SHARTNOMA № ________
Ushbu shartnoma Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv malakaviy, ishlab chiqarish va Bitiruv oldi amaliyotini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizom, O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq Guliston davlat universiteti (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi deb yuritiladi) nomidan amaldagi Nizom asosida ish yuritib, rektor M.T. Xodjiev bir tomondan va amaliyot o‘tash uchun joy beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekti (tashkilot) ________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________
nomidan xo‘jalik yurituvchi sub’ekti rahbari ____________________________ ikkinchi tomondan Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv malakaviy, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotini samarali tashkil qilish, o‘zaro xamkorlik aloqalarini yanada mustaxkamlash, mutaxassis-kadrlar salohiyatidan unumli foydalanish, zamonaviy fan-texnika yangiliklari hamda innovatsion faoliyat yutuqlarini amaliyotga joriy etish, uzluksiz ta’lim tizimida talabalar tomonidan iqtisodiy, moliyaviy va buxgalteriya sohasidagi o‘zlashtirilgan bilimlarini mustaxkamlash, iqtisodiy sohada ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarining o‘zlashtirilishini ta’minlash, kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish xamkorligi asosida tuzildi.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
I. BUYURTMACHINING MAJBURIYATLARI:
O‘quv malakaviy, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyoti rahbarini tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilar safidan tayinlaydi.
Talabalarning o‘quv malakaviy, ishlab chiqarish amaliyotini me’yoriy xujjatlar asosida tashkil etadi va amaliyot manziliga zarur xujjatlarni takdim etadi.
Amaliyotchi talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari, zarur o‘quv-metodik mazmundagi materiallar bilan ta’minlaydi.
Talabalar amaliyotining belgilangan tartibda o‘tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini o‘z zimmasiga oladi.
Talabalarning o‘quv malakaviy, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyoti jarayonida uzluksiz ishtirok etishlari va o‘z vaktida amaliyot o‘tkazish joyida bo‘lishlarini ta’minlaydi.
O‘quv malakaviy, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyoti ob’ektidan amaliyot jarayoniga jalb etilgan o‘qituvchi va rahbar xodimlarga amaldagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq ish xaqi to‘laydi.
II. IJROCHINING MAJBURIYATLARI:
Amaliyot dasturiga muvofiq amaliyotchi talabalarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning keng ko‘lamli moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etadi, moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, me’yoriy xujjatlar. iqtisodiy axborot manbalari, tashkilot doirasidagi ilg‘or ish tajribalarini urganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Talabalarning amaliyotida tashkilotning yukori malakali. ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarni to‘la o‘zlashtirgan, katta ish tajribasiga ega mutaxassis-kadrlar safidan amaliyot rahbarlarini tayinlaydi.
Amaliyotchi talabalarning malakaviy amaliyotini samarali o‘tashlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyat bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malaka xosil qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi va amaliyot xujjatlarini yuritish uchun zarur ish xonasi bilan ta’minlaydi.
Talabalarning amaliyot ob’ektlarida mavjud adabiyotlar, yillik moliyaviy xisobotlar, kompyuter texnologiyasi va boshqa xujjatlardan amaliyot jarayonida foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Amaliyotchi talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlab borishlari jarayonida uslubiy yordam ko‘rsatadi va ularni ilmiy izlanuvchilik. tadqiqotchilik, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy turdagi faoliyatlarga jalb qiladi.
Amaliyotchi talabalarni xayot faoliyati xavfsizligi koidalari bilan tanishtiradi, zarur bo‘lgan xollarda talabalarni mexnatning xavfsiz usullariga o‘rgatadi hamda tegishli xujjatlarni rasmiylashtiradi hamda amaliyot jarayonida baxtsiz xodisa yuz bergan xolda to‘la javobgarlikni oladi.
Amaliyotchi talabalarning amaliyot ob’ektida joriy kilingan ichki mexnat tartib- qoidalariga rioya qilishlarini talab qiladi va ijrosini nazorat qiladi. Ichki mexnat intizomini buzgan (sababsiz 3 kundan ortiq ishtirok etmagan) amaliyotchi talabalarga amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug‘i bilan jazo choralari kuriladi va bu xaqda oliy talim muassasasi rektoriga xabar beriladi.
III. SHARTNOMANING AMAL QILINISHI VA UNI BEKOR QILISH TARTIBI
Shartnoma xamkorlik qiluvchi tomonlarning shartnomani imzolagan paytidan boshlab kuchga kiradi. Shartnoma 2022 yil 25-apreldan 2022 yil 30 maygacha bo‘lgan muddat ichida kuchda bo‘lib, tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan o‘zgartirilishi va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Shartnomani bekor qilish tomonlarning tashabbusi yoki o‘zaro roziligi bilan bekor qilinishi mumkin. Bu quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. Tomonlardan birining shartnomani bekor qilinishi bo‘yicha bir oy oldin bergan bildirishnomasi asosida.
2. Amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa hollarda.
Shartnomani bajarish jarayonida nizolar kelib chiqqanda yoki shartnoma qoidalariga amal qilmaslik holatlari yuz berganda mavjud holat amaldagi qonunlarga muvofiq xal etiladi.
_______________________________
(amaliyot o‘tiladigan tashkilot nomi)
______________________________________ fakultet dekani M.Latipov
______________________________________
______________________________________ kaf. mudiri: G`.Berdiyev
Tashkilot rahbar:
TOMONLARNING MANZILLARI:
Sirdaryo viloyati Guliston shaxri
4-mavze
Tel: 25 -02-75
Tel: Faks: 25-0-42
Faks:
Do'stlaringiz bilan baham: |