YEVROPA
KENGASHI
|
1949 yil 5 mayda tashkilot nizomiga imzo qo‘yilgan. 1949 yil
3 avgustda kuchga kirgan. Dastlab uning a’zolari 10 ta edi. Hozir 47 ta. Tashkilotning asosiy maqsadi - a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquq sohalarida qaror topgan munosabatlarni yuksaltirish, inson haq - huquqlari, erkinliklariga annal qilishini ta’minlash va shu kabilar. Faoliyatining asosiy tamoyili - demokratiya, inson huquqlari va erkinliklari, qonun ustuvorligi. Boshqaruv organlari:
Yevropa davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi; Yevropa
|
|
parlamenti assambleyasi; Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa
sudi; Yevropa Kengashi sekretariati. Rahbarlik organi Yevropa davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi. Kengashga rahbarlik har olti oyda alifbodagi harflar ketma - ketligida almashib turadi. Kengashga a’zo davlatlar parlament vakillaridan Yevropa parlamenti assambleyasi tashkil etilgan. U maslahat organi hisoblanadi. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi inson huquqlariga annal qilinishini, qabul qilingan konvensilar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
|
YUNESKO
|
YUNESKO (UNESCO — The United Nations
Educational, Scientific and Cultural Organization) — BMT qoshidagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari boyicha maxsus tashkilot. YuNESKO 1945 yil 16 noyabrda tashkil etilgan. Tashkilotning shtab - kvartirasi Parijda joylashgan. BMT ga a’zo mamlakatlarning deyarli barchasi YuNESKO a’zosi hisoblanadi. YuNESKO ning asosiy maqsad - vazifalari quyidagilardan iborat: davlatlarning ta’1im, fan va madaniyat sohasidagi hamkorligini kuchaytirish orqali jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash; insonning irqi, tili, dini, jinsidan qat’iy nazar uning asosiy erkinliklari va huquqlarini hurmat qilish; qonuniylikni va adolatni qaror toptirish; savodsizlikka qarshi kurash; milliy - ma’naviy meroslami o‘rganish; fan va ta’lim muammolari bilan shug‘u11anish; milliy kadrlar tayyorlash va sh.k.
|
YUNISEF
|
BMT qoshidagi bolalar fondi, xalqaro tashkilot (ing. United
Nations Children's Fund - UNICEF). BMT Bosh Assambleyasining qarori bilan 1946 yil 11 dekabrda ikkinchi jahon urushida azob chekkan, jarohatlangan bolalarga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Balalar fondi vaqtinchalik muddatga tashkil etilgan edi. 1953 yilga kelib YUNISEF ning annal qilish muddati, vazifalari o‘zgardi: bolalar o‘lmini kamaytirish; onala o‘limini kamaytirish; bolalar salosatligi, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash; balalarga boshlang‘ich ta’lim berish va shu kabilar. YuNISEF ning bosh organi Ijro Kengashi bo‘lib BMT Iqtisodiy
masalalar Kengashi tomonidan 3 yilga saylanadi. Tashkilotning shtab - kvartirasi Nyu - Yorkda joylashgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |