Madaniyat geografiyasi – inson geografiyasining bir qismi bo’lib, madaniy
farqlarning hududiy jihatlarini o’rganuvchi yo’nalish hisoblanadi. Shuningdek, u
eng avvalo quyidagicha izohlnadi:
1. Madaniyat geografiyasi kishilarning hayot tarzi, kashfiyotlari, hudud va
ilohiy kuchlarga munosabatlarini o’rganish sifatida tushuniladi.
2. U qanday holatda va nima sababdan turli joylarda turlicha ko’rinishda
ifodalanishini tadqiq qiladigan inson geoografiyasi tarkibidagi mustaqil
yo’nalishdir.
3. U madaniyatning moddiy (kiyim-kechak, arxitektura va boshq.) va
nomoddiy (tili, dini va e’tiqodi, hulq-atvori va x.k.) komponentlarini hududiy
hususiyatlarini o’rganishni taqozo etadi.
Madaniyatning o’ziga xos geografik ko’rinishi – bu tildir. Til insoniyat
madaniyatidagi mavjud aloqa vositasidir. U bir guruh a’zolarini bir birlari bilan
o’zaro cheksiz xabarlashish imkonini beradi. Biroq u bir til guruhi a’zolarini
boshqa til guruhi a’zolari bilan xech narsa xabarlasholmasliklariga ham sabab
bo’ladi. Bugungi kunda shevalarni hisobga olmaganda deyarli 3 mingta tilda
gapiriladi. Ma’lumotlarga qaraganda, insoniyat paydo bo’lgandan to hozirgi
paytgacha so’zlashilgan 4 mingga yaqin til o’z davrida yo’qolib ketgan.
Insonlar so’zlashayotgan tillar soniga ko’ra juda oddiy tasniflanadi. Dunyo
tillarida ko’p insonlar, mahalliy tillarda esa kamchilik kishilar gaplashadilar.
Dunyo tili sifatida ingliz tili taxminan har o’ninchi kishining ona tilisidir va boshqa
88
ko’p kishilar uchun ikkinchi til sifatida ifodalanadi. Shuningdek, eng ko’p kishilar
tomonidan so’zlashiladigan xitoy tili o’zining bir qancha dialektlari bilan Sharqiy
Osiyoda deyarli milliardlab insonlar tilidir.
Madaniyat geografiyasi aholi so’zlashu vida mavjud bo’lgan til oilalarini ham
o’rganadi. Yer shari aholisi quyidagi til oilalariga mansub:
1. Ural til oilasi - Rossiyani Yevropa qismlari va Sibir xalqlari kiradi.
2. 0ltoy til oilasi - Turklar, mo’g’illar, O’rta Osiyoning Qirg’iziston,
Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston kabi davlatlar xalqlarini o’z ichiga oladi.
3. Xitoy-Tibet til oilasi - Sharqiy va Janubiy Osiyo xalqlari.
4. Malaziya til oilasi - Xind va Tinch okeanidagi xalqlari.
5. Dravit til oilasi - Hindiston xalqlari.
6. Monkxmer til oilasi - Hindi-Xitoy mamlakatlari xalqlari.
7. Semit, hamit til oilasi - Janubi-g’arbiy Osiyo va Afrika, shimoliy arab
xalqlari.
8. Bantu til oilasi - Afrikaning janubiy xalqlari.
Til madaniyatning muhim ammo ilmiy qoidalarga mos kelmaydigan bir
elementidir. U aholining ba’zi bir qismini bog’laydi, ammo boshqa qismlarini
ajratadi. U joylardagi o’zgarishlar va rivojlanishlar tezligini va o’zgarmas madaniy
ko’rinishlarini ko’rsatadi.
Madaniyat
geografiyasining
ikkinchi
muhim
tarmog’i bu dinlar
geografiyasidir. Ma’lumki, din jamiyat hayotida, kundalik turmushimizda juda
muhim rol o’ynaydi. Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik va aholining bilim
darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to’g’ri
baholash dunyoda bo’lib o’tayotgan voqea hamda hodisalarni to’g’ri tushunish va
anglashga imkon beradi. Shuning uchun ham etnoslarga tavsif berishda ko’pincha
mutaxassislar ularning diniy mansubligiga e’tibor qaratadilar.
Turli tarixiy davrlarda diniy va etnik birliklar nisbati turlicha bo’lgan. Ibtidoiy
jamoa tuzumida diniy va etnik chegaralar o’zaro mos kelgan. Har bir xalq
tomonidan yaratilgan xudolar milliy xudolar bo’lib, ularning ta’sir doirasi
muayyan qabila chegarasidan tashqariga o’tmagan. Bu davrda har bir davlat va
unga tegishli etnos o’z xudolariga, o’ziga xos diniy tasavvurlariga ega bo’lgan.
Atoqli geograf olim V.P.Maksakovskiy “Siyosiy, etnik va diniy chegaralar bir-biri
bilan mos tushgan joyda bir millatli mamlakatlar vujudga keladi”, deb juda to’g’ri
ta’kidlagan edi.
Jamiyat taraqqiyoti, etnik aloqalarni kuchayishi bilan ancha katta diniy
birliklar vujudga keldi, bir dinga bir necha xalqlar e’tiqod qila boshlaydilar.
Keyinchalik bir etnosning ma’lum qismi eski xudolariga sig’inishda davom etsalar,
boshqalari yangi dinni qabul qilish hollari tez-tez ro’y berib turdi. Shunday qilib,
xalqlar asta-sekin ko’pxudolikni qabul qila boshladilar. Jahon dinlarining vujudga
kelishi bilan etnik va diniy chegaralar muvofiqligi barham topadi. Ba’zi holatlarda
diniy tafovutlar til jihatdan o’zaro yaqin (gollandlar va flamandlar; serblar va
xorvatlar va h.k.) aholi guruhlarining milliy chegaralanishida muhim rol o’ynaydi.
Keyingi davrlarda diniy mansublik va etnik mansublik o’rtasidagi aloqalar
susaya bordi. Ko’pgina yirik zamonaviy xalqlar turli dinlarga sig’inuvchi kishilar
guruhlarini o’zida birlashtiradi, ayni paytda bitta dinga ko’plab etnoslar e’tiqod
89
qilishlari ham mumkin. Hozir faqat ba’zan, unda ham shartli ravishda milliy dinlar
haqida gapirish mumkin (arman-grigorian cherkovi – ko’pchilik armanlar,
sintoizm – yaponlarning asosiy qismi, sikxizm – panjobliklarning ma’lum qismi va
h.k.).
Ba’zi mamlakatlarda hukmron mavqega ega dinga e’tiqod qilmaydigan
deyarli barcha aholi milliy kamsonli guruhlar tarkibiga kiritiladi. Jumladan, Eronda
nafaqat armanlar, assiriyaliklar, yahudiylar, shu bilan birga fors xalqining bir
qismi bo’lgan gebrlar (zoroastriylar) ham milliy kamsonli guruh sifatida e’tirof
etiladi. Ayrim arab davlatlarida etnik kamsonli guruhlarga nafaqat musulmon
bo’lmagan aholi, hatto islomning mazkur mamlakatda hukmron mavqega ega
bo’lmagan mazhabiga mansub guruhlar ham kiritiladi.
Etnik birliklarda bo’lgani kabi, diniy birliklar uchun ham tabaqalashu v
xosdir. Har bir din turli yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar va sektalarga bo’linadi.
Odatda mamlakatlar yoki xalqlar shartli ravishda musulmon, nasroniy (xristian),
budda dinlariga ajratiladi, biroq quyi taksonomik darajalarga tushgan sari bunday
bir xillik yo’qola boradi.
Ayrim nasroniy mamlakatlar diniy jihatdan bir necha qismlarga bo’lingan.
Masalan, nemislar protestant (uning ikki oqimiga – lyuteranlik va reformatlik) va
katolik dinlariga e’tiqod qiladilar; shveysarlarning turli guruhlari orasida
protestantlar (reformatlik) va katoliklar tarqalgan; shotlandlar orasida protestant-
presviterianlar ustunlik qiladi.
Bitta xalq turli qismlarining har xil diniy oqimlarga mansubligi tufayli uning
ichida madaniy-maishiy tafovutlar kelib chiqadi va bu narsa o’z navbatida
etnodiniy guruhlar shakllanishiga olib keladi. Bunday guruhlar jumlasiga kurdlar
orasidagi yazidlar diniy guruhini, Suriya va Livan arablari orasida – druzlarni,
misrliklar orasida – kopitlarni misol qilib keltirish mumkin. Buning ustiga, boshqa
yo’ldosh holatlar ham unga ta’sir etsa diniy tafovut muhim etnotabaqalashu v omili
bo’lib xizmat qiladi.
Ayrim mamlakatlarda din kishilar hayotining ko’pgina tomonlariga, ularning
ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, turmush tarziga va madaniyatiga ta’sir ko’rsatadi.
Jahonning turli nuqtalarida ro’y berayotgan siyosiy voqealarni, agar u yerdagi
diniy vaziyat hisobga olinmasa, tushunish qiyin. XX asr 70-yillarida Hindiston
diniy jihatdan ikki mustaqil davlatga bo’lindi, va natijada Pokistondan ko’pgina
hindlar, Hindistondan esa musulmonlar ko’chib ketdilar. Bunday migratsiya
jarayonida yigirma milliondan ortiq kishi ishtirok etdi. Turli diniy guruhlarga
mansub kishilar orasida Livan, Isroil, Filippin, Afg’oniston, Serbiya va boshqa
joylarda to’qnashuvlar sodir bo’ldi. Avvalo, turli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
sabablar natijasida kelib chiqqan bunday kelishmovchiliklarda diniy omil muhim
rol o’ynadi. Din ko’p mamlakatlar ichki siyosiy hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi;
hatto ularning ayrimlarida siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari diniy
mansublik tamoyili asosida tuzilgan.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, turli tarixiy voqealar
va hozirda ro’y berayotgan hodisalar hamda milliy munosabatlar mohiyatini
tushunish uchun o’sha mamlakat yoki mintaqa aholisi diniy tarkibiga e’tibor
90
qaratish zarur. Aholi diniy tarkibi bilan tanishishdan avval quyida dinlar tarixi
haqida qisqacha ma’lumot berilgan:
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va dastlabki davlatlar yuzaga kelishi
bilan ajdodlar ruhiga topinish, dehqonchilik va chorvachilikka xos ibodatlar
muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ruhlarning ierarxiyasi paydo bo’ldi, alohida
tabaqa sifatida kohinlik ajralib chiqdi. Jamiyat sinfiy tabaqalashu vi shunda ham
o’z aksini topdiki, din oliy va quyi xudolarga (politeizm) bo’lindi, keyinchalik bu
jarayonlar yakkaxudolikni (monoteizm) keltirib chiqardi.
Eramizdan avvalgi II ming yillikda hozirgacha saqlanib qolgan dinlar tashkil
topdi. Eng qadimiy shunday dinlardan biri Old Osiyoda yuzaga kelgan iudaizm
bo’lib, u dastlab politezmga asoslangan, keyinchalik monoteizmga o’tgan. Er. av. I
ming yillik boshlarida shu mintaqada boshqa din – zoroastrizm (uning asosida
dualizm – yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash haqidagi tasavvur yotadi)
rivojlana boshladi, eramizning XI asrida uning tarmoqlaridan biri – yazidizm
paydo bo’ldi. Osiyoning boshqa hududlarida politeistik dinlar shakllandi. Janubiy
Osiyoda hukmron bo’lgan kasta tuzumi orqali shu hrat qozongan braxmanizm va
kasta tuzumini inkor qiluvchi jaynizm (er. av. VI-V asrlar) shular jumlasidandir.
Er. av. VI-V asrlarda Xitoyda deyarli bir vaqtda ikki falsafiy-axloqiy ta’limot –
daosizm i konfusiylik yuzaga keldi va keyinchalik ular alohida dinlarga aylandi.
Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi davridan bu mamlakatda hukmron bo’lgan
ajdodlarni hurmatlash va tabiatga topinish asosida sintoizm vujudga keldi.
Yer yuzi bo’ylab juda katta hududlarda tarqalgan ayrim dinlar jahon dinlari
nomini oldilar (odatda ularga buddizm, nasroniylik va islomni kiritadilar).
Eramizning I ming yilligi boshlarida Old Osiyoda monoteistik din –
nasroniylik yuzaga keldi. 1054 yilda u ikki: pravoslav va katolik yo’nalishlariga
ajraldi. XVI asrda katolik dinidagi islohotlar natijasida undan (Rim papasi
hokimiyatini inkor qiluvchi va ilk nasroniylikka qaytishni yoqlovchi) protestantizm
ajralib chiqdi. Protestantizm bir qancha mustaqil oqimlar (eng yiriklari:
anglikanlar, lyuteranlik, kalvinizm, reformatlar va h.k.) ko’rinishida shakllandi va
o’z navbatida ular ham mayda bo’lakchalarga bo’linib ketdi. Nasroniylik tarkibida
yuqorida qayd etilgan uchta (pravoslav, katolik va protestant) asosiy tarmoqdan
tashqari, yana ikkita nisbatan kam tarqalgan, V asrda shakllanib, diniy marosimlari
pravoslavlarga yaqin bo’lgan monofisit va nestorian yo’nalishlari mavjud.
Boshqa monoteistik din – islom –VII asrda arablar orasida shakllandi. Yangi
din oradan ko’p o’tmay uchta: sunniy, shia va xorijiy yo’nalishlariga ajralib ketdi.
Sunniylik va shialik o’rtasida siyosiy masalalarda, ayrim diniy marosimlar va
an’analar bo’yicha tafovutlar mavjud. Siyosiy tafovut shundaki, agar sunniylar
xalifalik hokimiyatini yoqlasalar, shialar esa imomat tarafdoridirlar. Diniy
marosimlar va an’analardagi farqlar ham anchagina. Sunniylikda shialikda mavjud
bo’lgan “Muta”, “Shaxsey-Vaxsey” va boshqa marosimlar yo’q. Sunniylar Makka
va Madina shaharlarini muqaddas hisoblasalar, shialar Iroqdagi Karbalo va Najaf
shaharlarini muqaddas deb biladilar. Sunniylar Sunnani butunligicha etirof etadilar,
shialar esa uning ba’zi qismlarinigina tan olishadi. Bu oqimlar orasida bunday
tafovutlar juda ko’p, shu bilan birga, malum o’xshashliklar ham bor. Masalan,
mahdiylik – oxir zamon bo’lishi va Mahdiy (arabcha, Olloh tamonidan to’g’ri
91
yo’lga yetaklovchi) kelishi haqidagi diniy ta’limot ikkala oqimda ham mavjud.
Xorijiylar sunniylarga yaqin bo’lib, ular o’z izdoshlariga qattiq talablarni
qo’yadilar – zeb-ziynatni qoralaydilar, musiqa va raqsni ta’qiqlaydilar va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |