6-mavzu: Aholi geografiyasi
65
fani uchun xos (o’zbek tilida bu jamoa, mahalla axli ma’nosiga mos keladi).
Sotsiologiya esa ma’lum yoshdagi shaxs, millat, kasb egalarini odatda kichik
hududlar doirasida tadqiq qiladi.
Tarix va etnografiyada «xalq» tushunchasi qo’llaniladi, muayyan bir
ma’muriy hudud iqtisodiyoti «xalq xo’jaligi» atamasi bilan tavsiflanadi.
Shuningdek, biologiya, psixologiya, tibbiyot kabi fanlarda odam, inson tushunchalari
ko’proq uchraydi.
Aholi - jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi. Aholisiz ishlab
chiqarishning q’zi ham, fan va texnikaning rivojlanishi va mavjudligi ham bo’lishi
mumkin emas. Shu bilan birga aholi sanoat, qishloq xo’jaligi maxsulotlarning,
transportning va xizmat ko’rsatish sohalarining asosiy istemolsidir. Shu sababli
aholining soni har bir mamlakat uchun muhim omil hisoblanadi.
AQShlik olim Dr. Christion Sawyer aholi va demografiya masalalriga
quyidagicha ta’rif bergan ta’rif bergan
1
.
A)Demografiya asoslari
1. Demografiya inson populatsiyasini o`rganadi.
2. Geograflar aholining hududiy tarqalishi va ularning ko`chishlarini
o`rganishda demografik taxlillardan foydalanishadi.
3. Mamlakat aholisining yosh tarkibi, ijtimoiy va etnik tarkibi va o`sish
sur`ati uning sog`lom bo`lishiga ta`sir ko`rsatadi.
B)Aholining hududiy joylashuvi.
1.
Aholining hududiy joylashuvi aholining yer yuzasi bo`ylab
taqsimlanishida o`ziga xos shakllarni hosil qilgan.
2.
Insoniyat tarixi davomida aholi notekis taqsimlangan.
3.
Aholi ko`pincha suv havzalari va haydaladigan yerlar kabi hayot
bilan ta`minlaydigan resurslar atrofida to`planadi. Kam o`zlashtirilgan hududlarda
misol uchun sahrolarda aholi kam yashaydi.
a)
Jami aholining deyarli 75%i yer yuzasining faqat 5%i da yashaydi
b)
Yer shari aholining taxminan 50%i shaharlarda va qolgan yarmi
qishloqlarda yashaydi.
c)
Bu aholi joylashuvidagi hududiy farqlar insoniyat tarixining ko`p
davrida asosan shahar joylarda emas balki qishloqlarda yashaganligini aks ettiradi.
C) Global aholi taqsimlanishi
1. Dunyo aholisining deyarli 80%i Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyodagi
rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi.
2. 1 mlrd dan ko`proq bo`lgan aholisi bo`lgan davlatlar faqat 2 ta: Xitoy va
Hindistondir.
1
Dr Christion Sawyer ap* Human geography crash course. Printed in the United States of America.
Green Edition. -2012.. 37-P. 244
66
3.Aholining eng yuqori hududiy konsentratsiyasi Sharqiy Osiyo
(Xitoy,Yaponiya, Tayvan, Shimoli va Janubiy Koreya) da tashkil topgan.
4.Aholining ikkinchi yuqori konsentratsiyasi Janubiy Osiyo (Hindiston,
Bangladyosh, Shri-Lanka,Pokiston) davlatlarida tarkib topgan.
5. Aholining uchinchi yuqori konsentratsiyasi Yevropada Atlantika
okeanidan Ural tog`larigacha bo`lgan mintaqadadir
2
.
Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste’moli bilan birga aholining o’zi
ham takror barpo qilinadi, ya’ni kishilar avlodlari tarbiyalanadi, voyaga
yetkaziladi. Shuning uchun ham aholini geografik jihatdan o’rganayotganda uch
narsaga e’tibor berishimiz kerak:
1. Aholi moddiy boylik ishlab chiqaruvchi kuch, barcha moddiy ne’matlarni
yaratuvchisi.
2. Aholi ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulotlarni ma’lum qismini
iste’molchisi.
3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini asosiy qismi bo’lib,
o’zi ham takror barpo qilinishi zarur.
Har qanday iqtisodiy geografik muammolarni hal qilishda aholiga xos
bo’lgan shu xususiyatni o’rganish zarur. Shuning uchun ham aholi geografiyasi
iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismidir.
Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i bo’lishi bilan birga
boshqa tarmoqlar sanoat geografiyasi, transport geografiyasi, qishloq xo’jaligi
geografiyasi orasida alohida o’rin tutadi.
Aholi geografiyasi aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi regional
farqlarki, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi punktlarining
hududiy tizimlarini va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.Shuningdek
aholi geografiyasi aholining yer shari bo’yicha, ayrim davlatlar hamda rayonlar
bo’yicha xarakatini o’rganadi.
Aholi geografiyasining muhim tushunchalaridan biri - aholining hududiy
joylashish formalaridir.
Aholi geografiyasining yana bir muhim tushunchasi - aholining funktsional
gruppaga bo’linishi. Aholi uchta funktsional gruppaga bo’linadi:
1. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar - (sanoat, qishloq
xo’jaligi va transport).
2. Xizmat doirasi sohasida ishlovchilar (savdo, maorif, sog’liqni saqlash,
kommunal xo’jalik, shahar transporti xodimlari).
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar (bolalar, uy
bekalari,qariyalar)
Undan tashqari aholining migratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan ham bir qancha
qonuniyatlar bor.
2
Dr Christion Sawyer ap* Human geography crash course. Printed in the United States of America.
Green Edition. -2012.. 37-P. 244
67
Aholi geografiyasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
1. Aholi tarkibi va uning takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu
farqning sababini o’rganish;
2. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni
o’rganish;
3. Aholining hududiy taqsimlanishi va ularning harakatini o’rganish;
4. Aholi punktlari va ularning hududiy tizimini o’rganish;
5. Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi farqlarni va ularning
sababini o’rganish;
6. Tarixiy aholi geografiyasi. O’tgan tarixiy davrlarning aholi geografiyasini
o’rganish.
7. Aholini xaritaga tushirish.
Aholi geografiyasining o’z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan, bevosita
bog’liq holda tadqiqot olib boradigan fanlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
1) Geografiya fanlari tizimi. Aholi geografiyasi xo’jalik tarmoqlarini
joylashtirish qonuniyatlarini ishlab chiqishda bevosita tabiiy geografiya bilan,
aholi salomatligi ishlab chiqarish kuchlarining to’g’ri joylashtirishda, aholi tibbiy
xizmatni tashkil etishda tibbiyot geografiyasi bilan shuningdek xizmat doirasi
geografiyasi, turizm geografiyasi iste’mol geografiyasi, tarixiy geografiya va
kartografiya yo’nalishlari bilan uzviy aloqada rivojlanadi.
2) Demografiya va etnografiya. Bu fanlar aholi geografiyasi bilan
chambarchas va har tomonlama aloqada bo’lgan fanlar hisoblanadi. Chunki bu
fanlar ham bevosita aholi geografiyasi singari aholini o’rganadi. Lekin ushbu
fanlar aholini har qaysisi o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda o’rganadilar.
Masalan, demografiya aholining soni, takror barpo bo’lish qonuniyatlari va
omillarini o’rgansa, 1) etnografiya- halqlarning turmushi va madaniyati, vujudga
kelishi va madaniy-tarixiy aloqalarini o’rganadi. Shunday qilib aholi geografiyasi
va demografiya hamkorlikda hal etilishi mumkin bo’lgan muammolarni
demografiya o’rganadi. Halqlarning geografik tarqalishini esa etnografiya
o’rganadi. 3) Antropologiya; sotsiologiya, iqtisod bo’lishi, kishi organizmining
evolyutsiyasi va undagi jismoniy o’zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek
irqlarning vujudga kelishi va geografiyasi aholi mehnat faoliyati turmush sharoiti
va madaniyatida hududiy xususiyatlarni o’rganar ekan antropologiya bilan
munosabatda bo’ladi.
Aholi geografiyasi aholi migratsiyasi, tabiiy o’sishi, talab va ehtiyojlarini
aniqlashda sotsiologiyaga murojjaat etsa, mehnat resurslari, ularning joylashish
xususiyatlarini o’rganishda esa iqtisod fani bilan bog’lanadi.
Aholini dastlabki ro’yxatga olish, qadimgi Gretsiyada, Vavilonda,
Mesopatamiyada, Rim va Xitoy va Yaponiya va Misirda o’tkazilgan. Lekin bu
aholi ro’yxatlarini o’tkazishdan maqsad aholidan soliq yig’ish ya’ni boj olish,
hamda harbiy yurishlar uchun erkaklar sonini aniqlash bo’lgan. Shuning uchun
ham faqat erkaklar ro’yxatga olingan. Chunki u paytlarda oilada, jamiyatda
erkakning iqtisodiy o’rni yuqori bo’lgan va soliq to’lashda faqat erkaklar
qatnashgan, xolos.
68
Eng qadimgi aholi ro’yxatlari (tsenzi), Eramizdan oldingi VI- asrda qadimgi
Rimda imperator Servi davrida o’tkazilgan. Bu aholi ro’yxatlari 510 yillarda
boshlab, har 5 yilda muntazam o’tkazilib turgan. Unda oila boshliqlari o’zi haqida,
shu bilan birga oila a’zolari va mol-mulklari xaqida ma’lumot berganlar.
Feodalizm davrida esa kichik-kichik davlatlar paydo bo’lishi, ularni
parchalanishi natijasida aholining muntazam ro’yxati o’tkazilmagan. Faqat alohida
sharoitlarda ba’zan yoppasiga tarqalgan epidemiyalardan, urushlardan keyin
qancha aholi kelganligini bilish maqsadida aholi ro’yxatga olingan.
XVIII asrning o’rtalarida milliy davlatlarni paydo bo’lishi, kapitalistik
munosabatlarni rivojlanishi bilan aholi xaqida mukammalroq ma’lumotlarga talab
ortib boradi va aholi o’rtasida qator ro’yxatlar o’tkaziladi. Lekin bu ro’yxatlar ham
hamma aholini, uning barcha ijtimoiy-demografik guruhlarini qamrab olmaydi.
Ular ham ba’zi territoriyalarda soliq to’lovchilarni , harbiy xizmatga yaroqli aholi
miqdorini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Mukammal aholi ro’yxati o’tkazishning o’z ilmiy qonun qoidalari
mavjuddir. Bunday aholi ro’yxati aholining hammasini ya’ni yangi tug’ilgan
chaqaloqdan boshlab to eng keksa guruhgacha , qamrab olishi kerak. Birinchi ana
shunday, mukammal aholi ro’yxati birinchi marta 1790 yili AQSh da, 1801 yili
Frantsiya, Daniya, Norvegiyada, Buyuk Britaniyada o’tkazildi. Lekin bu aholi
ro’yxatlari ham juda oddiy bo’lgan va uzoq muddatga cho’zilgan. Masalan,
birinchi Amerika aholi ro’yxati (tsenzi) 18 oyga cho’ziladi.
XIX asrga kelib aholini o’rganish juda kengaydi. Statistika fan sifatida
taraqqiy etdi. Qator Yevropa davlatlarida statistik tashkilotlar tuzildi. Aholini
ro’yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borildi. 1870-1879 yillarda dunyoda 48
ta aholi ro’yxati o’tkazildi. 1880 yillarda - 54, 1890 yillarda - 57 ta 19 asrning
oxirida dunyo aholisini 21 % i ro’yxatga olingan bo’lsa, XX asr boshida - 64 %
aholi ro’yxatga olindi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro’yxatga olish yana ham rivojlanib
ketdi. 1945 - 1954 yillarda - 151 davlatda 1965 - 1974 yillarda - 179 davlatda,
aholi ro’yxatdan o’tkazildi. Hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha davlatlarda
aholi ro’yxati o’tkazildi. Faqat ba’zi bir rivojlanayotgan davlatlarda, iqtisodiy,
siyosiy sabablarga ko’ra aholi ro’yxati o’tkazilmaydi.
Bugungi kunda barcha davlatlarda aholi va uni ijtimoiy demografik
guruhlarining demografik taraqqiyotini o’rganish uchun statistik ma’lumotlar
mavjuddir. Aholi ro’yxatlari ilmiy asoslangan dasturlar orqali juda keng,
mavzularni qamrab olgan holda, har 5-10 yillarda o’tkazilib turiladi. Hozirgi
davrda o’tkazilgan, aholi ro’yxati ma’lumotlari shu qadar keng doirada
to’planganki, ular asosida aholini va ijtimoiy -demografik guruxlarning faqat
miqdorini emas, balki ularning sifatiy ko’rsatkichlarini, ya’ni ma’lumoti, oilaviy
holati, ijtimoiy ahvoli va boshqa xarakterlarini ham o’rganish mumkin. Olingan
ma’lumotlar EVM lar yordamida har bir yo’nalishlar bo’yicha alohida o’rganilib,
statistik yilnomalar tayyorlab boriladi.
Dunyodagi barcha davlatlar qatori O’zbekistonda ham aholini ro’yxatga
olish o’z tarixiga va xususiyatlariga egadir.
69
Aholi ko’payishi va uning omillarini o’rganishda sotsiologik tadqiqotlar
o’tkazish ham muhim ahamiyatga molikdir. Unda har bir xudud, millat va ijtimoiy
guruxlarda mavjud demografik muammolarni aniqlash maqsadida mutaxassislar
tomonidan maxsus so’rovnomalar tuzilib, aholiga tarqatiladi yoki ushbu
guruhlarda mutaxassislar ishtirokida suhbatlar olib boriladi. Sotsiologik uslubda
tadqiqot olib borish asosan, XX asrdan boshlab rivojlana boshladi. O’zbekistonda
ham 1960-1970 yillardan boshlab aholi ko’payishi va boshqa demografik
masalalarni mukammal o’rganish maqsadida qator sotsiologik tadqiqotlar
o’tkazilgandir. Bu borada respublikada Mirzo Ulug’bek nomli ToshDU
aholishunoslik laboratoriyasi asosiy ilmiy -markaz bo’lib, faoliyat ko’rsatgandir.
Aholi soni ko’payishi va uning omillarini o’rganishda sotsiologik tadqiqotlar
o’tkazish ham muhim ahamiyatga molikdir. Unda har bir hudud, millat va ijtimoiy
guruhlarda mavjud demografik muammolarni aniqlash maqsadida mutaxassislar
tomonidan maxsus so’rovnomalar tuzilib, aholiga tarqatiladi yoki ushbu
guruhlarda mutaxassislar ishtirokida suhbatlar olib boriladi. Sotsiologik uslubda
tadqiqot olib borish asosan, XX asrdan boshlab rivojlana boshladi. O’zbekistonda
ham 1960-1970 yillardan aholi ko’payishi va boshqa demografik masalalarni
mukammal o’rganish maqsadida qator sotsiologik tadqiqotlar o’tkazilgan. Bu
borada Respublikada M.Ulug’bek nomli ToshDU Aholishunoslik laboratoriyasi
asosiy ilmiy-markaz bo’lib faoliyat ko’rsatganligini alohida ko’rsatish o’rinli.
Do'stlaringiz bilan baham: |