Geosiyosat asoslari


Mavzuni tustahkamlash yuzasidan savollar



Download 1,96 Mb.
bet17/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Mavzuni tustahkamlash yuzasidan savollar:

  1. Geosiyosiy davrlarni aniqlang?

  2. F.Ratselning «Siyosiy geografiya» asarida davlat va borliq masalalari.

  3. R.Chellen «Geosiyosat asoslari» atamasining asoschisi sifatida xizmati?

  4. Chillen siyosatshunoslik qaysi boblarini ishlab chiqdi?

  5. Davlatning asosiy fizik - geografik belgilarini aniqlang?

  6. X.Makinder tomonidan jahon siyosiy tarixining original va inqilobiy g’oyasining ishlab chiqilishi- «Tarixning geografik o’zagi».

  7. Spiyekmen davlat qudratini belgilovchi qaysi omillarni ishlab chiqdi?

  8. Xartlend va rimlend atamalarini izohlang?

4-mavzu: Geosiyosiy oqimlar va maktablar.


Reja:

  1. Rossiyadagi geosiyosiy davrlar va geosiyosiy jarayonlar rivoji.

  2. Messianlik, g’arbchilik, slavyanofil harakatlari va ularning geosiyosiy xususiyatlari

  3. Petr Savitskiyning geosiyosiy konsepsiyasi.

  4. Evrosiyo harakatining shakllanishi va tarqalishi.

Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Geosiyosiy makon, messianlik harakati, g’arbchilik harakati, slavyanofilchilik harakati, ekosiyosat, demosiyosat, kichik yarim oy, katta yarim oy, demografik omillar.
l. Rossiyadagi geosiyosiy davrlar va geosiyosiy jarayonlar rivoji. Rossiya ulkan hududga ega. U bir tomondan G’arbiy Yevropaga, ikkinchi tomondan Osiyo davlatlariga, cheksiz Sibir o’rmonlariga tutashib ketadi. Unda rang - barang xalqlar, turli madaniyat vakillari, din vakillari yashab kelgan. G’arbiy Yevropada geosiyosiy jarayonlar rivojida ba’zi tadqiqotlarda antik dunyo davri alohida ko’rsatiladi. Bu davrda oldiniga Yunon davlati, keyinchalik Rim davlati oykumenada hal etuvchi rol o’ynab kelgan. Ular tomonidan yaratilgan sivilizatsiya ularga qo’shni xalqlar jumladan slavyanlarning yuksalishiga ham muhim ta’sir etgan.
Ikkinchi bir geosiyosiy davr sifatida Vizantiya davri e’tirof etiladi. Vizantiya madaniyati slavyanlarning ijtimoiy hayotiga muhim ta’sir ko’rsatdi. Ushbu aloqalar ta’sirida mamlakat xristianlikni qabul qildi. Yevropa ijtimoiy - siyosiy hayotida faollasha boshladi.
Rus davlatchiligi taraqqiyotida Kiyev Rusi geosiyosiy davri muhim ahamiyat kasb etdi. 882-yilda knyaz Oleg tomonidan Novgogrod va Kiyev birlashtirildi. Bu davlatning tashkil etilishi bilan qator geostrategik vazifalar o’z yechimini topadi: shimoliy, janubiy, sharqiy slavyanlar alohida davlatga birlashtirildi; davlatning hududi kengayib aholisi oshib bordi; Yevropaning ilg’or davlatlari bilan munosabatlar yo’lga qo’yildi va shu kabilar. Kiyev Rusi Yevropaning alohida tarkibiy qismi sifatida faol savdo, madaniy hamkorlikni olib bordi.
XIII asrning 20 - yillaridan Rusga mo’g’ul - tatarlar hujumi boshlandi. l240 - yilda Kiyev bosib olindi. Ushbu voqeadan keyin Rusda Oltin O’rda davri boshlandi va u o’z ichiga l240- yildan XV asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni oldi. Bu davrdagi asosiy geosiyosiy vazifalar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: aholi omonligini asrash; aholining etnik o’ziga xosligini asrash; xristian dini qadriyatlarini asrash; milliy davlatchilik institutlarini saqlab qolish; milliy mustaqillik uchun kurash olib borish; mustaqil tashqi siyosatni yo’lga qo’yish va sh.k.
Rus yerlarini qayta birlashtirishda, mustaqillikni qo’lga kiritishda asosiy muhim bo’g’inni Moskva knyazligi o’ynadi. Va shu davrdan Buyuk Moskva knyazligi davri boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligi mustahkamlanib bordi, hududi ancha kengaydi. G’arbiy Sibir qo’shib olindi, keyinchalik Sharqiy Sibir qo’shildi. Rossiya sharqda tinch okeani sohillariga chiqdi.
Navbatdagi geosiyosiy davr l682 - yildan Pyotr I podshiligi bilan boshlandi. O’tkazilgan qator islohotlar, olib borilgan g’olibona urushlar Rossiyaning mavqeini oshirdi. Mamlakat shimolda Boltiq bo’ylarini qo’lga kiritdi. Rus harbiy flotiga asos solindi. Pyotr I (l682 - l725), Yekaterina II (l762 - l796), Aleksandr I (l80l - l825), Nikolay I (l825 - l855), Aleksandr II (l855 - l88l) hukmronligi davrlari muhim geosiyosiy ahamiyat kasb etdi. Napoleon boshchiligidagi fransuz imperiyasini tor-mor etishda, Vena kongressidan keyin Yevropada yangicha tartibot tashkil etishda Rossiya faol ishtirok etdi. Nikolay I davrida Eron va Usmoniylar imperiyasi bilan olib borilgan urushlar oxir - oqibatda Yevropa davlatlari bilan urush harakatlarini keltirib chiqardi. Mamlakat izolyatsiya holatiga tushib Qrim urushida (l853-l856) mag’lub bo’ldi. Birinchi jahon urushi Rus imperiyasi uchun oxirgi jang bo’ldi.
Beshinchi geosiyosiy davr - Sovet davri (l9l7-l99l) hisoblanadi. Xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni e’tirof qilish mumkin: urushda xonavayron bo’lgan sanoatni tiklash; qishloq ho’jaligini jamoalashtirish; mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash; jahon inqilobi, kommunizm bayrog’i ostida ekspansiya olib borish, fashizm ustidan g’alaba; Sharqiy Yevropaning ozod etilgan davlatlarida kommunistik rejimlarni barpo etish; Varshava Shartnomasi tashkilotining barpo etilishi; Afg’oniston urushi va shu kabilar.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish