Geometrik optika va fotometriya


Mustaqil yechish uchun masalalar



Download 0,64 Mb.
bet15/68
Sana30.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#195882
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
Amaliyot sirtqi-2 sem-4

Mustaqil yechish uchun masalalar

65. Yung tazhribasida qalinligi 2 sm shisha plastinka interferensiyalanayotgan nurlardan birining yo’liga perpendikulyar joylashtirilgan. Bunday turli jinslilik tufayli yurish farqining o’zgarishi 1 mkm dan oshib ketmasligi uchun plastinkaning turli joylarida sindirish ko’rsatkichining qiymati bir-birlaridan qanchalik farq qilishi mumkin?

66. Vertikal joylashgan sovun pardasi suyuqlikning oqishi tufayli pona hosil qiladi. Simob yoyining (λ =5461 Å) qaytgan yorug’ligidagi interferensiya yo’llarini kuzatar ekanmiz, beshta yo’l o’rtasidagi masofa 2sm ga baravar ekanligini topamiz. Pona burchagi sekund hisobida topilsin. Yorug’lik parda sirtiga perpendikulyar tushadi. Sovunli suvning sindirish ko’rsatkichi 1,33.

67. Vertikal joylashgan sovun pardasi pona hosil qiladi. Interferensiya qaytgan yorug’likda qizil shisha (λ = 6,31·10-5 sm) orqali kuzatilmoqda. Bunda qo’shni qizil yo’llar o’rtasidagi masofa 3 mm ga teng. So’ngra shu parda ko’k shisha (λ=4·10-5 sm) orqali kuzatiladi. Qo’shni ko’k yo’llar o’rtasidagi masofa topilsin. O’lchash vaqtida pardaning qalinligi o’zgarmaydi va yorug’lik pardaga normal tushadi deb hisoblansin.

68. Shisha ponaga yorug’lik dastasi (λ = 6,31·10-7 m) normal tushadi. Pona burchagi 20". Pona uzunlik birligiga nechta qora interferensiya yo’llari to’g’ri keladi? Shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,5.

69. Nyuton xalqalarini hosil qiladigan qurilma monoxromatik yorug’lik bilan yoritilmoqda. Kuzatish qaytgan yorug’likda olib borilmoqda. Ikki qo’shni qora halqalarning radiuslari mos holda 4,0 mm va 4,38 mm. Linzaning egrilik radiusi 6,4 m. Halqalarning tartib nomerlari va tushayotgan yorurlikiing to’lqin uzunligi topilsin.

70. Nyuton halqasi yassi shisha bilan egrilik radiusi 8,6 m bo’lgan linza o’rtasida hosil qilingan. Monoxromatik yorug’lik normal tushadi. Markaziy qorong’i halqani nolinchi deb hisoblab, to’rtinchi qorong’i halqaning diametri 9 mm ga tengligi aniqlangan. Tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligi topilsin. 16.16. Beshinchi va yigirma beshinchi yorug’ Nyuton halqalari o’rtasidagi masofa 9mm ga teng. Linzaniig egrilik radiusi 15 m. Qurilmaga normal tushayotgan mopoxromatik yorug’likning to’lqin uzunligi topilsin. Kuzatish qaytgan yorug’likda olib boriladi.

71. Agar ikkinchi va yigirmanchi qorong’i Nyuton halqalari o’rtasidagi masofa 4,8 mm bo’lsa, uchinchi va o’n oltinchi qorong’I halqalar o’rtasidagi masofa qanchaga teng? Kuzatish qaytgan yorug’likda olib boriladi.

72. Nyuton halqalarini hosil qiladigan qurilma simob yoyining normal tushayotgan yorug’ligi bilan yoritiladi. Kuzatish o’tuvchi yorug’likda olib boriladi. λ = 5,791·10-7 m ga muvofiq keluvchi qaysi navbatdagi yorug’ halqa λ = 5,770·10-7 m chizig’iga muvofiq keluvchi keyingi yorug’ halqa bilan mos keladi?

73. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilmada linza bilan shisha plastinka o’rtasidagi bo’shliq suyuqlik bilan to’ldirilgan. Agar uchinchi yorug’ halqa radiusi 3,65 mm ga teng bo’lib chiqsa, suyuklikning sindirish ko’rsatkichi apiqlansin. Kuzatish o’tuvchi yorug’likda olib boriladi. Linzaning egrilik radiusi 10 m. Yorug’likning to’lqin uzunligi 5,89∙10-5 sm.

74. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilma to’lqin uzunligi 0,6 mkm bo’lgan normal tushayotgan monoxromatik yorug’lik bilan yoritilmoqda. Qaytgan yorug’likda to’rtinchi qorong’i halqa kuzatiladigan joydagi linza bilan shisha plastinka o’rtasidagi havo qatlamining qalinligi topilsin.

75.Yorug’lik nuri shisha (n=1,5) idishga quyilgan suyuqlikdan o’tib, uning tubidan qaytadi. Qaytgan nur idish tubiga 42°37' burchak bilan tushayotganida batamom qutblanadi. 1) Suyuqlikning sindirish ko’rsatkichini toping, 2) to’la ichki qaytish sodir bo’lishi uchun mazkur suyuklikdan o’tuvchi yoruglik nuri idish tubiga qanday burchak bilan tushishi kerak?

76. Bo’shliqdagi tulqin uzunligi 5890A bo’lgan yassi qutblangan yorug’lik dastasi island shpati plastinkasiniig optik o’qiga perpendikulyar ravishda tushadi. Agar oddiy va murakkab nurlar uchun island shpatining sindirish ko’rsatkichi n0=1,66 va ne=1,49 bo’lsa, kristalldagi oddiy va murakkab nurlarning tulqin uzunliklari topilsin.

77. Polyarizator va analizator orqali o’tgan tabiiy yorug’likning intensivligi to’rt marta kamayishi uchun polyarizator bilan analizatorning bosh tekisliklari o’rtasidagi burchak nimaga teng? Yorug’likning yutilishi hisobga olinmasin.

78. Tabiiy yorug’lik polyarizator va analizator orqali o’tadi. Polyarizator bilan analizator shunday qo’yilganki, ularning bosh tekisliklari orasndagi burchak nimaga teng. Polyarizator shuningdek analizator ham o’zlariga tushayotgan yorug’lik intensivligining 8 prosentini yutadi va qaytaradi. Ma`lum bo’lishicha, analizatordan chiqqan nur polyarizatorga tushgan tabiiy yorug’likning 9 prosent intensivligiga teng ekan. α burchagi topilsin.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish