Geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Birinchi guruh- tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan davlatlar: Afrika davlatlari 
(deyarli  hammasi),  Osiyo  va  Janubiy  Amerikadagi  qator  davlatlar,  Avstraliya  va 
Okeaniya  hamda  O’rta  Osiyo  davlatlari  kiradi.  Bu  davlatlardagi  oilalarda 
farzandlarning o’rtacha soni to’rttadan to sakkiztagacha, ba’zi hollarda esa undan 
ham  yuqori  bo’ladi.  Ushbu  davlatlardagi  oilalarda  tug’ilish  darajasining  bunday 


74 
 
yuqori  bo’lishiga  olib  keluvchi  qator  omillarning  asosiylari  quyidagilardir: 
yuqorida  zikr  etilgan  davlatlar  asosan  iqtisodiy  jihatdan  rivojlanayotgan  davlatlar 
bo’lib,  aholisining,  ayniqsa  ma’lumotlilik  darajasi  nisbatan  past:  ayollar  ijtimoiy 
ishlab chiqarishda kam ishtirok etadi: shahar tarzining shakllanishi sust; tug’ilishni 
cheklash  haqidagi  tushunchalarni  va  unga  kerakli  tibbiy  vositalar  keng 
tarqalmagandir. 
 Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, tug’ilish darajasining yuqoriligi ba’zi 
bir  demografik  oqibatlarni  keltirib  chiqaradi.  Jumladan,  aholi  soni  juda  tez 
ko’payib  yangi  oilalar  vujudga  keladi,  aholi  tarkibida  bolalar  salmog’i  yuqori 
bo’ladi va xokazo. Bu demografik oqibatlar esa o’z o’rnida qator ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarga sabab bo’ladi. 
 Yuqorida  qayd  etilgan davlatlar keyingi  10-14  yil  davomida  yiliga o’rtacha 
2,7-3,2 foizdan ko’payib keldi va dunyo aholisidagi salmog’i 23 foizdan oshdi. 
 Ikkinchi  guruh  oilalarda  tug’ilish  darajasi  o’rtacha  bo’lgan  davlatlar 
guruhidir.  Ushbu  guruhga  dunyo  bo’yicha  jami  44  davlat  kiradi.  Ulardan  25  tasi 
Yevrosiyoda,  2  tasi  Afrikada,  16  tasi  Amerikada  va  1  tasi  Avstraliya  va 
Okeaniyada. Ularning  aholisi  yer  shari  aholisining  qariyb  40  foizini  tashkil  etadi. 
Ushbu  davlatlardagi  oilalarda  o’rtacha  ikkitadan,  to’rttagacha  farzandlar  bor.  Bu 
guruhga kirgan davlatlar aholisi har yili 1,9 foizdan ko’payib bormoqda. Mazkur 
davlatlarda  oilaning  bunday  shakllanishi  ularning  tarixan  tarkib  topib  kelgan 
ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan bog’liqdir. 
 Tug’ilish  darajasi  o’rtacha  bo’lgan  joylarda  aholi  o’zining  mavjud  sonini 
saqlab boradi. Ularda aholining keskin ko’payib ketish va kamayib ketish hollari 
kutilmaydi. Aholi taraqqiyotini muammolarni hal etish bir muncha yengil kechadi. 
 Uchinchi guruh esa-tug’ilish darajasi kam bo’lgan davlatlardir. Jami 32 ta. 
Shundan  24  tasi  Yevroosiyoda,  5  tasi  Amerikada  va  3  tasi  sobiq  SSSRda 
joylashgani  holda  iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etgandir.  Ushbu  guruhga  mansub 
davlatlar  dunyo  aholisining  36,0  foizini  yoki  uchdan  bir  qismini  tashkil  etadi. 
Ularda aholi yiliga o’rtacha 0,9 foizdan ko’payib bormoqda. Oilalarning aksariyat 
qismida bitta va ikkitadan bola bor, xolos. 
 So’nggi  guruh  davlatlarida  istiqomat  etuvchi  oilalarda  tug’ilishning  bunday 
kamayishb  ketishi  birinchi  navbatda  kapitalistik  munosabatlar  keng  tarqalishi 
ishlab  chiqarish  sharoitda  sanoat  rivojlanib,  shaharlar  soni  o’sishi  va  shahar 
turmush  tarzining  keng  tarqalishi  uchinchi  guruhga  mansub  davlatlarda 
tug’ilishning qisqarishiga olib keldi. Ayniqsa, aholisining asosiy qismi shaharlarda 
yashovchi  Yevropa  mamlakatlarida  tug’ilish  juda  kamayib  ketdi.  Masalan, 
Angliyada  1850  yillarda  aholining  50  foizi  shaharlarda  yashagan  va  shu    davrda 
har  ming  kishi  hisobiga  tug’ilgan  bolalarning  soni  o’rtacha  32-33  tani  tashkil 
qilmoqda.  Yoki  Germaniyani  olib  qaraylik.  Bu  mamlakatda  aholining  90  foizi 
shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyodagi tug’ilish eng kam davlat bo’lib, har ming 
kishiga nisbatan  tug’ilgan bolalar 9-10  ni  tashkil etadi.  Ushbu  guruh davlatlarida 
hozirgi  davrda  tug’ilish  darajasining  kamayib  ketishiga  olib  kelgan  navbatdagi 
omil  ayollarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda,  yollanma  ishlarda  nisbatan  ko’proq 
qatnashishidir.  Masalan,  Kanadada  ayollar  1931  yili  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda 
qatnashgan aholining 17 foizini, 1980-1990 yillarda esa 40 foizini tashkil etgan. 


75 
 
 Iqtisodiy  rivojlangan  davlatlarda  tug’ilishning  kamayishiga  olib  kelgan 
omillardan  yana  biri-oilalarning  buzilishi,  ya’ni  nikohdan  chiqish  hollarining 
nihoyatda ko’pligidir. Hozirgi davrda  AQShda har yili qayd etilgan nikohlarning 
50  foizi  yoki  yarmi  buzilayotganligi  ma’lum.  Boshqacha  qilib  aytganda,  oila 
qurgan yoshlarning deyarli yarmi ajralib ketmoqda. Tabiiy holki, nikohning qisqa 
davom  etishi  oilada  bola  sonining  o’z-o’zidan  kamayishiga  olib  keladi.  Bundan 
tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar qatori, Shimoliy Amerikada ham 
fan-texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga kirib borishi natijasida aholining 
tarkibida  ishsizlar  miqdori  tobora  ko’payib  bormoqda.  Ishsiz,  boshpanasiz 
aholining  ertangi kunga ishonchi, oila  qurish  va  farzand  tarbiya  qilishga  iqtisodiy 
imkoniyati  bo’lmaydi.  Ana  shunday  holatlar tug’ilishning  kamayib  ketishiga olib 
keladi.    Umuman  olganda,  kapitalistik  munosabatlarning  keng  tarqalishi  va 
rivojlanishi oilaning farzandlarga bo’lgan ham iqtisodiy, ham ma’naviy ehtiyojini 
nihoyatda  pasaytirib  yubordi.  Fikrimizning  dalili  sifatida  eng  taraqqiy  etgan 
kapitalistik davlatlardan biri AQSh oilalaridagi tug’ilish ko’rsatkichlariga murojaat 
etaylik. Agar, 1950 yilda har bir amerika oilalarida o’rtacha 3-4 dan bola tug’ilgan 
bo’lsa,  1970  yili  bu  ko’rsatkich  2-3  ga,  bugunga  kelib  esa  1-2  gacha  kamaydi. 
AQShda  farzandsiz  oilalar  salmog’i  ko’payib  bormoqda.  Bu  davlatlarda 
o’tkazilgan  sotsiologik  tadqiqotlarning  ko’rsatishicha,  ko’pchilik  oilalarda  faqat 
bittadan  farzand  bo’lib,  ularning  44  foizi  kutilmagan,  15  foizi  hohlanmagan 
farzandlar  ekan.  Mutaxissislar  ushbu  aholini  «Amerika  oilasida  inqiroz»  deb 
atashmoqda.  Bu  inqiroz  Amerika  Qo’shma  Shtatlari  kelajagi  uchun  muammomi, 
yo’qmi?  Uni  ushbu davlat  aholisining  taraqqiyot tarzidan  kelib  chiqib aniqlamoq 
lozim.  
 Shunday  qilib,  biz  yuqorida  jahon  mamlakatlari  oilalarida  tug’ilish 
jarayonidagi  o’zgarishlar  bilan  tanishib  chiqdik.  Ma’lum  bo’ldiki,  hozirgi  paytda 
yer shari halqlari oilalarda farzandlarning tug’ilish jarayoni bir hil emas ekan. Bir 
guruh  mamlakatlar  oilalarida  tug’ilish  juda  kamayib  ketgan  bo’lsa,  ikkinchi  bir 
guruhda esa, aksincha, juda yuqoridir. Boshqa bir guruh davlatlar mavjudki, ularda 
tug’ilish  o’rtachadir.  Bu  hol  yuqorida  aytganimizdek,  turli  ijtimoiy-iqtisodiy 
omillar bilan bog’liq.  
Dunyodagi har bir hudud va davlatlarning o’z demografik tarixi xususiyatlari 
hamda  aholi  yosh  tarkibiga  ta’sir  etuvchi  omillari  mavjuddir.  XX  asr  boshlarida 
shved demograf olimi G.Sundberg aholi yosh tarkibiga qarab uch turga bo’ldi. 
 1. Progressiv. 
 2. Statsionar. 
 3. Regressiv. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish