Geosiyosat asoslari


Faoliyatli (harakatiy) uslub



Download 1,96 Mb.
bet13/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Faoliyatli (harakatiy) uslub. Mazkur uslubdan foydalanish geosiyosat ob’yekt va predmetida turgan muammoli vaziyatning umumiy tavsifi hamda uning harakatlanishi bilan bog’liq tomonlarni o’rganishda qo’l keladi. Geosiyosiy jihatdan u kechayotgan jarayonlarni harakatdagi kuch sifatida biladi. Shuning uchun ham muammo dinamikasini bosqichlarga bo’lib o’rganishni afzal ko’radi. Jumladan, muammolar dinamikasini tahlil etishda harakatdagi kuchlarning maqsadlarini aniqlash va qarorlar qabul qilishga; qabul qilingan rejalarni amaliyotga tadbiq etishga; faoliyatni boshqarib turishga; amaliyotda qo’yilgan maqsadlarni doimo hisobga olib turishga; olingan natijalarni tahlil qilishga va o’z navbatida yangi maqsad va vazifalarni ishlab chiqishga katta e’tibor beradi.
Geosiyosatda harakatiy uslub siyosiy qarorlar qabul qilishning muhim uslubigina emas, balki nazariy asosi bo’lib ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, geosiyosiy kuchlarning meyoriy faoliyati ularning qanchalik o’z harakatlarini real voqelik bilan uyg’unlashtira olganliklari bilan bog’liq.
Funksional uslub. Ijtimoiy - siyosiy fanlarda funksional uslub jamiyat barcha doiralarining o’zaro aloqadorligini tadqiq etadi. Geosiyosatda esa ko’proq davlatlarning iqtisodiy - siyosiy, harbiy, madaniy munosabatlarini, urbanizatsiya darajasi va aholining zichligini, ijtimoiy guruhlar va institutlarning siyosiy faolligi va boshqa shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Funksional uslub siyosiy hodisalar yoki geosiyosiy jarayonlarni o’rganishda diniy dogmatik yoki axloqiy qadriyatlarga asoslanib qolishni yoqlamaydi. Balki muammolarda ularning tashqi muhit bilan bog’lanishi, izchilligi va nechog’li real hayot bilan uyg’unlashganligini tahlil etishning zarurligiga katta e’tibor beradi.
Funksional uslub jamiyat, davlat, davlatlar ittifoqlariga murakkab tuzilmalar sifatida qaraydi va ularning har biri mavjud tuzumda o’ziga xos funksiyalarni bajaradi. Shuningdek, funksional uslub jamiyat va davlatdagi siyosiy institutlar - xalqaro tashkilotlar, davlatlar uyushmasi, davlatlar, partiyalar, siyosiy harakatlar va boshqa ijtimoiy guruhlarning faoliyatini ham o’rganadi.
Ijtimoiy - siyosiy fanlarga funksional uslubni italyan mutafakkiri, tarixchi va davlat arbobi Nikollo Makiavelli (l469 - l527) olib kirgan va u o’z asarlarida mazkur uslubni keng qo’llagan.
Ba’zi tadqiqotchilar geosiyosat fanining uslublari qatoriga institutsional, antropologik, mantiqiy va empirik uslublarini ham qo’shishadi. Bizningcha, geosiyosatda mazkur uslublar tuzilishi va muammolarni tadqiq etish ko’lami jihatidan funksional uslub doirasiga kiradi.



Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish