Kolumbgacha bo‘lgan davr. Yirik davlatlar shakllangandan to XV asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr. Bu davrda Jahon oroli chegara hududlarida istiqomat qiluvchi xalqlar markaziy hududlarda yashovchi xalqlarning doimo bosib olishlari tahdidi ostida yashaganlar. Masalan, rimliklar. Ular uchun tahdid manbasi hamisha nemislar, xunlar, alanlar, parfıyaliklar va boshqalar bo‘lib kelishgan.
Kolumb davri. XV asr oxiridan XX asr boshigacha bo‘lgan davr. Bu davrda
«ichki yarim oy»ga mansub davlatlar (qirg‘oqbo‘yi hududlari) hech qanday to‘siqlarga uchramasdan Yer sharining boshqa hududlaridagi davlatlarni o‘zlariga qaram qilishga urinishgan. Mustamlakachilik siyosatlari orqasida metropoliya va koloniyalar shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |