Geografiyasi


-mavzu: Aholi geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

6-mavzu: Aholi geografiyasi 
 


65 
 
fani  uchun  xos  (o’zbek  tilida  bu  jamoa,  mahalla  axli  ma’nosiga  mos  keladi). 
Sotsiologiya  esa  ma’lum  yoshdagi  shaxs,  millat,  kasb  egalarini  odatda  kichik 
hududlar doirasida tadqiq qiladi. 
Tarix  va  etnografiyada  «xalq»  tushunchasi  qo’llaniladi,  muayyan  bir 
ma’muriy  hudud  iqtisodiyoti  «xalq  xo’jaligi»  atamasi  bilan  tavsiflanadi. 
Shuningdek, biologiya, psixologiya, tibbiyot kabi fanlarda odam, inson tushunchalari 
ko’proq uchraydi. 
Aholi  -  jamiyatning  asosiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchi.  Aholisiz  ishlab 
chiqarishning q’zi ham, fan va texnikaning rivojlanishi va mavjudligi ham bo’lishi 
mumkin  emas.  Shu    bilan  birga  aholi  sanoat,  qishloq  xo’jaligi  maxsulotlarning, 
transportning  va  xizmat  ko’rsatish  sohalarining  asosiy  istemolsidir.  Shu    sababli 
aholining soni har bir mamlakat uchun muhim omil hisoblanadi. 
AQShlik  olim  Dr.  Christion  Sawyer  aholi  va  demografiya  masalalriga 
quyidagicha ta’rif bergan ta’rif bergan
1

 A)Demografiya asoslari 
1. Demografiya inson populatsiyasini o`rganadi. 
2. Geograflar aholining hududiy tarqalishi va ularning ko`chishlarini 
o`rganishda demografik taxlillardan foydalanishadi. 
3. Mamlakat aholisining yosh tarkibi, ijtimoiy va etnik tarkibi va o`sish 
sur`ati uning sog`lom bo`lishiga ta`sir ko`rsatadi. 
B)Aholining hududiy joylashuvi. 
1. 
Aholining hududiy joylashuvi  aholining yer yuzasi bo`ylab 
taqsimlanishida o`ziga xos shakllarni hosil qilgan. 
2. 
Insoniyat tarixi davomida aholi notekis taqsimlangan.  
3. 
Aholi  ko`pincha suv havzalari va haydaladigan yerlar kabi hayot 
bilan ta`minlaydigan resurslar atrofida to`planadi. Kam o`zlashtirilgan hududlarda  
misol uchun sahrolarda aholi kam  yashaydi. 
a) 
Jami aholining deyarli 75%i  yer yuzasining faqat 5%i da yashaydi 
b) 
Yer shari aholining taxminan 50%i shaharlarda va qolgan yarmi 
qishloqlarda yashaydi. 
c) 
Bu aholi joylashuvidagi hududiy farqlar insoniyat tarixining ko`p 
davrida asosan shahar joylarda emas balki qishloqlarda yashaganligini aks ettiradi. 
C) Global aholi taqsimlanishi 
1. Dunyo aholisining deyarli 80%i  Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyodagi 
rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi. 
2. 1 mlrd dan ko`proq bo`lgan aholisi bo`lgan davlatlar faqat 2 ta: Xitoy va 
Hindistondir. 
                                                           
1
 Dr Christion Sawyer ap* Human geography crash course.  Printed in the United States of America.  
Green Edition. -2012.. 37-P. 244 
 


66 
 
3.Aholining eng yuqori hududiy konsentratsiyasi Sharqiy Osiyo 
(Xitoy,Yaponiya, Tayvan, Shimoli va Janubiy Koreya) da tashkil topgan. 
4.Aholining ikkinchi yuqori konsentratsiyasi Janubiy Osiyo (Hindiston, 
Bangladyosh, Shri-Lanka,Pokiston)  davlatlarida tarkib topgan. 
5. Aholining uchinchi yuqori konsentratsiyasi Yevropada Atlantika 
okeanidan Ural tog`larigacha bo`lgan mintaqadadir
2

 Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste’moli bilan birga aholining o’zi 
ham  takror  barpo  qilinadi,  ya’ni  kishilar  avlodlari  tarbiyalanadi,  voyaga 
yetkaziladi.  Shuning  uchun  ham  aholini  geografik  jihatdan  o’rganayotganda  uch 
narsaga e’tibor berishimiz kerak: 
 1. Aholi moddiy boylik ishlab chiqaruvchi kuch, barcha moddiy ne’matlarni 
yaratuvchisi. 
 2.  Aholi  ishlab  chiqarilgan  ijtimoiy  mahsulotlarni  ma’lum  qismini 
iste’molchisi. 
3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini asosiy qismi bo’lib, 
o’zi ham takror barpo qilinishi zarur. 
Har  qanday  iqtisodiy  geografik  muammolarni  hal  qilishda  aholiga  xos 
bo’lgan  shu    xususiyatni  o’rganish  zarur.  Shuning  uchun  ham  aholi  geografiyasi 
iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismidir. 
Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i bo’lishi bilan birga 
boshqa  tarmoqlar  sanoat  geografiyasi,  transport  geografiyasi,  qishloq  xo’jaligi 
geografiyasi orasida alohida o’rin tutadi.  
Aholi  geografiyasi  aholining  tarkibi,  dinamikasi  va  joylashuvidagi  regional 
farqlarki,  bu  farqlarni  vujudga  keltiradigan  qonuniyatlarni,  aholi  punktlarining 
hududiy  tizimlarini  va  ularning  rivojlanish  qonuniyatlarini  o’rganadi.Shuningdek 
aholi  geografiyasi  aholining  yer  shari  bo’yicha,  ayrim  davlatlar  hamda  rayonlar 
bo’yicha xarakatini o’rganadi. 
Aholi  geografiyasining  muhim  tushunchalaridan  biri  -  aholining  hududiy 
joylashish formalaridir. 
Aholi  geografiyasining  yana  bir  muhim  tushunchasi  -  aholining  funktsional 
gruppaga bo’linishi. Aholi uchta funktsional gruppaga bo’linadi: 
1.  Moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  ishlovchilar  -  (sanoat,  qishloq 
xo’jaligi va transport). 
2.  Xizmat  doirasi  sohasida  ishlovchilar  (savdo,  maorif,  sog’liqni  saqlash, 
kommunal xo’jalik, shahar transporti xodimlari). 
3.  Ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  ishtirok  etmaydiganlar  (bolalar,  uy 
bekalari,qariyalar) 
Undan tashqari aholining migratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan ham bir qancha 
qonuniyatlar bor. 
                                                           
2
 Dr Christion Sawyer ap* Human geography crash course.  Printed in the United States of America.  
Green Edition. -2012.. 37-P. 244 
 
 


67 
 
Aholi geografiyasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: 
1.  Aholi  tarkibi  va  uning  takror  barpo  qilinishidagi  geografik  farqlar  va  bu 
farqning sababini o’rganish; 
2.  Mehnat  resurslari  va  ulardan  foydalanishdagi  geografik  farqlarni 
o’rganish; 
3. Aholining hududiy taqsimlanishi va ularning harakatini o’rganish; 
4. Aholi punktlari va ularning hududiy tizimini o’rganish; 
5.  Aholining  madaniyati  va  turmush  sharoitidagi  farqlarni  va  ularning 
sababini o’rganish; 
6. Tarixiy aholi geografiyasi. O’tgan tarixiy davrlarning aholi geografiyasini 
o’rganish. 
7. Aholini xaritaga tushirish. 
Aholi geografiyasining o’z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan, bevosita 
bog’liq holda tadqiqot olib boradigan fanlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 
1)  Geografiya  fanlari  tizimi.  Aholi  geografiyasi  xo’jalik  tarmoqlarini 
joylashtirish  qonuniyatlarini  ishlab  chiqishda  bevosita  tabiiy  geografiya  bilan, 
aholi  salomatligi  ishlab  chiqarish  kuchlarining  to’g’ri  joylashtirishda,  aholi  tibbiy 
xizmatni  tashkil  etishda  tibbiyot  geografiyasi  bilan  shuningdek  xizmat  doirasi 
geografiyasi,  turizm  geografiyasi  iste’mol  geografiyasi,  tarixiy  geografiya  va 
kartografiya yo’nalishlari bilan uzviy aloqada rivojlanadi. 
2)  Demografiya  va  etnografiya.  Bu  fanlar  aholi  geografiyasi  bilan 
chambarchas  va  har  tomonlama  aloqada  bo’lgan  fanlar  hisoblanadi.  Chunki  bu 
fanlar  ham  bevosita  aholi  geografiyasi  singari  aholini  o’rganadi.  Lekin  ushbu 
fanlar  aholini  har  qaysisi  o’z  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan  holda  o’rganadilar. 
Masalan,  demografiya  aholining  soni,  takror  barpo  bo’lish  qonuniyatlari  va 
omillarini  o’rgansa,  1)  etnografiya-  halqlarning  turmushi  va  madaniyati,  vujudga 
kelishi  va  madaniy-tarixiy  aloqalarini  o’rganadi.  Shunday  qilib  aholi  geografiyasi 
va  demografiya  hamkorlikda  hal  etilishi  mumkin  bo’lgan  muammolarni 
demografiya  o’rganadi.  Halqlarning  geografik  tarqalishini  esa  etnografiya 
o’rganadi.  3)  Antropologiya;  sotsiologiya,  iqtisod  bo’lishi,  kishi  organizmining 
evolyutsiyasi  va  undagi  jismoniy  o’zgarishlarning  qonuniyatlari,  shuningdek 
irqlarning  vujudga  kelishi  va  geografiyasi  aholi  mehnat  faoliyati  turmush  sharoiti 
va  madaniyatida  hududiy  xususiyatlarni  o’rganar  ekan  antropologiya  bilan 
munosabatda bo’ladi. 
Aholi  geografiyasi  aholi  migratsiyasi,  tabiiy  o’sishi,  talab  va  ehtiyojlarini 
aniqlashda  sotsiologiyaga  murojjaat  etsa,  mehnat  resurslari,  ularning  joylashish 
xususiyatlarini o’rganishda esa iqtisod fani bilan bog’lanadi.  
Aholini  dastlabki  ro’yxatga  olish,  qadimgi  Gretsiyada,  Vavilonda, 
Mesopatamiyada,  Rim  va  Xitoy  va  Yaponiya  va  Misirda  o’tkazilgan.  Lekin  bu 
aholi  ro’yxatlarini  o’tkazishdan  maqsad  aholidan  soliq  yig’ish  ya’ni  boj  olish, 
hamda  harbiy  yurishlar  uchun  erkaklar  sonini  aniqlash  bo’lgan.  Shuning  uchun 
ham  faqat    erkaklar  ro’yxatga  olingan.  Chunki  u  paytlarda  oilada,  jamiyatda 
erkakning  iqtisodiy  o’rni  yuqori  bo’lgan  va  soliq  to’lashda  faqat  erkaklar 
qatnashgan, xolos. 


68 
 
Eng qadimgi aholi ro’yxatlari (tsenzi), Eramizdan oldingi VI- asrda qadimgi 
Rimda  imperator  Servi  davrida  o’tkazilgan.  Bu  aholi  ro’yxatlari  510  yillarda 
boshlab, har 5 yilda muntazam o’tkazilib turgan. Unda oila boshliqlari o’zi haqida, 
shu  bilan birga oila a’zolari va mol-mulklari xaqida ma’lumot berganlar. 
Feodalizm  davrida  esa  kichik-kichik  davlatlar  paydo  bo’lishi,  ularni 
parchalanishi natijasida aholining muntazam ro’yxati o’tkazilmagan. Faqat alohida 
sharoitlarda  ba’zan  yoppasiga  tarqalgan  epidemiyalardan,  urushlardan  keyin 
qancha aholi kelganligini bilish maqsadida aholi ro’yxatga olingan. 
XVIII  asrning  o’rtalarida  milliy  davlatlarni  paydo  bo’lishi,  kapitalistik 
munosabatlarni rivojlanishi bilan aholi xaqida mukammalroq ma’lumotlarga talab 
ortib boradi va aholi o’rtasida qator ro’yxatlar o’tkaziladi. Lekin bu ro’yxatlar ham 
hamma  aholini,  uning  barcha  ijtimoiy-demografik  guruhlarini  qamrab  olmaydi. 
Ular ham ba’zi territoriyalarda soliq to’lovchilarni , harbiy xizmatga yaroqli aholi 
miqdorini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. 
Mukammal  aholi  ro’yxati  o’tkazishning  o’z  ilmiy  qonun  qoidalari 
mavjuddir.  Bunday  aholi  ro’yxati  aholining  hammasini  ya’ni  yangi  tug’ilgan 
chaqaloqdan boshlab to eng keksa guruhgacha , qamrab olishi kerak. Birinchi ana 
shunday,  mukammal  aholi  ro’yxati  birinchi  marta  1790  yili  AQSh  da,  1801  yili 
Frantsiya,  Daniya,  Norvegiyada,  Buyuk  Britaniyada  o’tkazildi.  Lekin  bu  aholi 
ro’yxatlari  ham  juda  oddiy  bo’lgan  va  uzoq  muddatga  cho’zilgan.  Masalan, 
birinchi Amerika aholi  ro’yxati (tsenzi) 18 oyga cho’ziladi. 
XIX  asrga  kelib  aholini  o’rganish  juda  kengaydi.  Statistika  fan  sifatida 
taraqqiy  etdi.  Qator  Yevropa  davlatlarida  statistik  tashkilotlar  tuzildi.  Aholini 
ro’yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borildi. 1870-1879 yillarda dunyoda 48 
ta  aholi  ro’yxati  o’tkazildi.  1880  yillarda  -  54,  1890  yillarda  -  57  ta  19  asrning 
oxirida dunyo  aholisini  21  %  i  ro’yxatga olingan bo’lsa,  XX  asr boshida  - 64  % 
aholi ro’yxatga olindi. 
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  aholini  ro’yxatga  olish  yana  ham  rivojlanib 
ketdi.  1945  -  1954  yillarda  -  151  davlatda  1965  -  1974  yillarda  -  179  davlatda, 
aholi  ro’yxatdan  o’tkazildi.  Hozirgi  paytda  dunyodagi  deyarli  barcha  davlatlarda 
aholi  ro’yxati  o’tkazildi.  Faqat  ba’zi  bir  rivojlanayotgan  davlatlarda,  iqtisodiy, 
siyosiy sabablarga ko’ra aholi ro’yxati o’tkazilmaydi. 
Bugungi  kunda  barcha  davlatlarda  aholi  va  uni  ijtimoiy  demografik 
guruhlarining  demografik  taraqqiyotini  o’rganish  uchun  statistik  ma’lumotlar 
mavjuddir.  Aholi  ro’yxatlari  ilmiy  asoslangan  dasturlar  orqali    juda  keng, 
mavzularni  qamrab  olgan  holda,  har  5-10  yillarda  o’tkazilib  turiladi.  Hozirgi 
davrda  o’tkazilgan,  aholi  ro’yxati  ma’lumotlari  shu    qadar  keng  doirada 
to’planganki,  ular  asosida  aholini  va  ijtimoiy  -demografik  guruxlarning  faqat 
miqdorini  emas,  balki  ularning  sifatiy  ko’rsatkichlarini,  ya’ni  ma’lumoti,  oilaviy 
holati,  ijtimoiy  ahvoli  va  boshqa  xarakterlarini  ham  o’rganish  mumkin.  Olingan 
ma’lumotlar EVM lar yordamida har bir yo’nalishlar bo’yicha alohida o’rganilib, 
statistik yilnomalar tayyorlab boriladi. 
Dunyodagi  barcha  davlatlar  qatori  O’zbekistonda  ham  aholini  ro’yxatga 
olish o’z tarixiga va xususiyatlariga egadir. 


69 
 
Aholi  ko’payishi  va  uning  omillarini  o’rganishda  sotsiologik  tadqiqotlar 
o’tkazish ham muhim ahamiyatga molikdir. Unda har bir xudud, millat va ijtimoiy 
guruxlarda    mavjud  demografik  muammolarni  aniqlash  maqsadida  mutaxassislar 
tomonidan  maxsus  so’rovnomalar  tuzilib,  aholiga  tarqatiladi  yoki  ushbu 
guruhlarda  mutaxassislar  ishtirokida  suhbatlar  olib  boriladi.    Sotsiologik  uslubda 
tadqiqot olib borish asosan, XX asrdan boshlab rivojlana boshladi. O’zbekistonda 
ham  1960-1970  yillardan  boshlab  aholi  ko’payishi  va  boshqa  demografik 
masalalarni  mukammal  o’rganish  maqsadida  qator  sotsiologik  tadqiqotlar 
o’tkazilgandir.  Bu  borada  respublikada  Mirzo  Ulug’bek  nomli  ToshDU 
aholishunoslik laboratoriyasi asosiy ilmiy -markaz bo’lib, faoliyat ko’rsatgandir. 
Aholi soni ko’payishi va uning omillarini o’rganishda sotsiologik tadqiqotlar 
o’tkazish ham muhim ahamiyatga molikdir. Unda har bir hudud, millat va ijtimoiy 
guruhlarda  mavjud  demografik  muammolarni  aniqlash  maqsadida  mutaxassislar 
tomonidan  maxsus  so’rovnomalar  tuzilib,  aholiga  tarqatiladi  yoki  ushbu 
guruhlarda  mutaxassislar  ishtirokida  suhbatlar  olib  boriladi.  Sotsiologik  uslubda 
tadqiqot olib borish asosan, XX asrdan boshlab rivojlana boshladi. O’zbekistonda  
ham  1960-1970  yillardan  aholi  ko’payishi  va  boshqa  demografik  masalalarni 
mukammal  o’rganish  maqsadida  qator  sotsiologik  tadqiqotlar  o’tkazilgan.  Bu 
borada  Respublikada  M.Ulug’bek  nomli  ToshDU  Aholishunoslik  laboratoriyasi 
asosiy ilmiy-markaz bo’lib faoliyat ko’rsatganligini alohida ko’rsatish o’rinli. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish