DEMARKATSIYA
|
Davlatlar o‘rtasidagi chegarani qonunchilik asosida o‘rnatish.
|
DISSIDENTLAR
|
Muvofiq bo‘lmagan, boshqacha fıkrlovchi. Davlat ichki va
tashqi siyosatida davlat nuqtai nazarini yoqlamaydigan, hukmron g‘oyaga qo‘shilmaydigan fuqarolar
|
DOKTRINA
|
Lotincha ta’limot, davlatning ichki va tashki siyosati
yo‘nalishini belgilovchi tub qarash va qoidalar tizimi.
|
ENDEMIK MAYDON
|
Uzoq vaqtlardan beri ma’1um bir milliy guruh tomonidan
nazorat qilib kelinayotgan borliq bo‘lib, o‘sha borliqning aynan shu jamoaga tegishli ekanligini boshqa milliy jamoalar tomonidan tan olinishini nazarda tutadi. Ba’zan endemik maydon davlatlarning chegaralarini inkor etadi va boshqa geosiyosiy maydonlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
|
EVROPA ITTIFOQI
|
1991 yil dekabrda Maastrixt bitimlari asosida tuzilgan bo‘lib
bugungi kunda 28 ta mamlakatni birlashtiruvchi tashkilot. Unda bir tomondan xalqaro tashkilot, ikkinchi tomondan davlat belgilari uchrasada rasmiy ravishda har ikkalasi ham e’tirof etilmaydi. Yel xalqaro huquqning sub’yekti hisoblanmasada xalqaro munosabatlarni belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Lekin Yel ning shakllanishi 2-jahon urushidan keyin Yevropa davlatlari oldida turgan turli sohalardagi muammolarni birgalikda xa1 etishdan boshlandi. 1951 yilda 6 ta davlat- Frantsiya, Italiya, GFR, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg ko‘mir va po‘lat boyicha Yevropa uyushmasini (EKPB) tashkil etishdi. Bu Yevropa integratsiyasi yo‘lidagi birinchi qadam edi. YeKPB 1957 yildan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati deb nom oldi. Maastrixt bitimlari imzolangach yagona valyuta, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish, Yevropa komissiyasini tuzishga kelishib olindi. 1993 yil 1 noyabrdan YeI nomini oldi. 1999 yildan yagona valyuta yevroga (naqdsiz hisob) o‘tildi. Rasmiy tili 24 ta. Ma’muriy markazlar: Bryussel, Strasburg, Lyuksemburg, Gaaga, Frankfurt-na-Mayn, rahbar-davlat 2009 yil 1 yanvardan Chexiya. Umumiy maydoni 4 892 685 km2 ga teng bo‘lib
unda 506.820 min aholi yashaydi. YaIM 16.1 trillion dollarga teng.
|
FANATIZM
|
Fanatizm (frants. ibodat) - muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri
ekanligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni,
|
|
o‘zgacha qarash va g‘oya1arga murosasiz munosabatni
ifodalovchi qarashlar va hatti - harakatlar tizimidir. U avvalo insonning hissiyotidan, biror-bir narsaga o‘ta beriluvchanligidan kelib chiqadi.
|
FUNDAMENTALIZM
|
So‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, asos, poydevor
ma’nosini bildiradi. Fundamentalizm barcha dinlarga hos bo‘lib, unda dinning asli qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolishga harakat qilinadi. Fundamentalizm — ya’ni aqidaparastlik — ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va shu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning qarashlaridir. Diniy fundamentalizm — din aqidalarini so‘zma
- so‘z talqiniga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qoyadigan, muayyan din, shu jumladan islom dini e’tiqodi shakllanishining bosh1ang‘ich ya’ni Muhammad alayhi vassalam davrlarida belgilangan barcha yo‘1-yo‘riqlarning qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan tushunchadir.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |