Aholining takror barpo bo’lishi. Insoniyat taraqqiyoti davomida hamisha
avlodlar almashinuvi jarayoni davom etib kelgan. Har yili qandaydir sabablarga
ko’ra vafot etgan aholi o’rnining yangidan, dunyoga kelgan avlod hisobiga
to’ldirilib borishi aholining takror barpo qilinishi deyiladi. Tug’ilganlar soni
o’lganlar sonidan ortiq bo’lgandagina aholi soni oshib, ko’payib boradi. Bu esa
jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir.
Aholini takror barpo bo’lishi asosan ikki demografik jarayonlar -tug’ilish va
o’limga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |