Geografiyasi


Buyuk  geografik  kashfiyotlar



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Buyuk  geografik  kashfiyotlar  davrining  geografiya  fanining  rivojlanishida 
muhim o’rinni egallaganini alohida ta’kidlash lozim. Bu davrda (XV asrning oxiri 
va  XVII  asrning  birinchi  yarmi)  misli  ko’rilmagan  geografik  o’zgarishlar  sodir 
bo’ldi.  Bularga  X.Kolumbning  Markaziy  Amerika,  Janubiy  Amerika  sohillariga 
qilgan sayohatlari (1492-1504 y), Portugaliyadan Vasko da Gamaning Hindistonga 
(Kallikuta  shahri,  1497-1498  y),  Mangellanning  Dunyo  okeani  bo’ylab  sayohati 
(1519-1522)  kabilarni  e’tirof  etish  joiz.  Sayohatchilarning  asosiy  maqsadi  bitta 
bo’lgan:  dengiz  yo’li  orqali  dunyoning  eng  boy  va  ko’rkam  joyi  Janubiy  Osiyo 
(Hindiston, Indoneziya) ga borish edi. 
Bu  bosqich  Yevropada  V  asrdan  XVII  asrga  qadar  davom  etdi,  1500  yilga 
kelib  Yer  shari  aholisining  soni  400-500  mln  kishiga  yetdi.  Buning  3/4  qismi 
Osiyo  qit’asiga to’g’ri  kelar  edi.  Shahar hayoti  bo’yicha  Osiyo  Yevropadan  o’zib 
ketdi.  Ammo,  Yevropada  uzoq  davom  etgan  turg’unlikdan  so’ng  shaharlar  – 
hunarmandchilik,  savdo,  madaniy  va  siyosiy  markazlar  sifatida  katta  rol  o’ynay 
boshladi. 
Natural  xo’jalik  va  mehnat  taqsimotining  pastligi  oqibatida  siyosiy  karta 
g’oyat  mayda-mayda  bo’laklardan  iborat  edi.  (birgina  Germaniya  hududida  300 
dan ortiq kichik davlatlar bo’lgan). Ichki bozorning shakllanishi, xalqlar o’rtasida 
etnik  konsolidatsiyaning  kuchayishi  bilan  yirik  markazlashgan,  absolyut 
monarxiya tipidagi davlatlar – Frantsiya, Angliya, Ispaniya, Rus davlati, Hindiston, 
Xitoy, Temur davlati va boshq. yuzaga keldi. 
Sanoat rivojlanishi bilan bir qatorda shaharlar tez rivojlandi. Chunonchi, XVII 
asr  boshlarida  Londonda  200  ming,  Parij  va  Neapolda  300  mingdan  ortiq  aholi 
yashay  boshladi.  Aholining  migratsion  harakatlari  kuchaydi.  Bu  jarayonlar 
Yevropa  mamlakatlaridan  Angliya,  Niderlandiya,  Frantsiyaga,  ozroq  Italiya, 
Ispaniya,  Germaniyaga  xos  bo’lib,  Osiyo,  Afrika,  Shimoliy  va  Janubiy  Amerika, 
Avstraliya  va  Okeaniyada  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyoti  past  darajada 
qolaverdi. Natijada, Yevropa jahon xo’jaligida yetakchi mavqega ega bo’lib qoldi 
va bugungi sanoatlashgan qiyofa uchun asos solindi. Yevropaning bu davrda jahon 


57 
 
xo’jaligida  yetakchi  mavqega  ega  bo’lishiga  va  Buyuk  geografik  kashfiyotlarda 
asosiy rol o’ynashiga quyidagi shart-sharoitlar: 
1. Iqtisodiy ya’ni tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi; 
2. Siyosiy ya’ni yirik markazlashgan davlatlarning shakllanishi; 
3.  Ijtimoiy  –  yangi  yerlarni  ochish  va  o’zlashtirish  uchun  malakali 
mutaxassislar mavjudligi; 
4. Texnik karavellani, kompas va kompas kartalarining yaratilishi; 
5. Ilmiy – tabiiy fanlardagi yutuqlar; 
6. Tarixiy-geografik, ya’ni turk Usmoniylari tomonidan O’rta dengiz bo’yi va 
Sharqiy Yevropaning bir qismini bosib olinganligi kuchli ta’sir ko’rsatdi. 
Buyuk  geografik  kashfiyotlar  (Amerika  -  yangi  dunyoning  kashf  etilishi) 
jahon  siyosiy  kartasining  va  jahon  xo’jaligining  shakllanishiga  kuchli  ta’sir 
ko’rsatadi.  Buyuk  geografik  kashfiyotlar  oqibatida  Ispaniya  –  Amerikada, 
Portugaliya va Gollandiya – Osiyoda dastlabki mustamlaka hududlarga ega bo’ldi. 
Mustamlakalardan  Yevropaga  qimmatbaho  metallar,  shakar,  choy  va  boshqa 
“mustamlaka  mahsulotlari”  keltirildi.  Asosiy  savdo  yo’llari  Atlantika  va  Hind 
okeanining  ichki  dengizlaridan  o’tdi.  Yevropada  –  Lissabon,  Sevilya,  Antverpen 
va Amsterdam kabi yirik port shaharlar yuzaga keldi. Geografik mehnati taqsimoti 
yanada chuqurlashdi. 
Temuriylar  davrida  Turkiston  geografiya  fani  yozma  tavsif  uslubida 
rivojlandi.  Ayniqsa  Boburning  shoh  asari  “Boburnoma”  har  qanday  maqtovga 
sazovor.  Unda  tog’  va  tekisliklar,  daryo  va  ko’llar,  dengizlar,  o’simliklar  va 
hayvonot  olami,  iqlimi,  aholining  urf-odatlari,  madaniyati,    shu  g’ullanadigan 
yumushlari mohirona jonli tavsiflanadi. Boburni mashhur sayyoh-geograf, haqiqiy 
alьpinist deb atash mumkin. U Hindistonga yurish qilganda baland qorli tog’larni 
oshib  o’tgan.  O’zi  yurgan,  ko’rgan  va  bilganlarni  haqqoniy  bayon  qilgan.  Shu  
asosda H.Hasanov “Bobur tasavvurida Farg’ona vodiysi” kabi haritalarini bemalol 
qiynalmasdan  chizganlar.  Temuriylar  davrida  yashagan  Ali  Qushchi,  Qoshg’ariy, 
M.Ulug’bek,  A.Samarqandiy  singarilarning  ijodida  geografiya  va  unga  turdosh 
fanlar to’g’risida qiziqarli fikrlar berilgan. 
Geografiya  fanining rivojlanishidagi  yangi  davr  ikki  asr  davom  etadi  (XVIII 
asr boshlaridan hozirgi paytgacha). Ayniqsa XVIII-XIX asrlarining tutash qismida 
kapitalistik  ishlab  chiqarish  tizimining  takomillashi  bilan  bog’liq  kashfiyotlar 
geografiya fanining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etdi. Jumladan, 1785 yilda Kartrayt 
to’quv 
stanogini 
kashf 
etdi 
va 
bu 
o’z 
navbatida 
Angliyaning 
mustamlakalaridanlaridan  paxta  olib  kelishi  kuchaydi,  Angliyada  po’lat  eritish 
1870  yilga  nisbatan  yuz  barobar  oshdi.  1784  yilda  Uatt  bug’  bilan  ishlaydigan 
mashinani  (Rossiyada  1764  yilda  Polzunov)  ixtiro  etdi,  1803  yilda  birinchi 
paroxod qurildi, 1825 yilda birinchi parovoz ishga tushdi. 
Niderlandiyalik  geograf  Bernxard  Varenius  (1622-1650)  va  buyuk  fizik 
I.Nyuton  (1642-1727)  geografiya  faniga  salmoqli  hissa  qo’shgan  olimlardan 
hisoblanadi.  B.Veranius  mashhur  “Umumiy  geografiya”  darsligini  yozgan. 
I.Nyuton  shu    darslik  bo’yicha  ma’ruzalar  o’qigan  va  ikki  marotaba  qayta  nashr 
(1672  va  1681y)  ettirgan.  Rus  tiliga  1718  yilda  Petr  I  buyrug’iga  binoan  tarjima 
qilingan.  Kitob  uch  tom  va  qirqta  bobdan  iborat  bo’lib,  Yer  yuzasini, 


58 
 
qonuniyatlarni,  Yerning  qattiq,  suv  va  havo  qobig’ini  tavsiflaydi,  U  Yer  yuzida 
uchta zonani – issiq (torrida), sovuq (frigida) va mo’’tadil (temperata) ajratadi.  
Rossiyada geografiyaning ravnaq topishiga V.N.Tatishyev (1686-1750) bilan 
M.V.Lomonosov  (1711-1765)  munosib  hissa  qo’shdilar.  Tatishyev  rahbarligida 
Sibir va Rossiyaning geografiyasiga tegishli “Katta chizma kitobi” (1745 y) nashr 
etildi.  Nьyuton  dunyoni  ilohiy  kuch  yaratgan  deb  hisoblagan  bo’lsa,  Lomonosov 
tabiat  qonunlari  asosida  barpo  bo’lgan  deb  ta’kidlaydi.  Lomonosov  taklifi  bilan 
Rossiyaning turli qismlariga tegishli atlaslar tuzildi. Uning loyihasiga binoan 1755 
yilda birinchi rus universiteti – Moskva Universiteti tashkil topdi. 
Nemis  faylasufi  va  geografi  Immanuil  Kant  (1724-1804)  o’zining  mashhur 
kosmogonik  kontseptsiyasini  yaratdi.  U  Kenigsburg  universitetida  qirq  yil 
davomida  geografiya  professori  bo’lib  hisoblangan.  Kant  geografiyasida  tabiat 
komponentlari  (odam  ham)  haqida  ma’lumot  beriladi.  Uningcha  odamzod  tabiat 
sirlarini  qanday  bo’lsa  shundayligicha  to’liq  bilishga  qodir  emas.  Odamzod  faqat 
aql-zakovati  doirasidagina  fikr  yurita olishi  mumkin.  Uning  shunday  so’zlari bor: 
”Siz  menga  faqat  materiyani  bering,  men  undan  Sizga  butun  dunyoni  yaratib 
beraman”. Darhaqaqiqat u Quyosh sistemasining paydo bo’lishini (Dekart singari) 
changsimon  tumanliklarning  quyuqlashu  vidan  hosil  bo’ladi  degan  fikri 
avliyolarcha  bashorat  qilgan  edi.  Ikkinchidan  u  Olam  issiqlik  (energetik)  halokat 
yoqasiga tabora yoqinlashmoqda degan. Quyosh sovuydi, u vaqt kelganda o’chadi 
degan fikrlarni aytgan. 
Buyuk geograflardan biri (nemis) Aleksandr Gumboltdir (1769-1859). Uning 
nisbati  “quruqlikdagi  Magellan”.  U  Janubiy,  Markaziy  va  Shimoliy  Amerika, 
Yevropa,  Rosiya,  O’rta  Osiyo  (Turkiston),  Oltoy  o’lkalarida  bo’lgan.  Botanik 
Bonplan  bilan  birgalikda  6000  o’simlik  turidan  gerbariy  to’plagan.  Hozirgi 
biogeografiya,  geomorfolgiya,  iqlimshu  noslik,  gidrogeologiya  kabi  fanlarga  oid 
qiziqarli  ma’lumotlarni  bevosita  dalada  to’pladi  va  tahlil  qildi,  umumgeografik 
xulosalar yaratdi. 
Charlz Darvin (1809-1882) ham birinchi navbatda geograf-sayyoh bo’lgan. U 
“Bigl” kemasida besh yillik dunyo sayohatini o’tagan. Darvin organik dunyoning 
evolyutsion qonuniyatini yaratdi.  
K.Ritter  (1779-1859)  geografiya  tarixida  chuqur  iz  qoldirgan  buyuk 
shaxslardan  biri.  Uning  asosiy  asari  “Umumiy  yer  bilimi”  hisoblanadi.  U  singari 
birorta  olim  qiyoslash,  hodisalar  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqliklarni  tavsiflash, 
geografik  kontseptsiyaning  birligi,  narsa  va  hodisalarni  mohirona  yozishda  undan 
o’tadigan  bo’lmagan.  Osiyo  tavsifiga  tegishli  beshta  tomni  P.P.Semyonov 
(SemyonovTyanshanskiy) rus tiliga tarjima qilgan bo’lib Ritter to’g’risida shunday 
iliq  so’zlarni gapirgan:  “Umumiy  yer  bilimi  haqidagi  fanlarning  o’lmas  siymosi”. 
Ritterning  ikkinchi  asari  universitet  talabalariga  mo’ljallangan  “Umumiy  yer 
bilimi”  kursi  bo’lgan.  Ritterning  asosiy  g’oyasi:  “Geografiya  (ya’ni  umumiy  yer 
bilimi) jami yerni o’rganadi”. 
A.Gettner  (1859-1941)  singari  geografiya    fanining  sof  hududiy  (xorologik) 
mohiyatini uzluksiz targ’ib etgan tadqiqotchi bo’lmagan. Lekin u geografiya bilan 
tarix  fanini  bir-biriga  yaqinlashtirish  mutlaq  mumkin  emas  deb  Kant  g’oyasini 
yoqlab chiqadi. 


59 
 
Frantsuz  geografi  Eliza  Reklyu  (1830-1905)  uchta  yirik  geografik  asar 
yaratgan. (“Zemlya”, 1867 y.- 6 tomli, “Er va el”, 1876- 1895 y.-19 tomli, “Inson 
va  Yer”,  1905-1908  y.-  6  tomli)  U  “Inson  va  Yer”  asariga  epigraf  tariqasida 
quyidagi  go’zal  iborani  keltirgan:  “Geografiya  insonga  nisbatan  makondagi 
tarixdan  bo’lak  narsa  emas,  tarix esa o’tmish geografiyasidir”. Reklyu  “geografik 
muhit” tushunchasini ko’p ishlatgan. 
Ruslarning  dunyo  aylanasi  bo’ylab  qilgan  sayohatini  I.F.Kruzenshtern  va 
Yu.F.Lisyanskiy  ekspeditsiyasi  (1803-1806  y.)  boshlab  berdi.  Rus  dengizchi 
sayyohlaridan  O.E.Kotsebu,  F.P.Litke,  O.S.Makarov,  N.N.Mikluxo-Maklay, 
I.M.Simonov  va  boshqalar  okean  va  undagi  orollarni  o’rgangan.  1845  yilda 
birinchi  bor  Rus  geografiya  jamiyati  ta’sis  etildi.  Geografiya  jamiyatining  “Oltin 
davri”  XIX  asrning  oxirgi  choragiga  to’g’ri  keladi.  Bu  davrda  N.M.Prjevalskiy, 
G.N.Potanin,  M.V.Pevtsov  va  boshqalar,  Markaziy    Osiyoni  tekshirdilar. 
Nazariyotchi  geograflardan  iqlimshu  nos  A.I.Voyekov,  geodezist  A.A.Tillo,  muz 
davrining  tadqiqotchisi  P.A.Kropotkin,  biogeograf  N.A.Severtsev,  geologlardan 
I.M.Mushketov va V.A.Obruchevlarni alohida eslatib o’tish joiz. 
D.N.Anuchinning  (1843-1923)  Moskva  geografiya  maktabi  1884  yilda 
Moskva  Davlat  Universitetida  shakllandi. Olim  kafedrani  boshqardi  va  “Umumiy 
yer  bilimi”  kursini  o’qidi.  Uningcha  geografiya  “Yer  yuzasining  tabiatini 
o’rganishi  lozim.  U  geografiyani  ikki  qismga:  umumiy  yer  bilimi  va  o’lkashu 
noslikka  ajratdi.  Birinchisi  Yer  yuzasidagi  tabiiy  geografik  komponentlar 
majmuasini, ikkinchisi tabiiy kompleksini odam bilan birgalikda o’rganadi. 
V.V.Dokuchayevning  (1846-1903)  Peterburg  maktabi  geografiya  nazariyoti 
va amaliyotini rivojlantirdi. Tuproqshu noslikka asos soldi. “Tuproq-landshaftning 
ko’zgusi” degan edi olim. Tabiat zonalari haqidagi ta’limotni yaratdi. 
XVII asr o’rtalaridan XIX asr o’rtalariga qadar bo’lgan bosqichda Yevropada 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish