Geosiyosat asoslari



Download 1,96 Mb.
bet5/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja
Nazorat savollari:

  1. “Geosiyosat asoslari” fan va siyosiy amliyot sifatida qanday xususiyatlarga ega?

  2. “Geosiyosat asoslari” ning fan sifatida shakllanishi qaysi davrga to’g’ri keladi?

  3. “Geosiyosat asoslari” tushunchasi va uning asosiy aspektlari?

  4. “Geosiyosat asoslari” ning asosiy manbalari?

  5. Geosiyosatning aktorlari nima?



2-Mavzu: “Geosiyosat asoslari”ning kategoriyalari, qonunlari, metodlari va funksiyalari

Reja:


  1. Geosiyosatning asosiy qonunlari

  2. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari

  3. Geosiyosatning asosiy metodlari
  4. Geosiyosatning asosiy funksiyalari


Mavzuga doir tayanch tushunchalar: siyosiy tarix, siyosiy geografiya, gesiyosiy makon, siyosatshunoslik, geosiyosiy manfaat, milliy manfaat, geostrategiya, Geosiyosat tushunchalari, geografik makon, endemik maydon, chegaraoldi maydon, chorraha maydon, total maydon, metapole, geosiyosiy munosabatlar va kuchlar balansi
l. Geosiyosatning asosiy qonunlari. Barcha fanlar singari geosiyosat fanining ham o’ziga xos kategoriyalari, metodlari va qonuniyatlari mavjud. Geosiyosat ijtimoiy, siyosiy, geografik, demografik, harbiy va boshqa tizimlarning shakllanish, amal qilish, rivojlanish xususiyatlarini, qonuniyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotchilar geosiyosatning asosiy qonuniyatlari haqida gap borganida asosiy e’tiborni geografik dualizm qonuniga qaratishadi. Odatda ushbu qonun tabiatning geografik tuzilishi va sivilizatsiyaning tarixiy shakllarida namoyon bo’ladi. Ko’pgina geosiyosatchilar quruqlikdagi kuch - qudratni (tellurokratiya) dengizdagi kuch - qudratga (talassokratiya) qarama - qarshi qo’yishadi. Bu holatlar Qadimgi Sparta, Qadimgi Rim, Qadimgi Afina va Karfagen misolida namoyon bo’ladi. Osiyo davlatlarini bir - biri bilan bog’laydigan muhim bo’g’ozlar kamligi, borlar ham kashf etilmaganligi sabab dengizdagi kuch - qudratga kam e’tibor qaratildi. Oddiygina misol ilk saltanatga asos solgan ahamoniylar vakili Doro I (mil.av. 522 - 486) Afinaga dengizda bas kela olmadi. Kushon, Turk hoqonligi, Somoniylar, Temuriylar haqida gap ketganida talassokratiya xususida bir nima deb bo’lmaydi. Geosiyosat asoschilari jumladan A.Mexen, X.Makkinder fikricha dualizm dastlab tarixiy - madaniy sivilizatsiyalar o’rtasida dushmanlik adovatlarini, turli - xil ziddiyatlarni, o’ziga xosliklarni keltirib chiqardi. Tellurokratiyaga xos bo’lgan xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo’ladi: aniq belgilangan chegara, ma’lum makon, aholi turmush tarzi, rivojlanishning o’ziga xos yo’nalishlari, barcha amal qilishi shart bo’lgan ahloqiy va huquqiy normalar, aholi toifalari, etnoslar, irqlar, davlat va saltanatlar. Bu qat’iylik ushbu makonda ahloqiy va qonununiy normalarni belgilab beradi. Talassokratiya esa dengiz savdosi ham bo’lib texnik progressga tayanadi. Individualizm kayfiyatiga, boylik orttirishga, tadbirkorlikka keng e’tibor qaratiladi. Ahloqiy, huquqiy normalar nisbiylik kasb etib ekstrimal shart - sharoitlarda yashash ko’nikmalariga keng e’tibor beriladi. Natijada ahloqiy, madaniy qadriyatlar tez o’zgaradi, yoki oldinga intilish, boylik orttirish yo’lida harakat qilish, kashfiyotlarga e’tibor kabi harakatlar soyada qolib ketadi.
Uzoq yillar davomida tarixiy taraqqiyot davomida Qadimgi Rim, Afina, Sparta savdo, hunarmandchilikning rivoji natijasida dengizda ham hukmron mavqega ega bo’la boshlashdi. Mehnat taqsimoti, dengiz savdosining o’sishi bois dengizda hukmronlikni qo’lga kiritish uchun kurash boshlandi. Ushbu holat natijasida geosiyosatning ikkinchi qonuni- makon omilining kuchayish qonuni kelib chiqadi. Bu omil buyuk geografik kashfiyotlardan keyin ayniqsa ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi. XX asrga kelib o’zining yuksak darajasiga erishdi.
Shuningdek geosiyosiy jarayonlarning, uning tahlili bilan bog’liq bilimlarning muhim ahamiyat kasb etib rivojlanib borishida manfaatlarning doimiyligi va dinamik xarakteri o’ziga xos o’rin tutadi. Isnoniyat paydo bo’libdiki o’zining tub manfaatlarini amalga oshirishga, turmushini farovonlashtirishga intiladi. Isnoniyat o’zining qaysidir ehtiyojini turli ixtirolar hisobiga qondirmasin, uning ehtiyojlari turli kashfiyotlar yuz bergani sari yanada murakkablashib, ko’payib bormoqda: stanoklar, divigatellar, avtomobil, poyezd, aviatsiya, kopyuter, internet va shu kabilar. Lekin bu kashfiyotlarning keyingi rivoji qator tabiiy zahiralarni talab etadi. Ona zaminning tabiiy imkoniyatlari insoniyatning ehtiyojlaridan farqli ravishda chegaralangan. Maxatma Gandi afsus bilan aytadiki agar Britaniyaga o’z farovon turmush tarzini barpo etish uchun sayyoramizdagi zahiralarning yarmi ketgan ekan, unda Hindistonning farovonligini Britaniya darajasida ta’minlashga qancha sayyora zarur bo’ladi5.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish