunish imkonini beradi. Aniqroq aytsak, geosiyosat o’ziga xos yo’nalishdagi uslubiy asoslarga ega bo’lsada, uning genezisi siyosiy geografiya qa’riga borib taqaladi.
Geosiyosat nazariyasidan bahs etib geografik determinizmga to’xtalishimizning boisi geosiyosatning nazariy manbalari, prinsiplari yoki kategoriyalari nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham deterministik shukuh bilan hamnafas. Geografik determinizm geosiyosat nazariyasining muhim bir manbasidir. Shuningdek, u dunyoni bilishga nisbatan insoniyat tafakkurining qadimiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Tarix va insoniyat turmush tarziga geografik muhitning ta’sir etishi borasidagi g’oyalarning shakllanishi qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» da zardushtiylikning Vatani - Aryanem Voychax (Xorazm), Bahdi (Baqtriya), Mouru (Marg’iyona), Gava (Sug’diyona) shaharlari nomma - nom zikr etilgan va ularning geografik joylashuvi haqida qimmatli mulohazalar berilgan. Agar zardushtiylik dinining eramizdan oldingi VIII - VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida yuzaga kelganligini e’tiborga olsak, bizning ajdodlarimiz ham o’zlarining turmushlarida geografik determinizm elementlariga alohida munosabatda bo’lganligiga amin bo’lamiz.
Yozma manbalarda guvohlik berilishicha, miloddan avvalgi VIII - VI asrlarda O’zbekiston hududida so’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashashgan. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So’g’diyona deb atalgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o’troq dehqon elatlari xorazmliklar bo’lgan. Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi, Afg’onistonning Shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan.
Xorazm, So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti o’sha vaqtda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik edi. Agar ushbu davlatlarning joylashgan o’rniga e’tibor beradigan bo’lsak barchasida geografik omillar birlamchi asos talab etgan: daryo bo’ylarida, jilg’alar bo’ylab, tog’oldi vohalarida va shu kabilar.
Miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati Markaziy Osiyo hududida Qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg’iyona, So’g’diyona Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’sirida bo’lgan. Shuning uchun u qadimda bir - biriga qarindosh bo’lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta’sirida bo’lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on va Afrosiyob o’rnida Baqtriya va So’g’dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O’zbekiston hududida eng qadimgilari bo’lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas.
Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo’lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri bo’lgan. U qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan aholisi turli xil uy-qo’rg’onlarda va qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo - sotiq yuksak darajada rivojlangan.
Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. Shaharlarda savdo - sotiq rivojlangan. Xorazmliklar mohir quruvchi, hunarmand va dehqon bo’lganlar.
Shunday qilib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda O’zbekiston hududida ilk temir asriga o’tish boshlangan. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo’lgan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o’rnatilgan. Qadimgi davrda O’zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.
Miloddan avvalgi VI asr o’rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo’lgan Ahamoniylar tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya barpo etishga kirishadi. Kir II Markaziy Osiyoni bosib olishga harakat qilgan ilk fors hukmdori hisoblanadi. Old Osiyodan boshlangan ulkan saltanatni boshqarishda ular satraplik tizimi joriy qilishadi. Markaziy Osiyo esa o’z navbatida uchta satraplikka bo’linadi. Keyinchalik bu hududda Makedoniyalik Aleksandr o’z hukmronligini o’rnatadi. Bu intilishlardan maqsad shuki Markaziy Osiyo, Old Osiyo, Shimoliy Afrika, Yunon - Rimni Sharqdagi Xitoy va Hind bilan bog’lagan.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish