Geosiyosat asoslari


Prognoz qilish funksiyasi



Download 1,96 Mb.
bet9/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Prognoz qilish funksiyasi. Geosiyosatning prognoz qilish funksiyasi bevosita gnoseologik funksiya asosida olingan natijalari asosida shakllanadi. Chunki insoniyatning ertangi kuniga dahldor har bir muammo xususida bashorat qilish uchun o’sha muammoni yuz berishi bilan bog’liq jihatlar obdon o’rganilmog’i lozim. Ob’yektda turgan masalaning qanchalik chuqur o’rganilganlik darajasi tadqiqotchi uchun tegishli xulosalarni chiqarish hamda uning kelajakdagi kechmishi haqida ham muayyan prognozlarni aytish imkonini beradi. Prognoz qilish funksiyasining ahamiyati qachonki olib borilayotgan geosiyosiy tadqiqotlar quyidagi jihatlarni o’zida namoyon etsagina bo’ladi, ya’ni:
- muammoga nisbatan bildirilgan fikr - mulohazalarning qanchalik darajada ilmiy tomondan isbotlanganligi bilan;
- bildirilgan sharhlarning xalqlar, davlat va mintaqalarning geosiyosiy turmushiga qanchalik darajada o’zgarishlarni olib kelishi bilan;
- bashoratlarning yaqin yoki uzoq muddatga mo’ljallanganligi bilan;
- bashoratning ob’yektivligi va h.
Prognoz qilish - siyosiy jarayonlarning rivoji va ko’rinishlari, ular amalga oshishining muqobil yo’llari va muddatlari haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, ularning o’sha voqeliklar sharoitida amalga oshishi uchun aniq tavsiyalarni berish demakdir.
Prognoz qilish funksiyasi bir qator tamoyillarga asoslanadi, ya’ni batartiblik, muvofiqlik, uzluksizlik, muqobillik va rentabellik. Tabiiyki, ushbu prinsiplar jamiyatning iqtisodiy - siyosiy, ijtimoiy - siyosiy, siyosiy - mafkuraviy va harbiy - siyosiy doiralarini o’rganishda qo’l kelishi mumkin.
Bundan tashqari, amaliy jihatdan geosiyosatning prognoz qilish funksiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
- mavjud ijtimoiy - siyosiy vaziyatni tahlil qilish;
- olingan ma’lumotlarni o’rganish, tahlil etish;
- tayanch andazalarni ishlab chiqish;
- qidiruv modellarini tanlash;
- qiyosiy taqqoslash;
- tahlilning aniqligi va ishonchliligini baholash;
Borliqdagi geosiyosiy jarayonlar kelajagi va ularning qay ko’rinishda rivojlanishini oldindan prognoz qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, prognoz qilish funksiyasi tadqiqotchilar nigohidan chetda qolayotgani yo’q. Balki unga qiziqishning ortishi orqasida geosiyosiy tadqiqotlarni o’rganish va tahlil qilish mazmun va ma’no jihatidan takomillashib bormoqda.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish