Geografiyasi


-mavzu:   Resurslar va landshaftlar



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

4-mavzu:   Resurslar va landshaftlar 
3. Inson geografiyasi fanining tadqiqot usullari 
1.Tibbiyot geografiyasining fanlar 
tizimida tutgan o’rni va   predmeti 
 
 


42 
 
Butun dunyoda qabul qilingan mashhur “Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi” 
ham  tabiiy  boyliklarni  kishilik  jamiyatining  rivojlanish  sharti  va  omili  sifatida 
so’zsiz  tan  olishga  asoslangan.  Bu  esa,  shubhasiz,  aniq  rejalarda,  loyihalarda, 
dasturlarda  aks  etishi  lozim  bo’lgan,  dunyo  siyosati  va  iqtisodiyotidagi  yangi 
holatdir.  Fan  uchun  esa  bu  ancha  oldin  shakllangan  va  isbotlangan  haqiqatdir. 
Mashhur  rus  olimi  V.V.Dokuchayev  ta’kidlaganidek:  “nimaki  tabiat  bilan 
birgalikda  qilingan  bo’lsa,  faqat  u  mustahkam  va  barqaror,  faqat  u  hayotiy  va 
foydali, faqat ugina o’z kelajagiga egadir”. 
Tabiiy 
omillar 
tushunchasi 
o’z  tarkibiga  tabiiy  shart-sharoitlar, 
landshaftlarning barqarorligi va ekologik holatni oladi. 
Tabiiy  shart-sharoit  hududlarning  tabiiy  muhiti  komponentlarining  asosiy 
xususiyatlarini  aks  ettiruvchi  muhim  tabiiy  tavsiflar  majmuasidir.  Tabiiy  shart-
sharoit  to’g’ridan-to’g’ri  aholining  hayotiga  va  xo’jalik  faoliyatiga  ta’sir 
ko’rsatadi.  Aholining  joylashuvi,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanishi  va 
joylashishi, ixtisoslashuvi ham tabiiy shart-sharoitga chambarchas bog’liqdir. 
Tabiiy  muhit  komponentlariga  iqlim,  geologik  muhit,  yer  usti  va  yer  osti 
suvlari,  yer,  biota  kiritiladi.  Tabiiy  shart-sharoitni  turli  komponentlari  bo’yicha 
tadqiq qilishda landshaftlarni baholash muhim o’rin tutadi. 
Hududlarning  tabiiy  shart-sharoitlari  ularning  qaysi  tabiat  mintaqasida, 
hududlarda  (muayyan  tabiat  landshaftida)  joylashganiga  qarab  ajratiladi  va  bu 
tushunchalar: 
Tabiiy  hududlar  –  bu  yer  ustining  yirik  geografik  qobig’i  bo’lib,  ularni 
quyosh radiatsiyasining  miqdori, namlik, tuproq, hayvonot va o’simlik olamining 
turi kabi umumiy xususiyatlar birlashtiradi. Tabiat mintaqalarini ajratishda issiqlik 
va namlik asosiy o’rin tutadi. 
Tabiiy  landshaftlar –  hududiy  birlikning  tabiiy  mintaqalarga nisbatan  ancha 
kichik  toifasidir.  Shuningdek,  geografik  qobiqning  muayyan  qonuniyatlarga  ega 
bo’lgan  bir    xildagi  qismlaridir.  Tabiiy  landshaftlardan  tashqari  antropogen  yoki 
madaniy  landshaftlar  mavjud.  Oxirgi  yilarda  lug’atlarda  siyosiy,  konfessional 
xo’jalik  landshaftlari  terminlari  paydo  bo’lishiga  hududlardagi  ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar va o’zgarishlar sabab bo’lmoqda. 
Landshaftlarning  muhim  xususiyatlarni  shakllantiruvchi  omillar  tashqi 
(kosmik va geodinamik) va ichki (alohida tabiiy komponentlarning o’zaro harakati 
jarayonida  yuzaga  keluvchi)  omillarga  bo’linadi.  Shuningdek,  landshaftlarni 
shakllantiruvchi  omillarni  “zonal”  (iqlim,  tuproq,  o’simlik)  va  “azonal”  (relef, 
geologik  tuzilish)  omillarga  ajratiladi.  Boshqaruvda,  umuman  hududlar  siyosatida 
landshaftlarga isonlar hayoti va xo’jalik faoliyatining tabiiy asosi sifatida qaraladi.  
Oxirgi  yuz  yillikda,  ayniqsa  aholi  zich  joylashgan  hududlarda  antropogen 
manzaraning  shakllanishi  keng  tus  oldi.  Chunki,  inson  relefga  bevosita  ya’ni 
to’g’ridan-to’g’ri  (tog’-kon  ishlari,  suv  qurilishi  va  hokazolar)  va  bilvosita  ya’ni 
tabiiy  muhitning  komponentlari  orqali  ta’sir  qiladi.  Misol  uchun  savannalarda 
o’rmonlarning  kesib  yuborilishi,  cho’llanish  jarayonlarining  kuchayishiga  va 
shamol ta’sirida shakllanuvchi relef shaklining rivojlanishiga olib kelmoqda. 
Hududlarning  muhandislik-geologik  sharoitlari  yer  po’stlog’ining  yuqori 
gorizont  dinamikasi  qurilishi  tarkibini  insonning  xo’jalik  faoliyati  bilan  bog’liq 


43 
 
holda  ifodalaydi.  Injenerlik-geologiyasi  gruntlarda  (tog’  jinslari),  qurulishlarda  va 
turli inshootlarni qurishda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni oldindan bashorat 
qiladi.  Injenerlik-geologik  tadqiqotlar  asosida  turli  xil  ob’ektlarni  joylashtirish 
uchun  eng  qulay  joylar  aniqlanadi,  tog’  ishlarining  qurilish  ishlari  jarayonida 
mustahkamligi,  suv  ombori  qurilganidan  keyingi  sohilning  qanday  o’zgarishi, 
damba  mustahkamligi  kabilar  hisob-kitob  qilinadi.  Bu  omilni  hisobga  olish 
xo’jalik faoliyatining barcha sohalari, ayniqsa, shahar qurilishi, transport va gidro 
texnika qurilishlar uchun juda muhim hisoblanadi. 
Qishloq  xo’jaligi  va  iqtisodiyotning  boshqa  tarmoqlari  uchun  tuproq 
sharoitlari  juda  ahamiyatlidir.  Tuproq  –  tabiatning  o’ziga  xos  qismi  bo’lib,  u  yer 
ustki  qatlamining  havo,  namlik,  biota  ta’siri  ostida  o’zgarishi  oqibatida 
shakllanadi. 
Tirik 
va 
o’lik  tabiatning  barcha  xususiyatlarini  o’zida 
mujassamlashtiradi.  Tuproqning  boyligi  uning  hosildorligi,  serunumligi  bilan 
ifodalanadi.  Hosildorlik  tuproqning  o’simlikni  zarur  namlik  va  moddalar  bilan 
ta’minlash hamda hosil olishga sharoit yaratib berish qobiliyatidir. 
Biota  deganda  tabiiy  fanlarda  ma’lum  bir  hududda  yashovchi  tirik 
organizmlarning jamlanishi tarixi, Shuningdek, o’simlik va hayvonot dunyosining 
bir  butunligi  tushuniladi.  Hududning  tabiiy  sharoitlariga  o’simliklar  va  hayvonat 
olamini baholash ham kiradi. Hayvonot olami (zootsenoz) – bu ma’lum bir hudud 
doirasida  yashovchi  hayvonlar  jamlanmasidir.  O’simlik  olami  (fitotsenoz)  esa 
ma’lum bir hududning o’simliklari qoplami. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish