3.4. Yonilg’i quyish shoxobchalarida mehnat muhofazasi, havfsizlik texnikasi va atrof muhit himoyasi
Havfsizlik texnikasi ishchilarga ishlab chiqarish omillarining salbiy ta’sirinioldini olishga oid texnik vositalar va tashkiliy choralar tizimini belgilaydi.Mehnat muhofazasi mehnat jarayonida insonning sog’lig’i va ishlashqobiliyatini saqlash, havfsizlikni ta’minlovchi ijtimoiy – iqtisodiy, tashkiliy, texnik,gigiyenik, profilaktik davolash choralari va vositalariga doir qonun chiqarish tizimini belgilaydi.
YOQSHlar hududida bir talay ishlar havo muhitiga yonilg’i mahsulotlarini
bug’larini ajralib chiqishi bilan birga boradi.
Hizmat xonalarida havo muhitini himoya qilish bo’yicha ishni to’g’ri tashkil
qilish va mehnatning me’yoriy sharoitlarini yaratish uchun zararli moddalar ajralib
chiqishi manbalarini aniqlash, ularni miqdorini aniqlab ruhsat etilgan qiymatlar bilan solishtirish zarur.
Mashina, mehanizmlar, uskunalar ishlashi natijasida sodir bo’ladigan fizik
jihatdan havfli va zararli ishlab chiqarish omillari bevosita ishlab turgan
ob’ektlarning o’zida aniqlashini va mazkur ish joyida mehnat havfsizligi
ta’minlanishi zarur.
YOQSHga tegishli ustaxonalarda avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishda,metallarga ishlov beruvchi dastgohlarning mehnat sharoitlari parametrlariga bahoberishda havfli joylarni to’sish, shovqin, vibratsiya va h.k.lar GOST 12.2.009talablariga javob berishi kerak.Ish joylarida ruhsat etilgan shovqin darajasi, mashina, mexanizmlar, transport vositalari va boshqa uskunalar shovqin tafsilotlariga umumiy talablar GOST 12.1.003ga muvofiq belgilanilishi kerak.
Ishchi joylariga vibratsiya beradigan ishlab chiqarish uskunalari, mashina va
agregatlarni ishchi joylaridagi vibratsiya QMQ 2.04.05 talablariga mos kelishi kerak.
Vibratsiyalar inson organizmiga ta’sir qilishiga qarab ishlayotgan odamningqo’liga va ishchi joyiga beriladigan vibratsiyalarga bo’linadi. Ishchi joylaridavibratsiyani o’lchash vositalari va tekshirish GOST 12.4.012 talablariga mos kelishi kerak.Harorat, namlik, barometrik bosim, havo harakati tezligi sanitar – gigiyeniktalablar va ishchi xonasidagi havoda zararli moddalar (gazlar) miqdori GOST12.1.005 va San Pin № 0058 ga mos kelishi zarur ishchilarni turgan joyidagi pol yoki maydoncha yuzasidan 2,0 m yuqoridagi havo ishchi zona deb hisoblanadi.
GOST 12.3.002 ga muvofiq uskunalarni joylanishi, tuzilishi va ularga hizmat
ko’rsatish tartibi, inshoatlar va quvur uzatgich kommunikatsiyalarni inobatga oluvchi texnologik hujjatlar tarzida ishlab chiqilishi kerak. Ishlayotgan ishchi zonadagi havomuhitini yoritilganlik, gazlashganlik va boshqalar bo’yicha me’yoriga keltirish;mexanizatsiya vositalari, tekshirish tizimi va ishchilarni himoyalash va ishlabchiqarish uskunalarini avariyali o’chirilishini ta’minlovchi texnologik jarayonni boshqarish, ish maromini hamda mehnat va dam olishni oqilona tashkil qilish; uskunagermetikligi; ishchilarni himoya vositalari bilan ta’minlashga oid texnologik jarayonlar uchun havfsizlik talablari ishlab chiqilishi lozim.Elektr xavfsizligi, odamlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydoni,issiqlik, kuchli yorug’lik nurlanishi va statik elektrning zararli ta’siridanhimoyalashni ta’minlovchi tashkiliy va texnik choralar hamda vositalar tizimini belgilaydi.Elektr havfsizligi GOST 12.1.019 ga muvofiq ta’minlanishi kerak.Ishlab chiqarishga javobgar mutaxassis va xizmatchilar xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha yo’riqnoma va me’yorlarni qat’iyan bajarishlari shart va o’zlariga bo’ysundirilgan shaxslardan ularni talab qilishlari kerak.Maishiy, sanitariya xonalar tarkibi, maydoni va boshqa tafsilotlari QMQ
2.09.04 ga muvofiq bajarilishi kerak.YOQSHda yong’in xavfsizligi GOST 12.1.004, O’zbekiston Respublikasiarxitektura va qurilish Davlat qo’mitasi me’yoriy hujjatlari, ―Neft baza vaavtoyonilg’i quyish shaxobchalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi va sanoatsanitariyasi qoidalari va YOQSHni ishlatish jarayonida yong’in xavfsizliginita’minlash bo’yicha yo’riqnomalar‖ asosida tartibga solinadi. YOQSHda yong’inxavfsizligi yong’inni oldini olishtizimi va yong’in himoyasini uyushtirish yo’li bilanta’minlanishi kerak.
Yong’inni oldini olish tizimi bu yong’in ro’y berishi ehtimolini yo’q qilishgaqaratilgan tashkiliy choralar va texnik vositalar majmuasining mavjudligidan iboratdir.
Yong’in ximoyasi tizimi – odamlarga yong’inning xavfli omillari ta’sirining
oldini olish va undan moddiy zarar ko’rishni chegaralashga qaratilgan tashkiliy choralar va texnik vositalar majmuasidir.
Yong’inni oldini olish va yong’in himoyasi tizimlari GOST 12.1.004 ga
muvofiq har bir YOQSH uchun ishlab chiqilishi kerak.
YOQSHlarining har birida yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi
talablar qo’yilishi kerak; yong’in xavfini o’ziga xosligi haqidagi ma’lumotlarni
hisobga olgan yong’in xavfsizligi qoida va me’yorlari; yong’inni oldini olish va
yong’in himoyasini muayan usullari; yong’inni oldini olish va yong’in himoyasi
texnik vositalari miqdori, turi va ularning bajarilishiga doir talablar; yong’inni oldini olish va yong’in himoyasi bo’yicha tashkiliy choralar.
YOQSHlarda avtotransport vositalariga ko’rsatilayotgan xizmatni o’ziga
xosligi va yong’in xavfsizligini hisobga olib yo’riqnomalar tuzish kerak. Yong’in
havfsizligi bo’yicha yo’riqnomalarda quyidagilar bo’lishi kerak.
- benzin, dizel yonilg’isi yoki gaz maxsulotlarining hamda ishlab chiqarish
jarayonining yong’in xavfsizligini baholash;
- ishchi – xodimlar rioya qiladigan yong’in xavfsizligi talablari;
- ishlab chiqarishni o’ta xavfli uchastkalari uchun maxsus talablar va choralar;
- yong’in chiqish va avriya xollarida texnologik jixoz yoki uskunani to’xtatish
va yong’in soqchilarini chaqirish;
- yong’in paydo bo’lganda ishchi va xodimlarni vazifalari;
- o’t o’chirish vositalarini harakatga keltirish usullari;
- maydonni, jumladan binolar, inshoatlar, yong’inga qarshi rezervuarlar va
yong’in gidrantlariga kelish yo’llarining sarishta turishiga oid talablar;
- chekish va ochiq olovni qo’llash taqiqlanganligi to’g’risida talablar.
YOQSHlarda portlashdan xavfli muhitni sodir etadigan moddalar mavjud ishlab
chiqarish jarayonlari GOST 12.1.010, GOST 12.1.044 ga, GOST 12.1.011 bo’yichaportlashdan xavfli aralashmalar tasnifiga, portlash yong’indan va yong’in bo’yichaxavfli ishlab chiqarish korxonalari tasnifiga muvofiq, portlash xavfsizliginita’minlash bo’yicha talablarga ko’ra bajarilishi kerak.Ishlab chiqarish jarayonlarida portlash xavfsizligini ta’minlash maqsadidaportlashdan xavfli dastlabki moddalar parametrlarini, texnologik rejim, YOQSHdagihavo tarkibini, texnologik va elektrik jixozlar, uskunalar holatini tekshirib borishkerak.Ochiq olovni qo’llash va boshqa xavfsizlikni taqiqlovchi joylarda yozuv vabelgilar bo’lishi kerak.AYOQSH ma’muriyati har qaysi toifadagi ishchilarning xizmat doirasidagivazifalarini aniqlovchi, asosiy texnologik jarayonlarni, ta’mirlash va avariyali ishlarniolib borish tartibi va texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalarni ishlab chiqishi kerak.
Jihozlar, uskunalar, neft va neft maxsulotlari hamda odam tanasida xavfli
uchqunli razryadlar sodir bo’lishining oldini olish uchun paydo bo’ladigan statik
elektr zaryadini oqib ketishini ta’minlovchi quyidagi chora – tadbirlarni nazarda
tutish kerak:
- statik elektr zaryadining xosil bo’lish mutassilligini pasaytirish;
- jixoz, uskuna va kommunikatsiyalarning yerga ulaydigan elektr kontaktni
doimo ta’minlash;
- hajm va yuzadagi solishtirma elektr qarshilikni kamaytirishg;
- radio ximoyali, induksiyali va boshqa neytralizatorlardan foydalanish.
Statik elektrdan himoyalash uchun yerga ulanish qurilmalarini, odatda elektr
uskuna uchun yerga ulanish qurilmasi bilan birlashtirish lozim.
Bunday yerga ulanish qurilmasi PEU-95, GOST 21130 va SN 102 talablariga
mos ravishda bajarilgan bo’lishi kerak. Faqat, statik elektrdan ximoyalash uchun
belgilangan yerga ulanish qurilmalarining qarshiligi 100 Om dan oshmasligi kerak.
Texnologik jixozning hamma metall va nometall qismlari statik elektrdan,boshqa ximoya vositalari qo’llanilishidan qat’iy nazar, yerga ulangan bo’lishi kerak.Yerga ulangan metall jixozga, uskunaga surtilgan lak-bo’yoq qoplamasi, agarsathining tashqi qarshiligi uskunaning yerga ulanishiga nisbatan 107 Om dan oshmasa, elektr statik jihatdan yerga ulangan hisoblanadi. Qarshilikni o’lchash atrof havo namligi 60% dan oshmagan paytda olib boriladi.Yong’indan xavfli suyuqliklarni quyish va to’kish bilan band turganavtotsisternalarni to’ldirish va bo’shatish vaqtida doimo yerga ulanish qurilmasigatutashtirilgan bo’lishi kerak. Avtotsisternadan yerga ulanish o’tkazgichlarinitutashtirib qo’yish uchun kontaktli qurilmalari avvalo GOST 211.30, GOST 12.2.007talablariga mos kelishi va GOST 12.1.018 elektr statik uchun xavfsizligi shartlariniqoniqtirish, so’ngra esa ular portlashdan xavfli zonadan tashqarida joylashganbo’lishi kerak. Kesim yuzasi kamida 6,0 mm2 bo’lgan egiluvchan yerga ulanisho’tkazgichlari avtotsisternaning metall tanasiga doimo ulangan va M 10 boltliuchlikka ega bo’lishi kerak. Xaydovchi quyish postiga kelib avtotsisternanito’latishda, doimiy ulangan o’tkazgichlar yo’qligida, avtotsisternani yerga ulashniikkala uchida uchliklarga ega bo’lgan inventar o’tkazgichlar bilan quyidagi tartibdabajarishi kerak: yerga ulanuvchi o’tkazgichni oldin sisterna tanasi (korpusi)gaulanadi, keyin esa – yerga ulanish qurilmasiga. Yerga ulanish o’tkazgichlariniavtotsisternaning bo’yalgan va ifloslangan metall qisimlariga ulashga yo’lqo’yilmaydi.Avtotsisterna lyukini ochish va unga quyish quvurchasini tushirishni faqatavtotsisternani yerga ulangandan keyingina bajarish mumkin. Neft maxsulotlarirezervuarlarga, sisternalarga va boshqa idishga sachratmasdan, purkamasdan yoki shiddat bilan aralashtirmasdan quyilishi kerak.Ishlab chiqarishdagi bir qator texnologik jarayonlarda, masalan, metall,nometallarga mexanik ishlov berishda, dielektrik suyuqliklarni bir idishdan boshqa idishga katta tezliklarda quyish ishlarida statik elektr paydo bo’ladi. Budielektriklarning sirtida hosil bo’ladigan elektr zaryadlarni bo’lib, ular suyuqlikyuzasida uzoq vaqt saqlanib turadi.Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va avtotransport korxonalarida statikzaryadlar tasmali uzatmasi bor stanoklar va mashinalarda, neft mahsulotlari (benzin,dizel yonilg’isi va boshqalar)ni tashish, quyish va to’kishda hosil bo’ladi. Yuribturgan avtomobil sisternasidagi neft mahsulotida statik zaryadlarni hosil bo’lishi neftmahsulotini sisterna devorlariga mutassil ishqalanishi bilan bog’liq.
Bino va inshoatlar yoki ularningqismlari vazifasi va hududda joylashishiga ko’ra, yashin faoliyatining mutassilligihamda yiliga bo’ladigan yashindan qutilgan shikastlanish miqdoriga, yashindan himoyalash qurilmasi toifasi va himoya zonasi turiga ko’ra muhofazalanishi kerak.Yashin himoya qurilmasiga talablar va yashin qaytargichlarni hamma zonasini aniqlash SN 305 me’yoriy hujjati bilan o’rnatiladi.Yashin qaytargich bilan uskunalanmagan bino va inshoatlarda yiliga kutiladigan yashindan shikastlanish miqdori N quyidagi formula bo’yichahisoblanadi:
N = (S+Gh) (L+Gh)∙n∙10-6
bunda: S, L – planda turgan to’g’ri to’rtburchakli shaklga ega bo’lgan, yashin-dan
himoyalanayotgan bino yoki inshoatning kengligi va uzunligi, m;
h – bino yoki inshootning eng katta balandligi, m;
n – bino yoki inshoat qurilgan joyda 1 km2; yer yuzasiga uriladigan o’rtacha
yillik yashin soni, marta.
1 km2 ga yashin urishining o’rtacha yillik soni va momaqaldiroq faoliyatining
mutassilligi.
AYOQSHda mexnat va yongin xavfsizligi xolatini taxlil kilish, jaroxatlanishlarning va kasbiy kasallanishlarning oldini olishga karatilgan tashkiliy, texnik, sanitar- gigienik, ruxiy-fiziologik xolatlarga boglik bulgan chora-tadbirlarni ishlab chikish natijasida kuyidagicha xulosalarga kelindi:
YOqilg‘i maxsulotlari bilan ishlarni bajarishda baxtsiz xodisalarni kamaytirishga va oldini olishga karatilgan tashkiliy tadbirlar:
neft maxsulotlarini tashish, kabul kilish, kuyish, saklash va tarkatish jarayonlari va operatsiyalarini tugri yulga kuyish va ularning bajarilish ketma-ketligini saklash;
yonilgi tarkatish shaxobchasi xizmatchilari urtasida uz vaktida va sifatli yuriknomalar utkazish va ularni ish bajarishning xavfsiz usullariga ukitish ishlarini olib borishni davriy ravishda yulga kuyish;
yonilgi tarkatish shaxobchasi xizmatchilarini uz vaktida va etarli darajada shaxsiy va kollektiv ximoya kilish vositalari bilan ta’minlash xamda buning bajarilishini nazorat kilib turish;
mexnat muxofazasi, texnika va yongin xavfsizligi buyicha yangi ishlab chikilgan koidalari, me’yoriy xujjatlar, yuriknomalar bilan xizmatchilarni uz vaktida ta’minlash va ma’lumotlar etkazib turish;
xizmatchilar uchun ratsional ishlash va dam olish tartibini tuzish;
xizmatchilar urtasida mexnat muxofazasi, texnika va yongin xavfsizligi talablarini, koidalarini doimiy ravishda tashvikot kilish;
yonilgi tarkatish shaxobchasi xizmatchilarini belgilangan reja asosida uz vaktida davriy ravishda tibbiy kurikdan utkazib turish.
2. YOnilgi tarkatish shaxobchasida ishlarni bajarishda texnik xarakterdagi chora-tadbirlar etakchi mutaxassislar va mexnat muxofazasi injenerlari tomonidan muntazam ravishda nazorat kilinishi va olib borilishi lozim va bu yunalishda kuyidagilar tavsiya kilinadi:
saklash moslamalari, ximoya tusiklari, yashin kaytargichlar, statik elektrlanishdan ximoyalash kurilmalari, xavfsizlik belgilari va signallarini xavfli joylarga uz vaktida urnatish, xamda ularning texnik xolatini davriy ravishda nazorat kilib borish;
yonilgi tarkatish shaxobchasini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishini tashkil kilish;
neft maxsulotlarining turli sharoitlarda atmosfera xavosi va boshka agressiv moddalar bilan ta’sirda bulishini bartaraf etish;
neft maxsulotlari bilan ishlashga maxsus guvoxnomasi bulgan shaxslarnigina kuyish;
texnik jixatdan nosoz bulgan asbob-uskunalarda xizmatchilarning ishlashiga yul kuymaslik;
neft maxsulotlari bilan operatsiyalarni bajarishga zamonaviy ximoya, uskuna va avtomatizatsiya vositalarini joriy kilish bilan mexnat va yongin xavfsizligi xolatini kutarish, jaroxatlanishlar darajasini kamaytirish;
nosoz va texnik jixatdan eskirgan, muddatini utagan va talabga javob bermaydigan asbob-uskuna va vositalaridan foydalanmaslik, ularni umuman chikindiga chikarish;
neft xujaligiga tabiiy favkulodda xodisalar ta’sirini kamaytirish buyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
neft xujaligiga yonginni uchirishning zamonaviy vositalarini tatbik etish;
Ishlab chikarish jaroxatlanishlarining oldini olishga karatilgan sanitar-gigienik tadbirlarga kuyidagilarni tavsiya kilamiz:
o neft maxsulotlari bilan ishlarni bajarishda xizmatchilar uchun ish zonalarida xavo tozaligi, mikroiklim parametrlari, yoritish, isitish, xavo olmashtirish, shovkin, titrash va boshka omillarni sanitar me’yorlar talabiga keltirish;
o yonilgi tarkatish shaxobchasi xizmatchilari uchun ishlash va dam olish rejimlarini mukobillashtirish;
Rux,iy-fiziologik va ijtimoiy-rux,iy omillarni xisobga olgan xolda jaroxatlanishlarni kamaytirish va oldini olishga karatilgan tadbirlar:
yonilgi tarkatish shaxobchasi xizmatchilarini ishlarni bajarishga ularning ruxiy-fiziologik va ijtimoiy-ruxiy omillarni xisobga olgan xolda tanlash va joy-joyiga kuyish;
oldindan kasallik belgilari bor xizmatchilarni soglikdarini davriy ravishda kuzatuvga olib turish va ularning malakali ravishda davolanishlarini tashkil kilish;
xavfsizligi koidalariga amal kilib ishlash natijasida yonilgi tarkatish shaxobchasida mexnat va yongin xavfsizligi yuksalishiga uz xissasini kushgan xizmatchilarni moddiy va ma’naviy ragbatlantirish;
boshkarish tizimini yonilgi tarkatish shaxobchasi xizmatchilarining ijtimoiy-ruxiy afzallik tomonlarini xisobga olgan xolda takomillashtirish;
raxbar shaxslar, asosan bevosita kichik raxbar xodimlarning ijtimoiy-ruxiy soxadagi bilim darajalarini muntazam oshirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |