Geosiyosat asoslari



Download 1,96 Mb.
bet7/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

Geosiyosiy mintaqa - geostrategik mintaqaning bir qismi. U siyosiy, iqtisodiy, madaniy, savdo va boshqa aloqalar uchun qulay imkoniyatlarga va istiqbollarga ega bo’lganligi bilan ajralib turadi. Masalan, Janubiy - Sharqiy Osiyo, Yevropa, Xitoy va b.
Geostrategik mintaqa - o’zining geografik joylashuvi, turmush tarzi, xarakteri, savdo va madaniy - mafkuraviy aloqalarining yo’nalishi bilan qo’shni yirik xorijiy davlatlar tashqi siyosatida munosabatlar o’rnatish uchun ustuvor yo’nalishda ko’rilayotgan makon. Shuningdek, geostrategik mintaqa - bu davlat yoki chegaradosh davlatlar (mintaqa) hududlari ham bo’lishi mumkin. Uning geostrategik ahamiyati muhim transkommunikatsion yo’llarga tutashganligida b o’ladi. Dengizga chiqishga qulay hududda joylashganlikda va boshqa shu kabi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin.
Siyosiy borliq - bu geosiyosatning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Davlat geosiyosatning markaziy tushunchalaridan biri hisoblansa, siyosiy borliq davlatning siyosiy holati va hayotiy mazmunini ko’rsatib beruvchi muhim omildir. Siyosiy borliq davlat turmush tarzini ko’rsatib turuvchi dastlabki nishona ham hisoblanadi. Shuning uchun geosiyosatda davlatlar o’rtasidagi borlig’iy (makoniy) munosabatlarga katta e’tibor beriladi. Chunki borliq tushunchasi geosiyosat nazariyasining asosini tashkil etadi.
Har qanday davlatning siyosiy borlig’i chegaralangan, ya’ni u muayyan chegaralar doirasida bo’ladi. Chegara esa davlat xavfsizligini ta’minlovchi, siyosiy borliqni ko’rsatib turuvchi geosiyosiy funksiyani bajaradi. Siyosiy borliqda chegaraning bajaradigan funksiyalari: a) siyosiy; b) suverenitetni himoya qilish; v)harbiy - strategik bo’lishi mumkin; d) fuqarolik, soliqlar, boj va shu kabilar. Geosiyosatda chegara muammosiga ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki qachon borliq uzra nazorat boshlansa siyosiy borliqlar chegarasi buziladi. Yoki biror kuchning borliq uzra nazoratni o’rnatishi, siyosiy borliqlar chegaralarini inkor etish, buzish evaziga bo’lishi mumkin.
Milliy manfaat. Manfaatga muayyan guruhlarga moddiy va ma’naviy tomondan foyda keltiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Biroq geosiyosatda milliy manfaat tushunchasi kengroq ma’noda - xalqlar, davlatlar manfaatlaridan kelib chiqib talqin etiladi. Bizningcha, milliy manfaatning geosiyosiy tus olishi avvalo o’sha davlatda olib borilayotgan ichki siyosatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi asosiy vazifalar va maqsadlardan boshlanadi. Negaki, har bir davlat aniq bir tarixiy sharoit, taraqqiyot va barqarorlik manfaatlari, milliy - tarixiy xususiyati va qadriyatlaridan kelib chiqib, uzoq va yaqin kelajakda amalga oshirilishi zarur bo’lgan asosiy vazifalari va maqsadlarini belgilaydi. Masalan, bugungi kunda O’zbekistonning oldida turgan asosiy ustuvor masalalar - jamiyatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan erkinlashtirish; jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish; xalq turmush darajasini oshirish; iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarga erishish; barqarorlik, tinchlik, totuvlik va davlatimiz hududining daxlsizligini ta’minlash va b. hisoblanadi. Ushbu vazifa va maqsadlar davlatimiz milliy manfaatlari tizimida o’z aksini topgan.
Har bir davlatning milliy manfaatlari evolyutsiyasi oxir oqibat jahon siyosati bilan bog’lanadi. Shuning uchun ham jahon siyosati asosida nafaqat manfaat tushunchasi turadi, balki har bir milliy manfaatlar amaliyoti jahon siyosatini harakatga keltiradi. Shu tariqa davlatlarning o’z manfaatlariga erishish yo’lidagi harakatlari, unga intilishi jahonda muayyan kuchlar muvozanatini yuzaga keltiradi. Ana shu bosqichda geosiyosatning manfaat kategoriyasi kuchlar muvozanati kategoriyasi bilan amaliy jihatdan o’zaro tutashadi.
Aytish joizki, geosiyosatning mohiyatiga va fanning tuzilishiga ko’ra mavjud bo’lgan kategoriyalari, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o’rganish muhim ahamiyatga egadir.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish