Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya ” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


II–BOB. YOQILG’I TARQATISH SHAXOBCHASINI LOYIHALASH VA JOYLASHTIRISHGA QO’YILADIGAN SANITAR-GIGIENIK TALABLAR



Download 0,62 Mb.
bet6/18
Sana14.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#796920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
tayor buldi 14.06.22 lotin

II–BOB. YOQILG’I TARQATISH SHAXOBCHASINI LOYIHALASH VA JOYLASHTIRISHGA QO’YILADIGAN SANITAR-GIGIENIK TALABLAR


2.1. Yoqilg’i quyish shaxobchalarning bosh rejasini loyihalashga qo‘yiladigan asosiy talablar


YoQShlarni loyihalash kapital qurilishlarga qo’yiladigan zamonaviy talablar asosida amalga oshiriladi.
Asosiy talab loyihalanayotgan YoQShning bino va inshootlarini fan va texnikani yangi yutuqlaridan foydalanilgan holda yuqori texnik daraja va yuqori iqtisodiy samaradorligini ta’minlashdan iboratdir.
Yuqori sifatli loyihalashning zarur shartlari – YoQShning vazifasi, quvvati va hududda joylashishini to’liq asoslash hamda zamonaviy, ilg’or texnologik jihozlarni qo’llashdan iboratdir.
Topshiriqda loyihalashda kerak bo’ladigan barcha asosiy ma’lumotlar keltiriladi:
- loyihalash uchun asos (qaror yoki buyruq);
- qurilish uchastkasi, joylashgan hududi;
- YoQShning vazifasi, ish tartibi;
- xizmat ko’rsatiladigan ob’ekt va mahsulot turlari;
- loyihalanayotgan YoQShning ko’rsatkichlari;
- qo’llanilishi mumkin bo’lgan andozaviy loyixalar;
- YoQShni suv, elektr quvvati va boshqalar bilan ta’minlash manbalari.
Loyihaning texnologik qismi hisoblash-tushintirish xatidan, YoQSh bosh rejasi chizmasidan va asosiy texnologik jihozlarni tanlash hamda rejalashtirishdan iborat bo’ladi.
Hisoblash – tushuntirish xati quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- loyihalash uchun topshiriq (loyihalanayotgan YoQSh vazifasi, tarkibi, ish tartibi, asosiy texnologik jarayon tavsifi va uni hisoblash me’yorlari va boshqalar);
- YoQSh soni, yonilg’i quyish kolonkalar soni, yonilg’i saqlash rezervuarlar sig’imi va soni, texnologik jixozlar turi, rusumi, soni, egallagan maydon yuzalarining hisoblari;
- YoQSh bosh rejasi, operator, texnik va boshqa yordamchi xonalar rejalari;
- texnologik yechimning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari;
- loyihaning boshqa qismlarini hisoblash uchun ma’lumot, topshiriq va boshqalar.
Texnik loyihaning bosh reja chizmasida YoQShning o’zi, bino va inshootlarining hududda joylashuvi, avtomobillarni harakat yo’nalishlari ko’rsatiladi.
Loyihalash Uchun Dastlabki Ma’lumotlar
YoQShning texnologik hisobi uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar bo’lishi kerak:
- shoxobchaning vazifasi, ish tartibi va kunlik vaqti;
- kundalik yonilg’i quyishlar soni;
- o’rtacha har bir avtomobilga quyiladigan yonilg’i miqdori;
- yonilg’i quyish kolonkasining 1 soatdagi o’tkazuvchanlik qobiliyati;
- yonilg’i-moylarni saqlash muddati;
- tarqatilayotgan yonilg’i-moylar turlarini soni;
- rezervuarlar sig’imi.
YoQShlarni texnologik hisoblash ishlarini bajarish uchun quyidagi me’yoriy ma’lumotlar tavsiya etilgan:
- yil va sutka davomida ikki smena va kechki navbatchilikda ishni tashkil etish;
- yonilg’i quyishni o’rtacha miqdori 50 l va moyniki 2 l;
- yonilg’i uchun rezervuarlar sig’imi 25 m3;
- moy mahsulotlari uchun rezervuarlar sig’imi – 5 m3;
- yonilg’i turlari soni 3-4, moy mahsuloti turlari soni – 2-3;
- o’rtacha yonilg’i quyish vaqti (tayyorgarlik-tugatish vaqtini ham hisobga olganda) – 4 ishchi-min, moy uchun – 3, suv uchun – 2 va havo uchun 3 ishchi min;
- 1 soatda yonilg’i quyish kolonkasining o’tkazuvchanligi-15 ta, moy kolonkasiniki – 20 ta avtomobil;
YoQShga kelayotgan avtomobillarning hammasi yonilg’i quyadilar va undan tashqari ulardan 30% moy va 10% havo bilan ta’minlanadilar.



3-rasm. Doimiy qurilgan yonilg’i quyish shoxobchaning bosh rejasi.
1-avtositsternadan yonilg’i to’kish maydnchasi (estakada); 2-yonilg’i saqlash sig’imlari; 3-YoQSh hizmatchi avtomobillari to’xtash joyi; 4-chiqindilar uchun metall quti; 5-qo’shimcha servis binosi.

An’anaviy AYOQSlardagi rezervuarlar bir devorli yoki ikki devorli qilib bajarilishi mumkin. Rejaviy (planlashtirilgan) sathidan rezervuargacha bo‘lgan masofa 0,2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 4.2.2. Texnologik shaxtalar va ular devoridan quvurlar kirish qismining konstruksiyalari shaxtadan uni o‘rab turgan tuproqqa yoqilg‘ining chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi zarur. 4.2.3. Texnologik shaxtadagi bekitish armaturasini ishga tushirish uzatmasining shtoki, o‘lchash patrubkasining og‘zi, datchiklarni qotirish moslamasi shaxta tashqarida ularning oldiga bemalol borilishini ta’minlaydigan balandlikka chiqarilgan bo‘lishi kerak. 4.2.4. Bir nechta yoqilg‘i quyish kolonkalariga bitta yoki bir nechta rezervuarlardan benzin yoki dizel yoqilg‘isini uzatib berish uchun, quvurlarda har bir yoqilg‘i quyish kolonkasi va har bir rezervuardan oldin bekitish armaturalari mavjud bo‘lgan sharoitlarda umumiy quvur ishlatilishiga yo‘l qo‘yiladi. 4.2.5. Blokli AYOQSlarda yuqorida ko‘rsatilganlar bilan bir qatorda quyidagi talablarni hisobga olish zarur: yoqilg‘i saqlash uchun belgilangan rezervuarlar ikki devorli bo‘lishi kerak; texnologik shaxta ulash moslamasi (uzeli)ning ikki devorli rezervuarga qotirilishi zavod sharoitlarida zich (germetik) ulanishlar yordamida amalga oshirilishi zarur. SHNK 2.09.20-08 28 texnologik shaxtaning devorlari va qopqog‘i faqat yonmaydigan materiallardan bajarilgan bo‘lishi kerak. yoqilg‘i quyish orolchalari chegarasidagi yoqilg‘i jihozlari bo‘lgan texnologik shaxta hamda texnologik quduqlar ichida bo‘shliq bo‘lgan hollarda, ularda yoqilg‘i bug‘larining konsentratsiyasini uzluksiz avtomatik nazorat qilish tizimlari nazarda tutilishi lozim. Ko‘rsatilgan tizim shaxta tubida yoqilg‘i bug‘larining konsentratsiyasi alanga tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasining 20% ga teng ko‘rsatkichgacha ko‘tarilganida ovoz va yorug‘lik signali berilishini ta’minlashi hamda uzatish tizmasidagi nasoslarga elektr ta’minotini va avtomatik ravishda rezervuarni to‘ldirish operatsiyalarini to‘xtatishi kerak.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish