Geosiyosat asoslari


Geosiyosatning funksiyalari



Download 1,96 Mb.
bet8/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

3. Geosiyosatning funksiyalari. Geosiyosat fan sifatida jamiyat hayotini, unda kechayotgan turli mazmundagi geosiyosiy jarayonlarni tahlil etadi, tegishli taklif - xulosalar beradi, bir so’z bilan aytganda ushbu jarayonlar bilan bevosita bog’langandir. U real hayotdagi voqea - hodisalar va jarayonlarning o’zaro aloqadorligini va ularning bir - biriga bog’liqligini ifodalovchi qonuniyatlarni o’ziga qamrab olgan. Shuningdek, geosiyosat borliqdagi jarayonlarni o’zida aks ettiribgina qolmay, ularga bog’liq tarzda jamiyatda muayyan funksiyalarni ham bajaradi. Odatda geosiyosatning asosiy funksiyalari qator adabiyotlarda quyidagicha tahlil etiladi:
- gnoseologik funksiya;
- prognoz qilish funksiyasi;
- boshqaruv funksiyasi;
- mafkuraviy funksiya;
- skeptitsizm funksiyasi.
To’g’ri, qayd qilingan funksiyalar boshqa ijtimoiy - siyosiy fanlarga ham xos bo’lishi mumkin. Biroq mazkur funksiyalar geosiyosat fanida o’ziga xos izchillika, mantiqiylikka, afzalliklarga ega.
Gnoseologik funksiyasi. Gnoseologiya - bilish nazariyasi, bilish haqidagi fan demakdir. Bilish nazariyasi borliqni, uning aniq bir holatlari, manbalari va shakllarini o’rganishga qaratilgandir. Aniqroq aytadigan bo’lsak, gnoseologik funksiya davlatlar va xalqlarning geosiyosiy joylashuvi, turmush tarzi hamda ular hayotining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish bilan bog’liq. Dunyoning mafkuraviy manzarasini, xalqaro munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini, bu jarayonning asosiy ishtirokchilarini, ularning tub manfaatlarini, shuningdek bu manfaatlarni amalga oshirishga asoslangan hatti- harakatlarni, insoniyat rivojining bugungi darajasi va istiqbollarini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Va olingan natijalar, xulosalar har bir davlatning istiqboldagi rejalarida o’z aksini topadi. Albatta, gnoseologik funksiya amaliyotida geosiyosatning davlatlar va xalqlar turmushini o’rganishda qo’llaydigan bir qator uslublari - taqqoslash, ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish), empirik (tajriba qilish) va shular singari uslublarining o’rni kattadir.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish