Geosiyosat asoslari


Petr Savitskiyning geosiyosiy konsepsiyasi



Download 1,96 Mb.
bet19/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

3. Petr Savitskiyning geosiyosiy konsepsiyasi. Petr Nikolayevich Savitskiy l895 - yilda dunyoga kelgan. Birinchi rus geosiyosatchisi. V.Vernadskiy va P.Struvelarning o’quvchisi bo’lgan. P.Savitskiy dunyoqarashining takomillashib borishida slavyanofilchilik (A.S.Xomyakov, aka - uka Kireyevskiylar, Aksakovlar, Y.F.Samarin) harakati vakillarining ta’siri katta bo’lgan. l9l6 - l9l7 - yillarda Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasida xizmat qilgan. Fuqarolar urushi davrida general Vrangel shtabida tashqi ishlar qo’mitasini boshqargan. Mag’lubiyatga uchrashgach oldin Bolgariyada, keyin Chexoslovakiyada yashagan. l92l- yildan knyaz N.Trubetskiy bilan hamkorlikda ekvroosiyochilik harakatini boshqargan.
l945 - yil sovet qo’shinlari Pragani egallagach P.Savitskiy ham shu yerda hibsga olinib l0 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. P.Savitskiy qamoqxonada N.Gumilevning o’g’li Lev Gumilev bilan tanishadi. Ular o’rtasida nafaqat do’stona munosabat, balki ijodiy almashinuv ham bo’lgan. Kichik Gumilev P.Savitskiyga shogird bo’ladi. Bilamizki, keyinchalik L.Gumilev taniqli rus etnografi va tarixchisi bo’lib yetishadi.
l956-yilda P.Savitskiy oqlanadi. U SSSR dan Pragaga qaytadi va o’sha yerda umrining qolgan o’n ikki yilini yashaydi. l968 yil esa olamdan o’tadi.
Mashhur asarlari: «Dasht va o’troqlik» (l922), «Rossiya - Yevrosiyoning geografik tahlili» (l926), «Yevrosiyoning geografik va geosiyosiy asoslari» (l933).
P.Savitskiy geosiyosiy qarashlarida Rossiyaning geografik joylashuviga katta e’tibor berilgan. Tadqiqotchining fikricha, Rossiya jahon siyosiy xaritasida joylashuvi jihatidan sivilizatsion shaklga ega. Davlat nafaqat geografik qulay makonda joylashgan, balki uning hududlari jahon geosiyosiy maydonida «o’rtaliq» makonni tashkil etadi.
P.Savitskiy l933-yilda yozgan «Yevrosiyoning geografik va geosiyosiy asoslari» nomli maqolasini quyidagicha boshlagan, ya’ni «Yevrosiyoda Rossiya Xitoyga nisbatan keng imkoniyatlarga ega. Chunki Rossiya «o’rtaliq davlat»dir»52
To’g’ri, klassik geosiyosatda «o’rtaliq» davlat sifatida Germaniya qayd qilingan. Biroq, P.Savitskiy Germaniyani Yevrosiyoga nisbatan «o’rtaliq» davlat sifatida tan olmaydi. Faqat u Germaniyani G’arbiy Yevropa mintaqasining markazi deb biladi. Chunki Yevropa Yevrosiyo emas, balki Yevropa Yevrosiyoning «g’arbiy burni» xolos. Rossiya esa Yevrosiyo borlig’ining butun markaziy va tarkibiy qismini tashkil etadi.
P.Savitskiy Rossiyaga milliy davlat sifatida qaramaydi. U Rossiyaga geosiyosiy omillardan kelib chiqib munosabat bildiradi va uni birinchi navbatda geosiyosiy kuch deb biladi. Rossiya oriy-slavyan madaniyati, turk ko’chmanchilik va pravoslav an’analarini mujassamlashtirgan o’ziga xos sivilizatsiya ekanligini va mazkur madaniyatlar «o’rtaliq» makonda jahon tarixining sintezi sifatida shakllanganligini ta’kidlaydi.
P.Savitskiy tarixan rus madaniyatining takomillashishi va rivojlanishini «imperiyaga aylangan sharqiy slavyanlar»ning harakatlari bilangina bog’lamaydi. Uningcha, rus davlatchilik madaniyatining rivoji slavyan va turk madaniyatining o’zaro munosabatga kirishuvi davriga bog’liq (XIII - XV asrlar). Bu jihatdan uning Turon konsepsiyasiga to’xtalmoq o’rinlidir.
To’g’ri, Turonga geosiyosiy makon sifatida va ijobiy jihatdan yondashgan ko’plab tadqiqotchilar rus millatchilarining tanqidiga duch kelishgan. Chunki aynan Turon geosiyosiy makoni orqali mo’g’ul - tatarlar Rossiyaga unutib bo’lmaydigan darajada zulm berishgan. P.Savitskiy mo’g’ul - tatarlarning o’z davlatini bo’ysindirganligini mohirona ma’qullaydi va unchalik tanqidchilar nigohiga tushmaydi. Chunki «Rossiya mo’g’ul - tatarlarning kelishi bilan kelajakdagi geosiyosiy erkinligini va ruhiy mustaqilligini roman - german agressorlaridan saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’ldi». Bundan xulosa qilish mumkinki, agar mo’g’ul - tatarlar Rossiya yerlarini bosib olmaganda vaqti kelib ham Rossiya buyuk imperiyaga aylana olmas edi. Ya’ni P.Savitskiy tatarlar bosqinchiligining davriyligi oldindan ma’lum bo’lganligiga ishora qilmoqda. Turk dunyosiga nisbatan bunday munosabat tadqiqotchiga Rossiyaning Yevropa makoniga mansub emasligi va ruslarning o’ziga xos etnik tarkib ekanligini ilmiy doiraga olib chiqishga imkon berdi. Shuning uchun ham P.Savitskiy chiqishlarida makonga nisbatan umumiy Yevrosiyo deb emas (garchi u yevrosiyochilar oqimiga mansub bo’lsada), balki Rossiya - Yevrosiyo qabilida mulohazalarini bildirgan.
P.Savitskiy o’zining «Dasht va o’troqlik» nomli mashhur maqolasida yevrosiyochilar uchun nazariy asos bo’lgan «Yevrosiyoda tatarlarsiz (turklarsiz) buyuk Rossiya davlati bo’lmas edi», - degan geosiyosiy formulasini o’rtaga tashlagan.
Mazkur maqolada yana quyidagi jumlalar ham bor, ya’ni: «Rossiya Osiyoni birlashtirishga erishgan Chingizxondan to Temurgacha bo’lgan Buyuk Xonlar vorisidir... Bunda bir vaqtning o’zida tarixiy «o’troqlik» va «dashtlar» munosabatlari mujassamlashgan».
Turon (forscha so’z, ya’ni turkiylar demakdir) - turkiy qavmga mansub xalqlar yashaydigan geografik makonni bildiradigan ijtimoiy, tarixiy - etnik atama.
Turon hududan faqat geografik emas, geografik - tarixiy talqinga ega. Turon hududi Tinch okeanidan O’rta yer dengizidagi Egey - Adreatikagacha, Shimoliy muz okeanidan Tibet, Himoloy tog’larigacha, shimoliy Hindistondan Onado’ligacha (Turkiya) bo’lgan kengliklarni, u yerlarda yashovchi turkiy xalqlarni birlashtiradi.
Agar slavyanofillar rus landshaftini geografik jihatdan o’rmon va dashtga bo’lishgan bo’lsa, P.Savitskiy Rossiya - Yevrosiyoning geosiyosiy mohiyatidan kelib chiqib makonni Yevropa o’rmonlari va Osiyo dashtlariga bo’ladi. Rossiyaga esa o’sha geosiyosiy makonlarning sintezi sifatida qaraydi.
Albatta, geografik jihatdan Turon Rossiya - Yevrosiyoga mos kelmaydi. Rossiya - Yevrosiyoning ko’lami keng. Biroq P.Savitskiy ana shu kenglik Turon orqali yuzaga kelganligini ta’kidlaydi, xolos. Bu tomondan Rossiyaga Yevropada ba’zan «mo’g’ul ruhini tashuvchi» «varvarlar» sifatida qarashadi. Vaholanki, bunday qarashlar «Yevrosiyoni o’z izmiga ololmay kelayotgan» /arbning - talassokratiya kuchlarining o’z manfaatlari yo’lida bildirgan sub’yektiv qarashlaridan boshqa narsa emas.
P.Savitskiy ijodining tarkibiy qismi yana bir konsepsiya - «rivojlanish o’chog’i» konsepsiyasi bilan bog’liq. «Rivojlanish o’chog’i» F.Ratsel «siyosiy geografiyasi»da sharhlangan «Raum» - «borliq» tushunchasi bilan mohiyatan to’g’ri keladi. Bunda nemis «organitsistik» maktabiga mos keluvchi hamda aglosakson geosiyosatchilarining voqealarni faqat tashqi bog’lanish va izchilligiga qarab tasvirlovchi qarashlari - pragmatizmiga zid bo’lgan yevrosiyochilarning «organitsistik» kayfiyatlari o’z ifodasini topgan.
«Rivojlanish o’chog’i» - bu Rossiya - Yevrosiyo. Makonda ijtimoiy - siyosiy muhit va uning hududidagi geografik geografik individuum (landshaftlar) o’zaro uyg’unlashgan. «Rivojlanish o’chog’i»ning yuksalishiga nafaqat geografik, balki u bilan barobarida etnik, tarixiy, xo’jalikka va boshqa ko’rinishlarga ega bo’lgan asoslar mavjud. Bu jihatdan «Rivojlanish o’chog’i»ni yaxlit «Grossraum» sifatida emas, ko’plab mayda «raum»lardan tashkil topganligini aytmoq lozim.
P.Savitskiy geosiyosiy qarashlarida «Yevrosiyo», «Turon», «Rivojlanish o’chog’i» nazariyalaridan tashqari, «ideokratiya» prinsipi ham alohida o’ringa ega. Ideokratiya ham boshqa geosiyosiy dasturlar singari «kuch» tushunchasini o’zida mujassam etadi. Masalan, geosiyosatda davlat yoki xalqaro tashkilotlarni umumiy qilib «kuch» deb atashimiz mumkin. Ideokratiya bunga qarama - qarshi qo’yilgan emas.
P.Savitskiyning ideokratiya nazariyasi kuch - davlatdagi siyosiy tuzilishga bag’ishlangan. Ideokratiya shunday prinsipki, unda davlat boshqaruvida pragmatik yondashuv yoki moddiy va tijorat omillari asosiy o’rin egallamasligi kerak. Chunki har bir davlatda «geografik shaxs»lar mavjud. «Geografik shaxslar» - bu o’sha davlat fuqarolari, davlatning tabiiy resurslari, davlatdagi ishlab chiqarish korxona va xo’jaliklari va b. Geografik makondagi «geografik shaxslar» jamiyat moddiy ehtiyojlarini ta’minlab beradi.
Biroq ideokratiya geosiyosiy prinsip sifatida bir tomonlama xarakterga ega. Chunki u nomaterialistik dalil - isbotlarga asoslanib qolmasdan, boshqaruvning nodemokratik va noliberal jihatlarini ham o’zida mujassam etgan.
Umuman P.Savitskiy qarashlari Rossiya - Yevrosiyo g’oyasini ilgari surganligi yoki Rossiyani «taraqqiyot o’zagi» sifatida tavsiflagani uchun emas, xalqaro miqyosda amaliy tijorat munosabatlarini ham ma’qullamaganligi bilan X.Makkinder, A.Mexen, N.Spikmen va boshqa klassik geosiyosatshunoslar tafakkuriga qarama - qarshidir. Shunday qilib, rus yevrosiyochilari tarixan mafkuraviy ko’rinishda davom etib kelayotgan Dengiz va Quruqlik o’rtasidagi aloqalar tizimiga yana bir bor aniqlik kiritdi. Ya’ni Dengiz - bu liberal demokratiya, «savdo aloqalari tizimi» va pragmatizm. Quruqlik esa - bu ideokratiya (turli ko’rinish va holatlar), «iyerarxik boshqaruv», diniy g’oyalar ustuvorligidir.
P.Savitskiy garchi rus yevrosiyochisi, boshqalardan o’ta farqli tarzda geosiyosiy mushohadalarni o’rtaga tashlagan bo’lsada, uning geosiyosat faniga qo’shgan hissasi katta. Biroq uning geosiyosati A.Mexen, X.Makkinder, N.Spikmen va boshqa g’arb tadqiqotchilari qarashlariga zid tursada, «talassokratiya» avlodlari P.Savitskiy g’oyalariga o’z munosabatlarini hanuzgacha bildirgani yo’q. Biz ham rus tadqiqotchisi o’rtaga tashlagan g’oyalarning barchasiga qo’shila olmaymiz. Faqat uning Turon konsepsiyasini o’rtaga tashlagani va xolisona uni tadqiq etgani biz uchun katta ahamiyatga molikdir.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish