Geosiyosat asoslari



Download 310,59 Kb.
bet39/97
Sana30.12.2021
Hajmi310,59 Kb.
#90397
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
geosiyosat asoslari uslubiy qollanma toshkent - (2)

Kolumbdan keyingi davr. Bu davrda bosib olinmagan yoki egallanmagan hududlar qolmagan. Mavjud sivilizatsiyalar turmush tarzi takomillashib borishi va ular o‘rtasida to‘qnashuv1ar. Ya’ni to‘qnashuvlar asosida yer munosabatlari, undan foydalanish va shu kabilar muhim vosita hisoblanadi'.

Uning nazarida, Yevrosiyoning qirg‘oq bo‘yidagi xalqlar hayoti XIX asr oxirlariga kelib susayadi. Xalqlar hayotidagi susayish o‘rnini esa mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar turmush tarzining yuksalganligi bilan izohlaydi.

X.Makkinder I - jahon urushidan keyin 1919 - yil e’lon qilgan «Demokratik ideallar va reallik» asarida geosiyosiy qarashlarini yanada takomillashtiradi. Ikkinchi esseda Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalarini "jahon oroli", Yevrosiyoning XVI asrdan beri yevropaliklar nazoratida bo‘lgan qirg‘oqbo‘yi hududlariga nisbatan "jahon orolining burunlari" degan geografik atamalarni qo‘11agan. Shu bilan birgalikda Yevrosiyoning "markazi" atamasi o‘rniga u "Heartland"-"Asosiy o‘lka" tushunchasini ilgari surgan.2




Shu o‘rinda aytish joizki, "Heartland" nazariyasi 1904 - yil X.Makkinder tomonidan «Tarixning geografik o‘zagi»" asarida ishlab chiqilgan. Biroq olim bu asarida «xartlend» atamasini qo‘1lamagan. «Xartlend» atamasi 1915 - yil ingliz

1 http://know1edge.allbest.ru/political/d36 0.html

2 ffyeuu . CHOBSI reononııTHKH. ıı3,£[-BO " pxTares". M. 1997. c.44

geografi J.Feygriv tomonidan ilmiy doiraga kiritilgan. X.Makkinder asarlarini

o‗rganish asnosida D.Feygrivda aynan shunday g‗oya tug‗ilgan.

"Asosiy o‗lka" geografik jihatdan juda katta kenglik bo‗lib, Shimoliy Muz okeanidan to Osiyoga yo‗nalgan hududlarni, Germaniya va butun G‗arbiy va Shimoliy Yevropadan sharqqa Tinch okeanigacha bo‗lgan makonni qamrab oladi. Bundan tashqari, olim yana bir yangi yondashuv - Adriatikadan (Venetsiyadan sharqda) to Shimoliy dengiz (sharqiy Niderlandiya)ga vertikal chizma tortib Yevropani ikkiga - Xartlend va Kauslend (qirg‗oq bo‗yi yerlari)ga bo‗ladi. Sharqiy Yevropa esa bu ikki kenglik o‗rtasida nobarqaror hudud sifatida namoyon bo‗ladi.1

X.Makkinder shular asosida Sharqiy Yevropaning jahon siyosatini nazorat qilish uchun kurashlardagi o‗rniga e‘tibor berib quyidagi asosiy xulosaga keladi, ya‘ni: "Kim Sharqiy Yevropani nazorat qilsa, butun "Heartland"ga hokimlik qiladi. Agar kim "Heartland"ni boshqarsa, butun Jahon oroliga hokimlik qiladi. Bundan kelib chiqadiki, kim jahon orolini boshqarsa, butun dunyoga hokimlik qiladi".2

X.Makkinder ilgari surgan g‗oya shundan iborat ediki, vaqti kelib jahon siyosati va tarixida Yevrosiyoning ichki kengliklari asosiy o‗rinni egallaydi hamda dunyoga hokimlik qilishga da‘vogar davlat albatta o‗sha kengliklarni ham o‗z izmiga olishi lozim. Shundagina uning strategik maqsadlari amaliyotda vojib bo‗ladi.

X.Makkinder uchun "Heartland" - bu Rossiya va Germaniya, ularning ashaddiy dushmani esa Buyuk BritaniY. E.A.Pozdnyakov ta‘kidlaganidek, konsepsiya "Heartlend"da kuchlarning birlashishiga imkon bermasdan, kuchsiziga yordam berish hisobiga uni kuchliga ro‗baro‗ qilishni yoqlaydi.3 Shunday ekan, ingliz professorining fikricha, dunyo hamisha ikki tomonga yo‗naltirilgan yoki o‗sha tomonlarni ma‘qullovchi qutblarga bo‗lingan. Jahonda an‘anaviy qonuniyatga tayanib asosiy kuch markazlari o‗zgarib turishi mumkin, ammo jahon davlatchiligi amaliyotida konflikt va konfrantatsiyalar doimiy bo‗lib qolaveradi.

X.Makkinder ilgari surgan g‗oyalar o‗tgan yuz yil maboynida vaziyatdan kelib chiqib, ba‘zi bir davlatlar tashqi siyosatining olib borilishida ma‘lum darajada qo‗l kelgan bo‗lsa, ba‘zilar tomonidan faqat nazariy fikrlar sifatida qaraldi.

Shunday qilib Makinder o‗z asarlaridagi tadqiqotlar natijasida quyidagi konseptual g‗oyalarni ilgari suradi:


  1. Geografik omillar bevosita tarixiy jarayonlarning rivojiga, yo‗nalishiga o‗z ta‘siri doimo o‗tkazib boradi;

  2. Har bir davlatning zaif yoki kuchli bo‗lishi u joylashgan geografik makonning xususiyatlaridan kelib chiqadi;




1 Lacoste Y. Questions de la Geopolitique. – Paris. 1988 // Цыганков П.А. Международные отношения. изд-во "Новая школа". М. 1996. с.158

2 Поздняков Э.А. Философия политики. Ч.2. М. 1994. с.246

3 Поздняков Э.А. Концепция геополитики // Геополитика: теория и практика. М. 1993. с.30

  1. Texnik progress davlatning geografik joylashviga o‘z ta’sirini o‘tkazib uning qudratiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin;

  2. Yevrosiyo — global siyosiy jarayonlar markizidir.

Dunyoning geosiyosiy xaritasi Makinder fikricha uchta asosiy qismlardan iborat bo‘ladi:

  • Pivot Area — asosiy o‘lka. Kaspiy va Oro1 dengizi havzalaridan Shimoliy muz okeani qirg‘oqlarigacha bo‘1gan hududlar;

  • Outer Crescent — tashqi yarim oy davlatlari. Unga AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya hududlari kiradi;

  • Inner Crescent — ichki yarim oy. U o‘z ichiga Xitoy, Janubiy - sharqiy Osiyo va Hindistonni oladi'.

Oradan qancha vaqt o‘tmasin Makindeming o‘ziga xos ta’1imoti o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Uning qarashlari qator geosiyosatchilami, amaliyotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.


Download 310,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish