Geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Tug’ilish-biologik  jarayon.  Lekin  u  ijtimoiy  -iqtisodiy  muhit  ta’sirida 
o’zgarib  boradi.  Ma’lumki,  insoniyat  o’z  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  bir  nechta 
ijtimoiy-iqtisodiy  bosqichlarni  bosib  o’tdi  va  tug’ilish  darajasi  jamiyat 
taraqqiyotining  hamma  bosqichlarida  ham  bir  xil  bo’lavermagan.  Kapitalistik 
tuzumgacha  mavjud  bo’lgan  davrlarda  tug’ilish  biologik  xarakterga  ega  bo’lgan, 
ya’ni cheklanmagan. Avvalo, shuni aytib o’tish kerakki, quldorlik tuzumi davrida 
ham, feodalizmda ham ko’p bolalikdan har bir oila va shu  bilan birga jamiyat ham 
manfaatdor  edi.  Nega  shunday?  Chunki  oilada  bolaning  iqtisodiy  roli  juda  katta 
edi. 
Ko’pgina 
mamlakatlarda 
oila 
yumushlarida, 
hunarmandchilikda, 
dehqonchilikda  va  chorvachilikda  bolalar  mehnatidan  foydalanilgan.  Oiladagi 
iqtisodiy  daromadning  bir  qismi  bevosita  bolalar  mehnati  orqali  hosil  qilingan. 
Demak, bola mehnati milliy daromadning ma’lum ulushini tashkil etgani sababli, u 
jamiyat  tomonidan  ham  qo’llab-quvvatlangan.  Hatto,  ba’zi  davlatlarda,  masalan, 
Rossiyada  dehqonlarga  ishlash  uchun  beriladigan  yer  ham  bolalar  soniga  qarab, 
taqsimlanadi. Bunday sharoitda o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, har bir oila bolalar 
sonini ko’paytirishdan manfaatdor bo’lgan.  


70 
 
Kapitalistik  ishlab  chiqarish  usulining  vujudga  kelishi  bilan    sanoat  tez 
rivojlana boshladi, yangi-yangi shaharlar paydo bo’ldi. Ko’pchilik aholi  ish qidirib 
qishloqdan  shaharlarga  ko’chib  kela  boshladi.  Shahar  aholisining  o’sib  borishi 
natijasida  bir  tomondan  shaharlarda  turar  joy,  oziq-ovqat  muammolari  kelib 
chiqqan  bo’lsa,  ikkinchi  tamondan  fan-  texnika  taraqqiy  etib,  ishsizlik  vujudga 
keldi.  Uchinchidan,  kapitalistik  ishlab  chiqarishda  ayollar  va  bolalar  mehnatiga 
juda    kam  haq  to’lanar  edi.  Jamiyatda  bunday  o’zgarishlar  oilada  bolalar  sonini 
cheklashga,  tug’ilishning  qisqarishiga  olib  keldi.  Aholisining  asosiy  qismi 
shaxarlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug’ilish ayniqsa kamayib ketdi., 
Yer  yuzida  tug’ilishning  kamayish  jarayoni, asosan, XVIII  asrning  ikkinchi 
yarmida  G’arbiy  Yevropa  davlatlarida  boshlanib,  keyinchalik  AQSh,  Kanada, 
Avstraliya  va  Yaponiyaga  tarqaldi.  Ayniqsa,  iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etgan 
davlatlarda  tug’ilish  tez  kamaya  boshladi.  Bu  davlatlarda  agar  XVIII  asrning 
ikkinchi  yarmida  har  ming  kishi  hisobiga  38  ta  bola  tug’ilgan  bo’lsa,  oradan  sal 
kam ikki yuz yil o’tgach, ya’ni XX asrning oxirgi  choragida bu ko’rsatkich 16ni 
tashkil etdi. Boshqacha qilib aytganda, ikki yuz yil davomida tug’ilish 2 martadan 
ko’proq  qisqargan.  Xuddi  ana  shu    davrlar  uchun  rivojlanayotgan  davlatlardagi 
tug’ilishni  qiyoslaydigan  bo’lsak,  boshqacha  ahvolning  guvohi  bo’lamiz.  Ularda 
1750-1800 yillarda har ming kishi hisobiga 41 tadan bola tug’ilgan va 1970-1990 
yillarda  esa  har  1000  kishi  hisobiga  tug’ilgan  bola  34ni  tashkil  qilgan.  Demak, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda tug’ilishning kamayishi nisbatan sekin borgan. 
 1970-1990  yillar  davomida  tug’ilishning  eng  tez  kamayishi  Osiyoga 
mansub.  Osiyoning  eng  yirik  davlatlari-Xitoy  va  Xindistondir.  Xitoyda  oilada 
bolalar  sonini  cheklash  davlat  dasturiga  kiritilgan.  1970  yillardan  boshlab  aholi 
o’rtasida tug’ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo’llana boshladi. Natijada, 
Xitoyda  tug’ilish  keskin  kamaydi.  BMT  ma’lumotlariga  qaraganda,  1970-1974 
yillarda Xitoyda har bir ayol o’zining farzand ko’rish davrida o’rtacha 4,8 va 1986-
1990  yillarda  esa  2.1  tadan  farzand  ko’rgan.  Bu  mamlakatda  2000  yilga  borib 
tabiiy o’sishni nolga tushirish mo’ljallangan. 
 Hindistonda ham tug’ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar 
sonini  cheklash  davlat  dasturiga  kiritilgan.  Bu  masala  yuzasidan  bir  qancha 
tashkilotlar  maxsus  tadqiqot  olib  boradilar.  Ular  jumlasidan,  oilani  rejalashtirish 
uyushmasi, Hindiston tibbiyot uyushmasi, Hindiston Qizil yarim oy jamiyati kabi 
tashkilotlar  kiradi.  Hindistonda  tug’ilishning  kamayishiga  aholi  savodlilik 
darajasining oshishi ham ta’sir etmoqda. Masalan, 1971 yili Hindiston aholisining 
29,4  foizi  savodli  edi;  hozirgi  davrda  40  foizga  yaqini  savodlidir.  Tug’ilishni 
nazorat  qilish  hamda  halqning  savodlilik  darajasini  ko’tarish,  tibbiyotni 
rivojlantirish  natijasida  Hindiston  davlati  tug’ilishni  ancha  kamaytirishga  erishdi. 
Masalan, 1970-1990 yillarda har  bir ayolning o’z  farzand  ko’rish  davri davomida 
ko’rgan farzandlar soni 5.4 dan 3.3 ga kamaydi. Hindistonlik aholishu noslarning 
fikriga qaraganda, 2001 yilga borib har bir hind oilasida o’rtacha 2 tadan farzand 
bo’ladi. 
 Ma’lumki,  Osiyo  aholisining  70  foizdan  ko’prog’ini  Xitoy  va  Hindiston 
aholisi  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  Xitoy  va  Hindistonda  tug’ilishning 
kamayishi  butun  Osiyo  bo’yicha  tug’ilish  ko’rsatkichiga  ta’sir  qildi.  1970-1990 


71 
 
yillarda tug’ilish bu yerda  deyarli  40  foizga kamaydi  xolbuki,  xuddi  shu    davrda 
tug’ilish  Xorijiy  Yevropada  16  foizga,  Avstraliya  va  Okeaniyada  19  foizga, 
Afrikada esa 5 foizga kamaygan, xolos. Tug’ilishning kamayib borishi sobiq SSSR 
tarkibidagi halqlarda ham kuzatiladi.  
XIX  asr  oxirlariga  qadar sobiq  Ittifoq hududida  yashovchi barcha halqlarda 
tug’ilishning  juda  yuqoriligi  kuzatilgan.  Masalan,  farzand  ko’rish  davriga-dunyo 
bo’yicha ayollarning 15-49 yosh davri qilingan har ming kishiga nisbatan tug’ilgan 
bolalar soni 1861-1865 yillarda 50,7 tani tashkil qilgan bo’lsa, 1911-1913 yillarga 
kelib  bu  ko’rsatkich  43,9  taga  kamaydi,  lekin  bu  raqam  ham  yuqori 
ko’rsatkichdir.1920  yillardan  boshlab  esa,  sobiq  Ittifoqda  tug’ilish  juda  keskin, 
ellik besh yil ichida (1925-1990) deyarli 2 marta kamaydi. Biroq bu jarayon barcha 
Respublikalarda  bir  tekisda  borgan  emas.  Asosan,  Boltiqbo’yi,  Belorussiya, 
Moldaviya,  Rossiya  va  Ukrainada,  ya’ni  xo’jaligida  sanoat  yetakchi  bo’lgan 
Respublikalarda tug’ilish keskin kamayib ketdi.  
Shunday qilib, biologik jarayon bo’lgan tug’ilish va uning miqdori, ijtimoiy-
iqtisodiy omillarning oila muhitiga bevosita ta’siri orqali o’zgarib boradi. Ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot tug’ilish darajasini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
Bu hol O’zbekistonning demografik taraqqiyotida ham o’z aksini topgan. 
O’zbekistonda  tug’ilish  jarayonini  quyidagi  3  bosqichga  bo’lib  o’rganish 
maqsadga muvofiqdir: 
1. Oktyabr inqilobiga qadar; 
2. Sovet hokimiyati yillarida; 
3. Mustaqillik davri. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish