Geografiyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/85
Sana01.06.2022
Hajmi5,22 Mb.
#624948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
fayl 195 20210327

maqsadi 
tuproqlaming geografik 
va ekologik jihatlarini chuqur bilish hamda tuproqlaming geografik 
tarqalish qonuniyatlarining mohiyatini anglashdir. Ushbu fanning 
o'qitilishidan ko'zda tutilgan maqsad esa tuproqlaming hosil boiish 
omillarini va sharoitlarini, tuproqning tabiat komponenti sifatida 
boshqa komponentlar bilan o‘zaro aloqadagi o'rni va ahamiyatini 
hamda o'ziga xos xossalari to‘g‘risidagi bilimlami berishdir.
Tuproqlar geografiyasining asosiy 
vazifasi 
tuproq qoplamining 
zonal-regional hamda landshaft-ekologik xususiyatlaridan kelib 
chiqib undan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy 
asoslari hamda amaliy tavsiyalami ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu vazifalami navbatma-navbat yechishda qishloq, о‘rmon 
va yer resurslaridan foydalanuvchi boshqa xo‘jaliklami har xil 
masshtabdagi tuproq xaritalari va tuproq-geograflk hamda ekologik 
rayonlashtirish xaritalari bilan to iiq ta’minlash taqozo etiladi. 
Bunda tuproq xossalari bo‘yicha maiumotlar, tuproq qoplamini 
muhofaza qilish va biologik mahsuldorlikning barqarorligini 
ta’minlovchi usullar o‘z aksini topishi maqsadga muvofiqdir.
1.3. „Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro
aloqadorligi va tadqiqot usullari
Tuproqlar geografiyasi keng qamrovli tabiiy - ilmiy fan sifa­
tida ko‘p!ab boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi. Xusu- 
san, qaysiki ularning yutuqlari hamda tadqiqot usullaridan bevosita 
foydalanadigan fundamental fanlar (fizika, kimyo, matematika), 
tabiiy, qishloq xo‘jalik, iqtisodiyot, shuningdek, biologik-geologik- 
geografik fanlar (geologiya, tabiiy geografiya, geobotanika, biolo- 
giya, mikrobiologiya va b.) shular jumlasidandir.
Tuproqlaming paydo boiishi, rivojlanishi, tarkibi, tuzilishi, 
xossalari va geografik tarqalishi kabi murakkab jarayonlami 
o‘rganishda tuproqlar geografiyasi qator tadqiqot usullari tizimiga 
tayanadi. Ulardan asosiylari: qiyosiy - geografik, qiyosiy - analitik, 
kartografik, distansion usullar hisoblanadi.


Qiyosiy — geografik usul tuproqlarni o'rganishda albatta maj- 
muali yondoshuvni taqozo etadi. A.A.Rode yozganidek, qiyosiy- 
geografik usul va uning birlamchi ko‘rinishi tuproqshunoslikning 
rivojlanishida ulkan rol o‘ynagan. Bu tuproq hosil bo‘lishida 
V.V.Dokuchayev tomonidan aniqlangan eng kuchli iqlim omili ham 
aynan shu usulni qocllashga tayangan. Shu usul tufayli olim 
tuproqlaming asosiy guruhlarini ajratishga ham muyassar bo£lgan. 
Shu o‘rinda ushbu usulning asoschisi bobomiz Zaxiriddin 
Muxammad Bobur boiganliklarini ham eslatib o‘tmoq lozim.
XX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamini o‘rga- 
nishda distansion usulning ahamiyati orta boshladi. Koinotdan olin- 
gan va aerofotosuratlar tuproq xaritalarini tuzishda va yer resurslarini 
baholashda keng qoilaniladigan boidi. Bunda tuzilgan xaritalaming 
aniqlik darajasi ortishi bilan birga awalgi an’anaviy usulda bajari- 
lishiga nisbatan tuproq-xaritashunoslik ishlaming narxi pasaydi.
Koinotdan olingan suratlar bir vaqtning o‘zida tuproq 
qoplamining juda katta hududlarini qamraganligini ko‘rish mumkin 
hamda bu ocz o‘mida tuproq qoplami tuzilmasini tizimlash va 
tuproq-geografik rayonlashtirish maqsadlarida tuproqning tarkibi va 
tuzilishining xolisonaligini ta’minlaydi.
Tuproq qoplamini o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot tamoyillari, 
usullari yetarli boisa-da, ular materialistik dialektikaning muhim 
tamoyillari va tizimli yondoshuvga asoslanadi.
Tuproq qoplami barcha quruqlik ekotizimlari va biosferada mu­
him ekologik rol o£ynaydi. Yeming yupqa organik - mineral qobig‘i -
tuproq orqali modda va energiya almashinuvining turli jarayonlari 
ro‘y beradi. Ushbu jarayonlaming buzilishi makonda turli jiddiy sal- 
biy oqibatlar: tuproq eroziyasi va ifloslanishi, tuproq unumdorligining 
yo‘qotilishi, cho‘llashish, ichimlik suvi va havoning ifloslanishi, 
piravordida kishilaming yashash sharoitlarining yomonlashishiga 
sabab bo‘ladi. Shu bilan bog‘liq tarzda yer resurslari muammolari 
keskinlashadi va tuproqlarni muhofaza qilishning ahamiyati ortadi.
Tuproqlar geografiyasi nazariyasini rivojlantirishda tuproq 
qoplami bilan joyning quruqlik yuzasining geologik tarixini 
evolyutsion-genetik aloqadorlikda o‘rganish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ushbu yo‘nalishning mohiyati V.V.Dokuchayevning mashhur 
„Rus qora tuprog‘i” asarida yetarlicha asoslangan. XX asrning


ikkinchi yarmida tog‘ jinslari va tuproqlaming yoshini aniqlashda 
yangi usullarning paydo boiishi, paleotuproqshunoslik va paleo- 
geografiya, to'rtlamchi davr geologiyasi hamda paleobotanika, 
geokimyo va litologiyadagi yutuqlar tufayli evolyutsion - genetik 
aloqadorlikning mohiyati sezilarli darajada kengaydi.
K artograflk usul tuproqlar geografiyasida azaldan foydalanib 
kelinsa-da, tuproqning ifloslanishi va buzilishiga makonda turli 
sabablaming bisyorligi bu murakkab jarayonlami kartograflk tadqiq 
qilishni zarurligini hamda istiqbolli ekanligini taqozo etadi. Shu 
tufayli tuproqlami xaritalashtirishda tuproqlami muhofaza qilish va 
undan oqilona foydalanish xaritalarini yaratish bo‘yicha yangi 
yo‘nalishlami rivojlantirish lozim.
Tayanch ibora va atam alar:
Tuproq, relyef, tuproq unumdorligi, tuproqshunoslik, tuproqlar 
geografiyasi, qiyosiy-geografik usul, distansion usul, ekotizimlar, tup­
roq eroziyasi, paleotuproqshunoslik, paleogeografiya, kartograflk usul.
Nazorat uchun savollar:
1. Tuproqqa ta’rif bering.
2.Tuproqning boshqa tog‘ jinslaridan farqi nimada?
3. Tuproq unumdorligi nima?
4.Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasi fanlarining mohi­
yatini izohlang.
5.Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasining tadqiqot 
obyektlari nimasi bilan farqlanadi?
6. Tuproqlar geografiyasining maqsad va vazifalarini tushun- 
tiring.
7.Tuproqlar geografiyasining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqa- 
larining mohiyatini ayting.
8.Tadqiqotlarda (tuproqlar geografiyasi) distansion usul qan­
day afzalliklarga ega?
9. Tuproqlar geografiyasida kartograflk usul nima uchun zarur?
10. Tuproqlar geografiyasida ekologik va evolyutsion - gene­
tik tamoyillarning zarurati nimada?


П BOB. TUPROQ TABIAT KOMPONENTI SIFATIDA 
TUPROQLAR GEOGRAFIYASINING TARIXI
2.1. Tabiiy geografiyada tuproq va tuproqlar geografiyasining
o‘rni
Tabiiy geografiya Yerning turli tabiiy hodisalar va organik 
hayotga makon bo‘Igan tashqi qobig‘i - geografik qobiqni o‘rgana- 
di. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta’sir va aloqadorlikda 
rivojlanuvchi: litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil 
topgan.
Geografik qobiqni tashkil etuvchi va uni rivojlantiruvchi 
komponentlaming o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari ular o srtasida 
muttasil tarzda ro‘y beradigan modda va energiya almashinuvi 
natijasi boiib, bu almashinuv moddalaming aylanishi va energiya 
oqimi shaklida boiadi. Ushbu harakat geografik qobiqning tarkibiy 
qismlarini bogiab turadi va bir butunligi - yaxlitligini ta’miniaydi. 
Demak, geografik qobiq tarkibidagi biosferaning turg‘unligini 
saqlanishi va uning mavjudligi tuproq qoplami bilan chambarchas 
bogiiq. Agar tuproq boimaganda biosfera to‘g‘risida gap ham 
boiishi mumkin emas edi. Tuproq bor - biosfera mavjud.
Geografik qobiqning evolyutsion taraqqiyotida landshaft 
qobig‘i (F.N.Milkov) vujudga keldi. U unchalik qalin boimagan 
yuza - nurash po‘sti, tuproq, o‘simlik, hayvonot olami, havoning 
yer yuzasiga yaqin qismi, quruqlikdagi yer usti va yer osti suvlarini 
o‘ziga qamragan boiib, o‘zaro faol ta’sirda boiadi. Aynan mana 
shu landshaft qobigida hayot rivojlanishi uchun qulay sharoit tarkib 
topgan. Ana shu landshaft barcha tabiiy - antropogen jarayonlaming 
natijalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois landshaftshunoslik 
tabiiy geografiyaning markazidan joy olgan deyilsa, mubolag‘a 
boimaydi.
V.V.Dokuchayev tuproqning paydo boiishi joyning iqlimi, 
o‘simlik va hayvonlari, tuproq osti tog4 jinslarining kimyoviy tarkibi 
va tuzilishi, joyning relyefi va oikaning geologik yoshi,
10


shuningdek, inson faoliyatining murakkab o‘zaro ta’siri natijasi 
ekanligini isbotladi. Bundan xulosa shuki, tuproq mazkur 
hududning barcha tabiiy sharoitlari majmuasini bir butun-yaxlitlikga 
birlashtiradi. Shu ma’noda tuproqni landshaftning ,,ko‘zgusi” deb 
ataydi. V.S.Jekulin ta'biri bilan aytganda esa: tuproq - bu 
landshaftning „xotirasi”, qaysiki u insonning tabiatga nisbatan 
barcha ijobiy va salbiy ta’sirlarini o‘zida muhrlaydi.
Vohalarda tuproqning sho'rlanishi grunt (zamin) - grunt suvi -
tuproq tizimidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligidan dalo- 
latdir, bu esa butun agromajmuaning transformatsiyalanishiga qodir 
holatdir. Ko‘rinib turibdiki, tuproq tabiiy geografiya (meliorativ 
geografiyada ham) fanlari tizimida muhim tabiiy komponent hisob- 
lanib, boshqa komponentlar bilan o‘zaro aloqa va ta’sirda asosiy 
bo‘g‘in hisoblanadi hamda ularning barqarorligini ta’minlashda o‘z 
o‘miga egadir.
2.2. V.V.Dokuchayev-tuproqlar geografiyasining asoschisi
V.V.Dokuchayev 1846-yil 1-mart- 
da Smolensk Gubemasining Milyukovo 
Sichevek qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi 
uni 11 yoshida Vyazma diniy bilim yur- 
tiga o'qishga bergan. 0 ‘qishni muvaffa- 
qiyatli davom ettira borib, Vyazmadan 
Smolenskka ko‘chadilar. 1861 yilda di­
niy bilim yurtini tamomlab, diniy semi- 
nariyaga o‘qishga kiradi. Keyinchalik 
butunlay boshqa yo‘lni tanlab, Peter- 
burg universitetiga o‘qishga qabul qili- 
nadi. G‘oyat kambag‘alligidan, o‘zining
iborasi bilan aytganda, uchinchi kursga- 
Vasiijy Vasilyevich Do'kucbaycv 
cha ^hatto paypoq nimaligini ham bil-
magan” ekan.
Vasiliy Vasilyevich o‘qishning oxirgi yilida o‘ziga diplom ishi 
mavzusini tanlashi hamda shu bilan birga geologiyadan professor 
P.A.Puzirevskiyga imtihon topshirishi kerak edi. Olim V.V.Doku- 
chayevga geologiya bilan shug‘ullanishni taklif etadi.
/ Ш Щ 1
Ш Ш Ш
11


Uning dala tadqiqotlarining geologiyaga oid natijalari hamda 
bajarilgan ishining mavqeyi jihatidan fan nomzodi ilmiy darajasiga 
loyiq topiladi va u Universitet Kengashining 1871-yil 20-sentabr- 
dagi qarori bilan tasdiqlanadi.
1872-yilning kuzida V.V.Dokuchayevning olim sifatida obro‘- 
yi orta boradi, 1873-yilda Peterburg mineralogiya jamiyatining ha- 
qiqiy a’zosi, keyingi yili esa Peterburg tabiatshunoslar jamiyatining 
geologiya va mineralogiya boiim i kotibligiga saylanadi. 1874-yil 
oxirida o‘zimng „Smolensk gubemasi podzoli to‘g‘risida”gi tup- 
roqlarga oid birinchi ilmiy axborotini bajaradi.
1879-yil V.V.Dokuchayev Peterburg universiteti mineralogiya 
kafedrasi mudirligiga tayinlanadi, avval dotsent, 1883-yilda esa 
unga professor lavozimi beriladi.
V.V.Dokuchayev fan bilan shug‘ullanishning dastlabki o‘n 
yilliklarida geolog, mineralog, kristallograf, botqoqshunos, arxeolog 
sifatida namoyon boigan bo‘lsa-da, u keyinchalik hammasidan 
k o ia ko‘proq tuproqlarni o‘rganishga qiziqib qoladi.
1877-yili Vasiliy Vasil’yevich qora tuproqlarni o‘rganish maq­
sadida Tula gubemasi, Ukraina va Moldoviyani kezadi. 1878-yilda 
qora tuproq zonasining janubi — sharqiy qismlarida, Qrim va Shimo­
liy Kavkazga tashrif buyuradi. Ushbu ekspeditsiyalar mahsuli sifa­
tida 1883-yilda tuproqshunoslikning asosiy nazariy jihatlari yoritil- 
gan fundamental asar 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish