“sanoat inqilobi” davri bo’lib, manufaktura (qo’l bilan ishlab chiqarish)
bosqichidan fabrika-zavod ishlab chiqarish bosqichiga o’tayotganligi bilan
harakterlanadi. Yevropa mamlakatlarida industrlashtirish, sanoatning moddiy
ishlab chiqarishning bosh sohasiga aylanishi jarayoni boshlandi. Bug’
mashinasining ixtiro qilinishi esa sanoat va transportda inqilobiy o’zgarishlarga
sabab bo’ldi.
Evropada ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishiga sanoat inqilobi
g’oyat kuchli ta’sir etdi. Jahon iqtisodiyotida Yevropa so’ngra, 1776 yilda tashkil
topgan AQSh katta o’rin tuta boshladi. Angliya jahon mamlakatlari o’rtasida
sanoat, savdo, moliya va harbiy jihatdan yetakchi mavqega ega bo’ldi. London
jahondagi eng yirik shahar, port va moliya markaziga aylandi. 1870 yil jahon
sanoat ishlab chiqarishning 33,0 foizi Angliya hissasiga, 25,0 foizi esa AQSh
hissasiga to’g’ri kelar edi. Britaniyaning umumiy maydoni 22,0 mln.km.kv bo’lgan
(Hindiston, Kanada, Avstraliya, Janubiy Amerikada) hududlarni o’ziga qaratib
oldi. Ispaniya esa o’zining Lotin Amerikasidagi deyarli barcha mustamlakalaridan
ajrab qoldi. (Lotin Amerikasidagi 1810-1825 yillardagi milliy ozodlik harakati
natijasida.) Bu holat Angliyani jahon iqtisodiyoti va siyosiy kartasida haddan
tashqari katta o’rin tutishiga olib keldi.
60
Bu bosqichning bosh iqtisodiy xususiyatlari xo’jalikning yanada
baynalminallashu vi va xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir.
Xalqaro savdoda mustamlakalar o’rni quyidagi omillar bilan belgilanar edi.
1. Mustamlakalar tor doiradagi qimmatbaho mahsulotlarni yetkazib
berishdan tashqari rivojlangan plantatsiya xo’jaligi (tropik dehqonchilik)
mahsulotlarini yetkazib bera boshladi. “Eski dunyo” dan “Yangi dunyo” ga
shakarqamish, kofe, choy, paxta ekinlari o’tgan bo’lsa, aksincha ulardan
makkajo’xori, kartoshka, pamidor, kakao, tamaki ekinlari keltirilgan.
2. Mustamlakalar plantatsiya xo’jaliklari uchun ishchi kuchi yetkazib berdi.
Qul savdosi rivojlandi, bundan Afrika katta zarar ko’rdi.
3. Mustamlakalar metropoliyalar uchun sanoat mahsulotlari sotadigan
bozorga aylandi. Dastlabki ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish kontseptsiyalari
ham yuzaga keldi. Masalan, nemis iqtisodchisi va iqtisodiy - geografi
I.Tyunenning (1783-1850) “Qishloq xo’jaligini joylashtirish” nazariyasi bevosita
Germaniya sharoitida bozor munosabatlariga xos yuqori foyda olish bilan bog’liq
dastlabki ilmiy qarashlardan hisoblanadi.
Ichki yonuv dvigatelini ixtiro qilinishi oqibatida transport tarmoqlarida
yanada kuchli o’zgarishlar ro’y berdi. Rossiya, AQSh va Kanadada dastlabki
transkontinental temir yo’llar qurildi. Dengiz transporti kontinentlararo ahamiyat
kasb etdi. (Yelkanli kemalar bug’ bilan yuradigan kemalar bilan almashdi.)
Suvaysh va Panama kanallarining qurilishi tufayli okeanlararo yuk tashish
yo’nalishlari shakllandi. Transportning rivojlanishi xalqaro bozorni yanada
kengayishiga olib keldi.
XX asr boshlarida jahon mamlakatlarida ishlab chiqarish kuchlari
taraqqiyoti ichki qarama-qarshiliklarga boyligi, iqtisodiy va siyosiy notekislik
bilan harakterlanadi. Bu jarayon ayniqsa, AQSh uchun xos bo’lib, XIX asrning 60-
yillari oxiridan iqtisodiy yuksalish pallasiga kirdi. 1913 yilda AQSh ning jahon
sanoat ishlab chiqarishidagi hissasi 36,0 foizni tashkil qildi. Bu Angliya, Frantsiya,
Germaniyani birgalikda olganda ham ko’proq edi. Nyu-York nafaqat jahondagi
eng yirik shahar bo’libgina qolmasdan, London va Parij shaharlarining bir qator
funktsiyalarini
o’ziga oldi yoki I.A.Vitver fikricha, jahon xo’jaligi
“Yevromarkazdan”, “ikki markaz” lilikka aylandi.
Yevropada Germaniya (1871 yilgi birlashuvdan so’ng) iqtisodiy taraqqiyot
yo’liga kirib Angliyadan o’tib ketdi. Frantsiya va G’arbiy Yevropadagi boshqa bir
qator mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyot nisbatan sekinroq ekanligi bilan
tavsiflansa, Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyot ancha
bo’sh edi.
Osiyo (Yaponiyadan tashqari), Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
iqtisodiy jihatdan qoloq, agrar xom ashyo mamlakatlari bo’lib qolaverdi. Xuddi
shunday holat Rossiyaning mustamlakasi hisoblangan Turkiston o’lkasi uchun ham
xos bo’lib, u tipik agrar xom ashyo hududi edi.
“Buyuk davlatlar”ning iqtisodiy va harbiy salohiyati hamda “Yevropadagi
imtiyozli mayda millat”lar (Shvetsiya, Belgiya, Niderlandiya) dunyoni o’zlarining
ta’sir darajalariga kiritish va bo’lib olish uchun kurashdilar. Dastlab, Afrika va
Okeaniya to’la bo’lib olindi. Germaniya, Belgiya, Italiya, AQSh, Yaponiyadan
61
iborat mustamlakachi davlatlar yuzaga keldi. Frantsiya mustamlakalari kengaydi.
Buyuk Britaniya o’zining mustamlakalarini kengaytirib, hududini 33,0 mln. kv.km.
ga yetkazdi.
Bo’lib olingan dunyoni qayta bo’lib olish uchun bo’lgan kurash birinchi
jahon urushiga (1914-1918) olib keldi. Mustamlaka qaramligining shakllari
o’zgardi. Buyuk Britaniya tarkibidagi beshta rivojlangan ishlab chiqarish
munosabatlari ko’chirma qilingan – mustamlakalar dominon maqomiga ega bo’ldi.
Xitoy, Eron, Turkiya amalda yarim mustamlaka hududlar bo’lib qoldi. XIX asr
oxiri XX asr boshlarida dunyo iqtisodiy jihatdan ham ta’sir mintaqalariga bo’lib
olindi. Iqtisodiy jihatidan rivojlangan mamlakatlar AQSh, Yevropa mamlakatlari
bo’lsa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Avstraliya va Okeaniya mustamlaka va
qaram hududlar bo’lib qoldi.
Ayni vaqtda, bu hududlar rivojlangan mamlakatlarning agrar xom ashyo
rayoniga aylandi. Bu mamlakatlar oziq-ovqat qishloq xo’jalik mahsulotlari
yetkazib berishdan tashqari arzon ishchi kuchi yetkazib beradigan rayon va tayyor
mahsulotlar sotiladigan bozor ham edi. Bir qator mamlakatlarda qishloq xo’jalik
ixtisoslashuvi monokulturaga (yakka hokimlikka) asoslanib qoldi. Shuningdek,
Kanada, Argentina, Avstraliya, Yangi Zellandiya, JAR mamlakatlari ham oziq-
ovqat, xom ashyo yetkazib beruvchi mintaqaga aylanadi.
XX asrning 20-90 yillari va XXI asr busag’asida dunyo siyosiy kartasi va
jahon xo’jaligida muhim miqdor va sifat o’zgarishlari yuz berganligi bilan ajralib
turadi. Dunyo siyosiy kartasidagi o’zgarishlar:
a) 1917 yil Rossiyada oktyabr to’ntarishi bilan bog’liq jahonning ikki
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga bo’lib yuborilishi;
b) 1939-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi oqibatida Yevropa siyosiy
kartasida Germaniyaning uchga (GFR, GDR va G’arbiy Berlin) bo’linishi; Sharqiy
Yevropada xalq demokratiyasi shaklidagi davlatlarning (PXR, ChSSR, VXR, RSR,
BXR, YuSFR, AXDR, GDR, Osiyoda – XXR, KXDR, VSR) Lotin Amerikasida
esa 1959 yil Kuba, 1970 yil o’rtalaridan LXDR ning yuzaga kelishi;
B) XX asr 50-yillarning o’rtalaridan mustamlaka va qaram hududlarda
mustaqillik uchun kurashning kuchayishi oqibatida Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi, Okeaniya hududida 120 dan ortiq mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi
va taraqqiyot yo’liga kirishi bu mamlakatlar dunyo siyosiy kartasida umumiy nom
bilan “rivojlanayotgan mamlakatlar” deb yuritilishi;
g) XX asrning 80-yillari o’rtalardan boshlab sotsialistik tuzumning ijtimoiy-
iqtisodiy tizim sifatida tanazzulga yuz tutishi, avvalo Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida, so’ngra 90-yillarning boshlarida sobiq Ittifoq hududida sifat
jihatidan yangi mustaqil davlatlar – Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya,
Ruminiya, Bolgariya, Albaniya, Serbiya, Chernegoriya, (Serbiya va Chernegoriya
birgalikda Yugoslaviya ittifoqini tashkil qildilar), Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya
va Gertsegovina hamda Latviya, Litva, Estoniya, Belarus, Moldova, Gruziya,
Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston va
Turkmanistonning tashkil topishi va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi hamda
Germaniyaning yagona davlat sifatida birlashuvi;
62
d) Yaqin Sharqda Isroil-Falastin muammosining bosqichma-bosqich hal
qilish jarayonining boshlanishi (1993-1999 yillar) bilan bog’liq. Shuningdek bu
bosqichdagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar:
1. Sanoatning bir qator tarmoqlari, chunonchi, elektro-energetika, neft,
alyuminiy eritish, samolyotsozlik, plastmassa ishlab chiqarish, transport tizimida –
avtomobil, havo, quvur, aloqada-radio tez rivojlandi. Qishloq xo’jaligi intensiv
taraqqiyot yo’liga kirdi.
2. 50-yillardan boshlab jahon xo’jaligida muhim sifat o’zgarishlarga olib
kelgan ilmiy-texnika inqilobi (ITI) boshlandi. ITI jamiyatning yoqilg’i-energetika
asosiga, mehnat vositalari, mehnat predmetlari va ishlab chiqarish texnologiyasiga
kuchli ta’sir ko’rsatdi va muhim sifat o’zgarishlari yuz berdi.
3. ITI jahon xo’jaligida muhim tarmoq o’zgarishlarga olib keldi. Tarmoq
tarkibida makro o’zgarishlar sanoatni moddiy ishlab chiqarishning barqaror va
samarali sohasiga aylanishi, noishlab chiqarish sohalari hissasining barqaror ortib
borishi va qishloq xo’jaligi hissasining qisqarish jarayoni boshlandi.
4. ITI ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashishiga kuchli ta’sir etdi.
Ishlab chiqarish kuchlarining joylashishidagi “an’anaviy” omillar bilan bir qatorda
hududiy integratsiya, tabiiy resurslar, mehnat resurslari (“aql oqimi”) radio-
elektronikada (ayollar mehnatidan keng foydalanish), transport, infrastruktura, fan,
talab va ekologik omillarning roli kuchayganligi bilan ajralib turadi.
Ayni vaqtda aholi ko’payishining tezlashu vi (demografik portlash)
urbanizatsiya jarayonining kengayishi, mehnat jarayonining chuqurlashuvi, mehnat
resurslari tarkibidagi jiddiy o’zgarishlar va etnik jarayonlar rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |